Usmanova Shoira Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali generallashgan parodontitda endotelial disfunksiya va neoangiogenez markerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati», 14.00.21–Stomatologiya va 14.00.25–Klinik lobarator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib316.
Ilmiy rahbarlar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat stomatologiya universteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:surunkali generallashgan parodontitda endoteliy va neoangiogenezning disfunksiyasi markerlarining klinik ahamiyatini salivar ko‘rsatkichlardan foydalanib, endoteliotsitlar disfunksiyasi erta buzilishlarining oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali generallashgan parodontit patogenezida parodont to‘qimalarining funksional holati buzilishini endotelial disfunksiya mavjud kasallik kuchaygani sari chuqurlashib borishi isbotlangan;
endotelial disfunksiya markerlaridan surunkali generallashgan parodontitni tashxislash sezgirligi asoslangan;
surunkali generallashgan parodontitga chalingan bemorlarda mikrotsirkulyasiyaning tomir ichidagi komponentining buzilishi gemostaz tizimida tomir trombotsitar bo‘g‘inlarining buzilishlari bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
mikrotrombozlarning prediktorlari bo‘lib, endoteliy disfunksiyasi markerlari darajasining trombotsitlar sirulyasiyali populyasiyasining geterogen faollashtirilgan hujayralar miqdorining oshishi, ularning o‘lchamlari ortishi hamda qon oqimini qiyinlashishi isbotlangan;
surunkali generallashgan parodontitda qonda va so‘lakda IL-6 va IL-10 ning miqdorini biologik muhitlar orasidagi taqsimlanish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali generallashgan parodontitda endotelial disfunksiya va neoangiogenez markerlarining diagnostik va prognostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qon tomirlar ichida qonning mikroivishi bosqichini laborator baholash» nomli uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 8n-r/36-son ma’lumotnomasi). Aralash so‘lakda antimikrobli peptid «defenzin» darajasini o‘rganish orqali pariodontal to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarining tashxislash va davolash samaradorligini oshirgan hamda surunkali generallashgan parodontitda endotelial disfunksiya va neoangiogenez markerlarining diagnostik va prognostik tashxislashning tizimli tartibini shakllantirish imkonini bergan;
surunkali generallashgan parodontitda qon zardobi va so‘lakda umumiy magniyning miqdori aniqlangan surunkali generallashgan parodontitda endotelial disfunksiya va neoangiogenez markerlarining diagnostik va prognostik ahamiyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi, Milliy olimpiya qo‘mitasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-z/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi GPning og‘irlik darajasini tashxislashga ketadigan vaqti tejaladi, shifoxona shifokorlarining SGP bilan kasallangan bemorlarda parodont to‘qimalarning zararlanish darajasi to‘g‘risida chuqurroq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, bu esa ushbu kasallikni davolashga oqilona yondashish imkonini bergan.