Orlova Tatyana Alekseevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped284.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbonov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari Pedagogik parrak, Klaster, Venn diagrammasi, Insert, Case, Astronomik domino texnologiyalarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra tizimli qo‘llash hamda talabalarning sifatli astronomik ta’lim olishi va ularga astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi 3D-printer, 3D-skaner, 3D-model va shu kabi zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanishning ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan astronomiyaga oid tayanch bilimlarni dinamik oshirib borish hamda kompyuter dasturlaridan-planetariylardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan tashkiliy-didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini barqaror ta’minlash asosida takomilashtirilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarining malakaviy va tizimli-faollik yondashuvlari asosida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelining tarkibiy komponentlarining integrativ xususiyatlarini ishchan-pedagogik muhitning asosiy talablariga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni Umumiy astronomiya, Astronomiya kursi, Astrofizika va Astrofizik praktikum fanlarini o‘qitishda astronomik ta’lim sifatini oshirish maqsadida dual ta’limni kiritish zaruratini faktik asoslash asosida takomillashtirilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni anketa so‘rovnomasi, kuzatish va matematik statistika usullaridan samarali foydalanish hamda astronomiyaga oid masalalarni echish bo‘yicha bilimlar darajasi va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlarini qiyosiy tasniflash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari Pedagogik parrak, Klaster, Venn diagrammasi, Insert, Case, Astronomik domino texnologiyalarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra tizimli qo‘llash hamda talabalarning sifatli astronomik ta’lim olishi va ularga astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Umumiy astronomiya» (rus tilida) darsligi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 16-iyundagi 10/3.4 qarori bilan nashrga tavsiya etilgan 2023/164 I-23 raqamli ruxsatnoma). Natijada talabalarning astronomiyadan masala echishga oid bilimlarining zamonaviy holatini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi 3D-printer, 3D-skaner, 3D-model va shu kabi zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanishning ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan astronomiyaga oid tayanch bilimlarni dinamik oshirib borish hamda kompyuter dasturlaridan-planetariylardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan tashkiliy-didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini barqaror ta’minlash asosida takomilashtirishga oid takliflar «Umumiy astronomiya» (rus tilida) darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 16-iyundagi 10/3.4 qarori bilan nashrga tavsiya etilgan 2023/164 I-23 raqamli ruxsatnoma). Natijada kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari darajasi va mavjudligini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarining malakaviy va tizimli-faollik yondashuvlari asosida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelining tarkibiy komponentlarining integrativ xususiyatlarini ishchan-pedagogik muhitning asosiy talablariga mazmunli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Umumiy astronomiya» (rus tilida) darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 16-iyundagi 10/3.4 qarori bilan nashrga tavsiya etilgan 2023/164 I-23 raqamli ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarini tayyorlashda astronomiya o‘qitishning pedagogik modelini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni Umumiy astronomiya, Astronomiya kursi, Astrofizika va Astrofizik praktikum fanlarini o‘qitishda astronomik ta’lim sifatini oshirish maqsadida dual ta’limni kiritish zaruratini faktik asoslash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Umumiy astronomiya» (rus tilida) darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 16-iyundagi 10/3.4 qarori bilan nashrga tavsiya etilgan 2023/164 I-23 raqamli ruxsatnoma). Natijada fizika va astronomiya bo‘yicha fanlararo mashg‘ulotlarda asosiy tushunchalarning o‘zaro bog‘langanlik ko‘rsatkichlarining mezonlarini aniqlashga erishilgan;
astronomiyaga oid masalalarni echishni o‘rgatish asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mazmuni anketa so‘rovnomasi, kuzatish va matematik statistika usullaridan samarali foydalanish hamda astronomiyaga oid masalalarni echish bo‘yicha bilimlar darajasi va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlarini qiyosiy tasniflash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Umumiy astronomiya» (rus tilida) darsligi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 16-iyundagi 10/3.4 qarori bilan nashrga tavsiya etilgan 2023/164 I-23 raqamli ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarining astronomiyadan masalalarni echish asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.