Mirsultanova Hamida Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston OAVda axborot manbalari bilan ishlashning huquqiy mexanizmlari», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2679.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Nazira Qurbanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; O‘sarov Olimjon Avvalboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jurnalist va axborot manbalari o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tizimlashtiruvchi va soha xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan milliy mexanizmlarni yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot manbalarining uzlyuksiz takomillashuvi bevosita ommaviy kommunikatsiya bilan bog‘liqligi asoslanib, zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlari tufayli jurnalistlar murojaat etuvchi manbalar soni ortib borishi dalillangan;
axborot olish va uzatish jarayonlarida jurnalistlar va axborot manbalari o‘rtasidagi munosabatlarning professional yondashuv darajasiga ko‘ra bir xil kechmasligi aniqlanib, bu bilan bog‘liq o‘zgarishlar nizolarni bartaraf etish va ularni oldini olishda jurnalistlar faoliyatiga bevosita ta’sir qilishi isbotlangan;
axborot manbalari bilan ishlashning qonuniy tartibini takomillashtirish bo‘yicha yangi O‘zbekistonning amaldagi me’yoriy hujjatlariga jurnalist va axborot manbasi o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli tartiblashtirishga qaratilgan o‘zgartirish hamda sohani tubdan isloh qilishga mo‘ljallangan innovatsion takliflar kiritish zarurligi asoslangan;
jurnalist va axborot manbasi o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, jurnalist va manba o‘rtasida yuzaga keluvchi nizolarni bartaraf etish va davlatning ularga oid nazorat funksiyasini kuchaytirish maqsadida mediaombudsman lavozimini joriy etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.  O‘zbekiston OAVda axborot manbalari bilan ishlashning huquqiy mexanizmlarini tadqiq qilish asosida:
axborot manbalarining uzlyuksiz takomillashuvi bevosita ommaviy kommunikatsiya bilan bog‘liqligi asoslanib, zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlari tufayli jurnalistlar murojaat etuvchi manbalar soni ortib borishi yuzasidan takliflar “Hurriyat” gazetasi faoliyatida foydalanilgan (“Hurriyat” gazetasi tahririyatining 2022 yil 27-oktyabrdagi 68-son ma’lumotnomasi). Natijada, tahririyat axborot manba bilan ishlashning tahririyat mexanizmini ishlab chiqgan;
axborot olish va uzatish jarayonlarida jurnalistlar va axborot manbalari o‘rtasidagi munosabatlarning professional yondashuv darajasiga ko‘ra bir xil kechmasligi aniqlanib, bu bilan bog‘liq o‘zgarishlar nizolarni bartaraf etish va ularni oldini olishda jurnalistlar faoliyatiga bevosita ta’sir qilishi isbotlanganligiga oid takliflar “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” birlashgan tahririyati faoliyatida foydalanilgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” birlashgan tahririyatining 2023 yil 24-martdagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada, tahririyat xodimlari axborot olish va uzatish jarayonlarida jurnalistlar va axborot manbalari o‘rtasida munosabatlar bir xil kechmasligi, axborot manbalari bilan ishlashning zamonaviy usullaridan kelib chiqqan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ishlash tamoyillarini belgilab olgan;
axborot manbalari bilan ishlashning qonuniy tartibini takomillashtirish bo‘yicha yangi O‘zbekistonning amaldagi me’yoriy hujjatlariga jurnalist va axborot manbasi o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli tartiblashtirishga qaratilgan o‘zgartirish hamda sohani tubdan isloh qilishga mo‘ljallangan innovatsion takliflar kiritish zarurligi asoslanganligiga oid takliflar (“Qalampir” internet sayti tahriyati faoliyatida foydalanilgan  (“Qalampir” internet sayti tahriyatining 2023 yil 3-apreldagi 14-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, tahririyat xodimlari axborot manbasi bilan ishlashda nizoli holatlarni oldini olishga qaratilgan tavsiyalarga ega bo‘lgan;
jurnalist va axborot manbasi o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, jurnalist va manba o‘rtasida yuzaga keluvchi nizolarni bartaraf etish va davlatning ularga oid nazorat funksiyasini kuchaytirish maqsadida mediaombudsman lavozimini joriy etish zarurati asoslanganligiga oid takliflar O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasining 2023 yil 4-apreldagi 02-18/96-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi tarkibida mediaombudsman lavozimini joriy etish bo‘yicha taklif bir ovozdan ma’qullangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish