Abdullaev Mirzohid G‘ayiberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat korxonalarida personalni boshqarish mexanizmini takomillashtirish” (Andijon viloyati misolida), 08.00.13 – Menejment va 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1832.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Rasulov Nodirbek Madrahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;  Mahmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati korxonalarida personalni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyati va tumanlarining “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” ixtisoslashuvini hisobga olib Xo‘jaobod tumanini to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
Andijon viloyati Paxtaobod tumani Do‘stlik massivi “Hayotbaxsh” MFY hududida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar xodimlarini o‘qitish xarajatlarining 50 foizini Bandlik jamg‘armasi tomonidan qoplab berish tizimini joriy etish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida xodimlar soni, mahsulot tannarxi, sof foyda va o‘rtacha ish haqining o‘zgarishiga ko‘ra 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi mehnat unumdorligining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida personalni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyati va tumanlarining “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” ixtisoslashuvini hisobga olib Xo‘jaobod tumanini to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-son «2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining
3-ilovasida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil
2-iyuldagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida tumanning “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” bo‘yicha 13 ta yangi to‘qimachilik sanoati korxonalari ishga tushirilgan;
Andijon viloyati Paxtaobod tumani Do‘stlik massivi “Hayotbaxsh” MFY hududida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi 2-son “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 2-iyuldagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Do‘stlik massivi “Hayotbaxsh” MFY hududida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasini tashkil etish orqali tuman ishlab chiqarish hajmining viloyat sanoat mahsulotiga nisbatan 0,2 foiz, ish bilan band bo‘lganlar salmog‘i 0,3 foiz oshishiga imkon yaratilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar xodimlarini o‘qitish xarajatlarining 50 foizini Bandlik jamg‘armasi tomonidan qoplab berish tizimini joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining
2-ilovasida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil
2-iyuldagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida xodimlarini o‘qitish xarajatlarini 50 foizini Bandlik jamg‘armasi tomonidan qoplab berish orqali personal qo‘nimsizligi darajasining kamayishiga hamda mehnat unumdorligini 4 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida xodimlar soni, mahsulot tannarxi, sof foyda, o‘rtacha ish haqining o‘zgarishi hisobiga 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi mehnat unumdorligining prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi VMQ-622-son “2019-2022 Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish  bo‘icha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 2-iyuldagi 03/25-1672-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan oqilona foydalanish hisobiga mehnat unumdorligini 2030-yilda «Xo‘jaobod Fazo» MChJda 33 %ga, «Bunyodkor Zamin» xususiy korxonasida
18 %ga, «Asel-Rivoj» xususiy korxonasida 11 %ga oshirish imkoni yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish