Akramova Xursandoy Abdumalikovnaning

falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kam vaznli chaqaloqlar tug‘ilishining bashorat mezonlari va ular hayotining birinchi yilida rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib50.

Ilmiy rahbar: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazliddin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kam vaznli chaqaloqlar tug‘ilishidaanamnestik omillar va biokimyoviy markerlarning prognostik ahamiyatini baholash hamdahayotining birinchi yilida ular rivojlanishining o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor kam vaznli chaqaloqlarning tug‘ilishi va ularning moslashuv imkoniyatlariga, ayniqsa muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda, ante- va intranatal omillar (UT-belgilar - xorionning qalinligi, kamqonlik, platsentar etishmovchilik, hamda onalarda PlGF platsenta o‘sish omili darajasining past bo‘lishi prognostik muhim ekanligi aniqlangan;

chaqaloqlarda PlGF platsenta o‘sish omilining o‘zgarishlari bilan birga S100b neyrospesifik oqsilining darajasi kam vaznli chaqaloqlarning tug‘ilishida, MAT va boshqa tizim kasalliklarining rivojlanishi bilan ular moslashuvining buzilishida prognostik muhim ekanligi aniqlangan;

kam vazn va turlicha patologiya bilan tug‘ilgan bolalarning bir yoshga to‘lgungacha, tana vazni qo‘shilishi va “yordamsiz o‘tiradi”, “mustaqil turadi” va “mustaqil yuradi” kabi motorika belgilarining orqada qolishining ustunlik qilishi bilan jismoniy va motorikasi rivojlanishining o‘ziga xosligi aniqlangan;

yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash va jonlantirishning zamonaviy texnologiyalari, ko‘krak suti bilan boqish, qo‘shimcha ovqatni o‘z vaqtida kiritish tamoyillariga to‘liq amal qilish, aniqlangan buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish bilan o‘sish va rivojlanish monitoringini olib borish va baholash kam vazn bilan tug‘ilgan bolalarning normal rivojlanishi va MAT buzilishlari va somatik kasalliklarning kamayishiga imkon berishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kam vaznli chaqaloqlar organizmining moslashuv imkoniyatlarini kuzatish jarayonida ularni to‘g‘ri olib borish usulini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlarida kam vaznli chaqaloqlarni olib borish usuli va ular moslashuvining o‘ziga xosligi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 8n-d/24-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kam vazn bilan tug‘ilgan bolalar o‘rtasida markaziy asab tizimi buzilishlarini kamayishiga, jismoniy rivojlanishning yaxshilanishiga va kasallanish chastotasining kamayishiga imkon bergan;

kam vaznli bolalar organizmining moslashuv imkoniyatlarini kuzatish va ularni olib borish taktikasini optimallashtirish sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIPIATM)ga, Chilonzor tuman tibbiy birlashmasining (TTB) 33, 35, 36, 37, 38, 39-son oilaviy poliklinikalariga va Qibray tumani TTBning tug‘ruq kompleksi va QVPga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar bolalarning jismoniy va motorik rivojlanishining yaxshilanishi (kam vaznli bolalarning soni 34,1% ga kamaygan; motorika funksiyasining muddatda shakllanishi bilan kam vaznli bolalarning soni 21,0% ga ko‘paygan); kasallanish tufayli oilaviy poliklinika va QVPga murojaatlar soni 1,9 martaga, yiliga shifoxonaga yotqizishlar 2,5-3 martaga kamayishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish