Alimjonova Gulnozaxon Isroiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarining texnoetik madaniyatini rivojlantirish mexanizmi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2667.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turgʻunoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozim Fozilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnoetik madaniyatni oliy texnik ta’lim muassasalari talablarida rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (emotsionol-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik) o‘zgaruvchan ta’lim muhitining moslashuvchanlik, individualizatsiya, differensiatsiya kabi darajalarini gorizontal va vertikal munosabat bilan integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
oliy texnik ta’lim muassasalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirishning tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti innovatsion ta’limning kolloborativ (hamkorlikda oʻqitish, oʻquv loyihalari va mustaqil ta’limni sherikchilik, hamkorlikda tayyorlash), aksiologik, refleksiv hamda futurologik yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonning kommunikativligini izchillik va uzviylik prinsiplariga mos ta’minlashga qaratilgan sinergetik, germenevtik va praksiologik yondashuv asosida oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirish jarayonlari o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlari ijodiy faollikni oshirish traektoryasi bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti umumkasbiy fanlar mazmunini modellashtirish dasturlari bilan integratsiyalash, eksperimental faoliyatni individuallashtirish bilan qayta aloqaga kirishuvining intensivligini kasbiy differensiallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari va texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
texnoetik madaniyatni oliy texnik ta’lim muassasalari talablarida rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini (emotsionol-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik) o‘zgaruvchan ta’lim muhitining moslashuvchanlik, individualizatsiya, differensiatsiya kabi darajalarini gorizontal va vertikal munosabat bilan integrativligini ta’minlash asosida ochib berishga doir tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishiga oid oila, ta’lim, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 15-iyuldagi 199-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda empirik baholash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy texnik ta’lim muassasalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirishning tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponentini innovatsion ta’limning kolloborativ (hamkorlikda oʻqitish, oʻquv loyihalari va mustaqil ta’limni sherikchilik, hamkorlikda tayyorlash), aksiologik, refleksiv hamda futurologik yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 02-07-3942/04-son dalolatnomasi). Natijada, xalqaro OTMlar tajribasi asosida oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlarni ishlab chiqish uchun xizmat qilgan;
pedagogik jarayonning kommunikativligini izchillik va uzviylik prinsiplariga mos ta’minlashga qaratilgan sinergetik, germenevtik va praksiologik yondashuv asosida oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlarini ijodiy faollikni oshirish traektoryasi bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovasion mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 02-07-3942/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirishga doir mustaqil ta’limni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirishning didaktik ta’minoti umumkasbiy fanlar mazmunini modellashtirish dasturlari bilan integratsiyalash, eksperimental faoliyatni individuallashtirish bilan qayta aloqaga kirishuvining intensivligini kasbiy differensiallashtirish asosida takomillashtirishga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 02-07-3942/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi oliy texnik ta’lim muassasalari talabalarida texnoetik madaniyatni rivojlantirish, texnoetik ong va tafakkurni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning hamkorligidan oqilona foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.