Fayziev Nozim Asfandiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Informatika va axborot texnologiyalari fanini multimediya vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1412.
Ilmiy rahbar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mo‘minov Bahodir Boltaboevich, texnika fanlari doktori (DSc),  professor.
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 9-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini boyitishga oid multimediali o‘quv qo‘llanmadan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari interaktiv darslarni tashkil etish jarayoni, muvofiqlik va izchillik, tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli tamoyillar hamda motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlarga ustivorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan kreativ fikrlashiga qaratilgan veb-texnologiyalar asosida o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi me’zonlar, hamkorlik prinsiplarini assimilatsiyalashga asoslangan multimediya vositalarini 3D loyihalash orqali sun’iy intellekt jarayonlarini tasavvur qilish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilariga, maktab darsliklari bo‘yicha  didaktik imkoniyatlarni, o‘quvchilarining oldindan tasavvur qilish, bashorat qilish, gipotezalarni shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, yaratuvchanlik, kreativlik kabi kompetensiyalarini rivojlantirishda nutqiy va lingvistik multimediya vositalarini integrativ joriy etish samaradorligi asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy darslar samaradorligi o‘quvchilarning dasturlash kompetensiyalarini shakllantirish jarayoniga ijobiy ta’sir etuvchi virtual-intellektual borliq mazmuniga oid multimediya omillar asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini multimediya vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari interaktiv darslarni tashkil etish jarayoni, muvofiqlik va izchillik, tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli tamoyillar hamda motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlarga ustivorlik berish orqali aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining “I-2016-4-15 Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” (2016-2018 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Elektron darsliklar kutubxonasini yaratish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-yanvardagi 121/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 9-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishni tashkil qilishning multimediali, mentoring, meta kompetensiya, steykxolder kabi texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy darslar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishda virtual-intellektual borliq mazmuniga oid multimediya vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining “OT–Atex-2018-519 Kompyuter imitasion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” (2018-2020 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Multimedia ishlanmalar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-yanvardagi 121/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha algoritmlar nazariyasiga oid bilimlari rivojlanttirilgan;   
o‘quvchilarni “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan kreativ fikrlashiga qaratilgan veb-texnologiyalar asosida o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi me’zonlar, hamkorlik prinsiplarini assimilatsiyalashga asoslangan multimediya vositalarini 3D loyihalash orqali sun’iy intellekt jarayonlarini tasavvur qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining “I-2016-4-15 Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” (2016-2018 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Elektron darsliklar kutubxonasini yaratish” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-yanvardagi 121/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘quvchilarning multimediali elektron qo‘llanmadan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish