Yuldashova Shaxlo Toyirovnning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitishning integrativ-kreativ imkoniyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2915.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti bir martalik, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida talabalarni o‘qitishning integrativ-kreativ imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘quv tarbiya jarayonini bo‘lajak kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan innovatsion talablar bilan amaliy integratsiyalash orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish modeli dual ta’lim traektoriyasini strategik loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida integrativ-kreativ fikrlashni rivojlantirishning tayanch kompetensiyalari (refleksiv, kognitiv, ma’rifiy, kommunikativ, ijtimoiy) kreativ qobiliyatlarning innovatsion didaktik tamoyillaridan foydalanishga qaratilgan epidemiologik tahlil qonuniyatlariga ustivorlik berish orqali mazmunan takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida integrativ-kreativ fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan (motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv) komponentlar asosida o‘qitishning integrativ-kreativ imkoniyat modeli bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni rivojlantirishga oid kasbiy yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlardan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda integrativ-kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayoni (ijobiy “Men” konsepsiyasi)ning yaxlit shakllanishi darajalari (yuqori, o‘rta va quyi)ni nazariy va emperik baholash mezonlari (reproduktiv, faoliyatli, produktiv va kreativ)ni rivojlantirishga qaratilgan tashxislash va novatorlikni aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitishning integrativ-kreativ imkoniyatlari yondashuv asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish metodikasi asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq qilingan:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘quv tarbiya jarayonini bo‘lajak kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan innovatsin talablar bilan amaliy integratsiyalash orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish modeli dual ta’lim traektoriyasini strategik loyihalash asosida aniqlashtiriga oid tavsiyalar “Jamoat salomatligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2022-yil 19-iyuldagi  233-son buyrug‘i,  233-1246  raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining kasbiy faoliyatga oid motivatsiyalari rivojlantirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida integrativ-kreativ fikrlashni rivojlantirishning tayanch kompetensiyalari (refleksiv, kognitiv, ma’rifiy, kommunikativ, ijtimoiy) kreativ qobiliyatlarning innovatsion didaktik tamoyillaridan foydalanishga qaratilgan epidemiologik tahlil qonuniyatlariga ustivorlik berish orqali mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetining PZ 202005236-raqamli “Jamoat salomatligi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini “Jamoat salomatligi fanini o‘qitish meodikasini takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 9-iyundagi 04/01/1562-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining bo‘lajak kasbiy faoliyatiga oid ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida integrativ-kreativ fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan (motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv) komponentlar asosida o‘qitishning integrativ-kreativ imkoniyat modeli bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni rivojlantirishga oid kasbiy yo‘naltirilgan muammoli vaziyatradan foydalanish orqali takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar “Jamoat salomatligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2022-yil 19-iyuldagi  233-son buyrug‘i,  233-1246  raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining kreativ fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish