Meliboev Azizjon Nizomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yangi O‘zbekistonda kambag‘alikka qarshi kurash strategiyasining ijtimoiy- falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal861.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosbek Baxromovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Abdulazizov Abduvoxid Xabibullaevich, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent; Maxmudova Guli Talabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda xalq farovonligiga erishish, iqtisodiy munosabatlarda xususiy mulk va ko‘p ukladli iqtisodiyotning dialektik aloqadorligining ijtimoiy mobilligini ta’minlash jamiyatda aholining kambag‘allashuvini qisqartishi sababli ijtimoiy davlat institutsional tizimlarini rivojlantiruvchi  omil ekanligi aniqlangan;
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ifodalovchi pragmatik siyosati aholining turmush darajasini yuksaltiruvchi parmanent (moddiy ta’minot), immanent (malaka va muvaffaqiyat) xususiyatlari bilan o‘zaro proporsional shaklda rivojlanishi sababli sotsiumda kambag‘allikni qisqartirishga pozitiv ta’sir etishi asoslangan;  
jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish ijtimoiy jarayonlarni tasniflashning obektiv tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi) orqali sotsiumlararo makonda yangi ijtimoiy qatlamni vujudga kelishi voqelik kategoriyasi kontekstida ochib berilgan;
davlatning kambag‘allikni qisqartirish strategiyasidagi gumanistik siyosati iqtisodiy munosabatlarda aholi turmush farovonligini rivojlantiruvchi sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashi sababli jamiyatda inson kapitalini yuksaltirib aholi bandligi va daromadini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda kambag‘alikni qisqartirish strategiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda xalq farovonligini ta’minlash,  mulkiy munosabatlarda xususiy mulk va mulkiy plyuralizm bilan dialektik bog‘liqligi jamiyatda aholining kambag‘allashuvini vujudga keltiruvchi stratifikatsion, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy sabablarni ochib berishga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik Vazirligining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29- son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 01/00-04/28-5843-son dalolatnomasi). Natijada, ijtimoiy davlat infratuzilmasining institutsional tizimlarini rivojlantirish jamiyatda aholining kambag‘allashuvini oldini oluvchi ratsional ko‘rsatkichlarni ochib berishga xizmat qilgan;
davlatning real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ifodalovchi pragmatik siyosati jamiyat hayotida yuz berayotgan keng miqyosli ijtimoiy jarayonlarni tasniflash turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimeha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” nomli II bandida belgilangan “Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida “Baxtga haqli el” nomli targ‘ibot materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va marifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 22-maydagi 197-son dalolatnomasi). Natijada, aholining turmush darajasini yuksaltiruvchi tashqi (moddiy ta’minot), ichki (oila va muvaffaqiyat), jismoniy (salomatlik) uch stimuli bilan o‘zaro proporsional shaklda rivojlanishi sotsiumda kambag‘allikni oldini olishga pozitiv ta’sir etishini asoslashga xizmat qilgan;  
jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish ijtimoiy jarayonlarni tasniflashning obektiv tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi) kambag‘allikni oldini olish jarayonida insonparvarlikka moslashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekistan Liberal-demokratik partiyasining 2020-2023-yillarga muljallangan  “yo‘l xarita” larini ishlab chiqishda hamda siyosiy o‘quvlarni tashkil qilib borishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 7-iyundagi  01-27/179-son dalolatnomasi). Natijada, orqali sotsiumlararo ijtimoiy makonda yangi sinf va ijtimoiy qatlamni vujudga kelishi voqelik kategoriyasi kontekstida ochib berishga xizmat qilgan;
yangi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasining gumanistik mohiyati aholi real ijtimoiy hayotida moddiy (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yashash muhit, mehnat sharoit va xususiyatlari) hamda ijtimoiy (bandlik, bo‘sh vaqt, ta’lim xususiyatlari) ko‘rsatkichlar jamiyatda sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashiga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik Vazirligining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan 2021-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” hamda 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29- son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik Vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 01/00-04/28-5843-son dalolatnomasi). Natijada, aholi real ijtimoiy hayotida moddiy (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yashash muhit, mehnat sharoit va xususiyatlari) hamda ijtimoiy (bandlik, bo‘sh vaqt, ta’lim xususiyatlari) ko‘rsatkichlar jamiyatda sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish