Xotamov Shuxrat Nosirovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkum shaxslarni axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1997.  
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudov Rozmet Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkum shaxslarni axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalash mazmuni penitensiar tizimni davrlashtirish xususiyatlariga asoslanib tarbiyaviy-profilaktik jarayonning “mehnat–axloq tuzatish” tamoyili orqali axloqiy majburiyatlarni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash asosida boyitilgan;
mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalash imkoniyatlari  penitensiar tizim kadrlarining konstruktiv muloqot, pedagogik-psixologik tayyorgarlik komponentlari va pedagogik qobiliyatlarni darajalash asosida kengaytirilgan;
mahkum shaxslarni axloqan tuzalganlik va tarbiyalanganlik mezonlari axloqan tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari hamda mahkum shaxslarning psixologik portretiga muvofiq keluvchi shaxsning xulqiy xususiyatlarini namoyon etishga moyilligini belgilovchi omillarni hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalashda madaniy-ma’rifiy tadbirlarning axloqiy tarbiyalash imkoniyatlari penitensiar tarbiya usullarini ijtimoiy muhitni imitasiya qilish jarayonlariga uyg‘unlashtirish asosida kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalash nazariyasi va metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalash mazmuni penitensiar tizimni davrlashtirish xususiyatlariga asoslanib tarbiyaviy-profilaktik jarayonning “mehnat–axloq tuzatish” tamoyili orqali axloqiy majburiyatlarni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash asosida boyitishga oid takliflardan “Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab qichishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada penitensiar pedagogik tizimning turli davrlardagi mazmuni asosida mahkum shaxslarni axloqiy tarbiyalash tamoyillarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalash imkoniyatlari  penitensiar tizim kadrlarining konstruktiv muloqot, pedagogik-psixologik tayyorgarlik komponentlari va pedagogik qobiliyatlarni  tasniflash asosida kengaytirishga oid takliflardan “Ijtimoiy psixologiya” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022 yil 30 avgustdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 22-sonli nashr ruxsatnomasi). Penitensiar tizim kadrlarini tayyorlashning samarali psixologik pedagogik texnikasini tasniflanilishiga erishilgan;
mahkum shaxslarni axloqan tuzalganlik va tarbiyalanganlik mezonlari axloqan tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari hamda mahkum shaxslarning psixologik portretiga muvofiq keluvchi shaxsning xulqiy xususiyatlarini namoyon etishga moyilligini belgilovchi omillarni hisobga olish asosida aniqlashtirish, mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalashda madaniy-ma’rifiy tadbirlarning axloqiy tarbiyalash imkoniyatlari penitensiar tarbiya usullarini ijtimoiy muhitni imitasiya qilish jarayonlariga uyg‘unlashtirish asosida kengaytirishga oid tavsiyalardan “Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab qichishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada mahkum shaxslarni psixologik portreti yaratilib, mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalashda mahkum shaxsning tarbiyalashning madaniy-ma’rifiy tadbirlar yo‘nalishlarini aniqlashga imkoniyat yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish