Axmedova Baxtigul Toshpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda ektopik xomiladorlikning exodopplerografik diagnostikasini takomillashtirish» 14.00.19 – Klinik radiologiya, 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2828.
Ilmiy rahbar: Karimov Axmadjon Hoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Akrom Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Djaxongir Djamalovich, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Reproduktiv yoshdagi ayollarda tos a’zolari tomirlarining qon oqimidagi exodopplerografik o‘zgarishlarni baholash orqali ektopik homiladorlikning erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ektopik homiladorlik tubar shakli turlarining ( rivojlangan, o‘smay qolgan, tubar abort va gematosal`pinksning) 2D va 3D tartbidagi exografik, exodopplerografik va elastografik tasvirlari va differensial tashxislash mezonlari asoslangan;
har bir usulning sezgirligi va o‘ziga xosligi ROC – egri chizig‘ida tahlil llari dopler ul`tratovush tekshiruvining tashxisiy samaradorligi AUC- 0,79 ni, 3D ko‘rsatkichlari esa 0,83 ni tashkil qilganligi ektopik homiladorlikni tashxislashda dopplerografiya va 3D rejimning ko‘rsatkichlari yuqoriligi isbotlangan;
ektopik homiladorlik tufayli qon yo‘qotgan ayollarda organni saqlash operatsiyasidan keyingi 3 va 4 kunlarda dinamikada bachadon perfuziyasining tiklanish darajasini baholashda ul`tratovushli dopplerometriyaning ahamiyati isbotlangan;
3D rejimda endometriy hajmini o‘lchash, energetik PDI va impul`s tӯlqinli PWD dopplerda endometriy vaskulyarizatsiyasini baholash orqali EPI(%), ektopik homiladorlikni kechishini bashoratlashda endometriy perfuzion indeksi axamiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 20 iyundagi 6-son xulosasiga ko‘ra (Toshkent tibbiyot akdemiyasining 2023 yil 16 iyundagi 05/5421-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ektopik homiladorlik tubar shakli turlarining (rivojlangan, o‘smay qolgan, tubar abort va gematosal`pinksning) 2D va 3D tartbidagi exografik, exodopplerografik va elastografik tasvirlari va differensial tashxislash mezonlari asoslanganligi isbotlanganligi Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; №31) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining ginekologiya bo‘limi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №56) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bachadondan tashqari homiladorlik bilan xastlangan reproduktiv yoshdagi ayollarni tekshirish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu algoritmning asosiy bo‘g‘inlariga: klinik tadqiqotga qo‘shimcha ravishda yuqori chastotali transvaginal exografiyani dopplerografiya bilan birga qӯllash natijasida ko‘p o‘lchovli skanerlash usullari (3D), kompression elastografiyani qӯllash, qon zardobida XGCh ning β-subbirligini miqdoriy baholash va tashxisotiy videolaparoskopiya bilan tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi yuqori aniqlikdagi ul`tratovushli skanerlardan foydalanish transvaginal exografiyani magnitorezonans tomografiya (MRT) bilan taqqoslanadigan darajaga ko‘tarishi, ul`tratovush diagnostikasining professional muhitida «yuqori aniq likdagi ul`tratovush» tashxisotining arzon va qulayligi tufayli akusher-ginekologning kundalik amaliyotida qo‘llanilishi UTTning bunday imkoniyatlari MRTning iqtisodiy qiymatini «chetga surib qo‘yishi» natijasida ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish klinik tashxisni eng qisqa vaqt ichida aniqlashtirishga yordamlashishi, MRT kabi boshqa tekshirish uslublaridan foydalanganda 1 nafar bemorga byudjetdan tashqari 190 000 so‘mga ortiqcha mablag‘ sarflanadi, tashxislash maqsadida laparoskopiyadan foydalanganda, byudjet mablag‘laridan 1421269,562 so‘m ortiqcha mablag‘ sarflanadi. Ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish byudjetdan tashqari 190 000 so‘m va byudjet mablag‘larini 1421269,562 so‘mga iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Xulosa: yuqori aniqlikdagi TVUTT «shoshilinch» bemorlarni tadqiqotga maxsus tayyorlash talab qilmasdan, ularga ob’ektiv tekshiruvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkonini berishi hamda ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish klinik tashxisni eng qisqa vaqt ichida aniqlashtirishga yordam berishi, MRT kabi boshqa tekshirish uslublaridan foydalanganda 1 nafar bemorga byudjetdan tashqari 190 000 so‘mga ortiqcha mablag‘ sarflanishi, tashxislash maqsadida laparoskopiyadan foydalanganda, byudjet mablag‘laridan 1421269,562 so‘m ortiqcha mablag‘, ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish byudjetdan tashqari 190000 so‘m va byudjet mablag‘larini 1421 269,562 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: har bir usulning sezgirligi va o‘ziga xosligi ROC – egri chizig‘ida tahlil llari dopler ul`tratovush tekshiruvining tashxisiy samaradorligi AUC- 0,79 ni, 3D ko‘rsatkichlari esa 0,83 ni tashkil qilganligi ektopik homiladorlikni tashxislashda dopplerografiya va 3D rejimning ko‘rsatkichlari yuqoriligi isbotlanganligi Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; №31) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining ginekologiya bo‘limi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №56) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadondan tashqari homiladorlik gumon qilingan bemorlarni tashxislashda kompleks yondashuvni joriy etish, ginekologik asoratlarning (bachadon naychalarining yorilishi, gemiperitoneumning rivojlanishi, gemorragik shok va boshqalar) kamayishiga olib kelishi, laparoskopik operatsiyalar sonini oshirib, laparotomiya operatsiyasini qo‘llash darajasini kamaytirish, operatsiya jarayonida a’zolarni saqlash istiqbollarini, ya’ni tubotomiya operatsiyasini oshirib, tubektomiyaning oldini olishi, ayollarning reproduktiv faoliyatini tiklab, ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadondan tashqari homiladorlikka gumon qilingan bemorlarni tashxislashda tavsiya etilgan uslub tashxislash, davolash va profilaktikani takomillashtirish orqali, bemorlarda kasallikni erta aniqlash, laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash orqali operatsiya vaqtida yo‘qotiladigan qon miqdorining kamayishiga erishiladi, operatsiya jarayonining davomiyligi qisqardi, davolash samaradorligini oshirib, shifoxanadagi o‘rin kunlari vaqtini 1-2 kunga qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: har bir usulning sezgirligi va o‘ziga xosligi ROC–egri chizig‘ida tahlillari dopler ul`tratovush tekshiruvining tashxisiy samaradorligi AUC-0,79ni, 3D ko‘rsatkichlari esa 0,83ni tashkil qilganligi ektopik homiladorlikni tashxislashda dopplerografiya va 3D rejimning ko‘rsatkichlari yuqoriligi natijasida qorin bo‘shlig‘iga qon ketishi va ayniqsa, bachadondan tashqari homiladorlikka shubha qilinganida juda muhim bo‘lib, jarroxlikning laparotomik turi qo‘llaniladi, bunda 1 nafar bemorga byujdet mablag‘laridan 2136602,215 so‘m sarflanadi. Bu kasallikni kompleksli TV UTT yordamida erta bosqichlarda aniqlash natijasida, jarrohlik amaliyotining laparoskopik turi tanlanishi bilan 1 nafar bemorga byudjet mablag‘lari dan 1421269,562 so‘m sarflanadi. Kasallikni zamonaviy uslublar orqali erta tashxislash va davolash natijasida bir nafar bemordan 715332,653 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ektopik homiladorlik tufayli qon yo‘qotgan ayollarda organni saqlash operatsiyasidan keyingi 3 va 4 kunlarda dinamikada bachadon perfuziyasining tiklanish darajasini baholashda ul`tratovushli dopplerometriyaning ahamiyati isbotlanganligi Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; №31) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining ginekologiya bo‘limi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №56) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xastalikni tashxislashning yangi usullarini tanlash uni samarali davolash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kompleksli TVUTTning qo‘llanilishi xastalikni erta tashxsilashda va undan yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga yordam berishi, ushbu patologiyaga ega ayollarda zamonaviy yuqori texnologiyali operatsiyalarni (laparoskopiya) qo‘llash darajasini oshiradi. Bunday operatsiyalar shifoxonada ayollarni davolashda o‘tkaziladigan manipulyasiya xarajatlarini va davlat tomonidan ajratilgan xarajatlarni minimallashtirishni ta’minlaydi. Xulosa: ektopik homiladorlik tufayli qon yo‘qotgan ayollarda organni saqlash operatsiyasidan keyingi 3 va 4 kunlarda dinamikada bachadon perfuziyasining tiklanish darajasini baholashda ul`tratovushli dopplerometriyaning ahamiyati baholashda BTH shubxa kilinayotgan ayollarni boshqarish uchun ishlab chiqilgan algoritm asoratlarni 78% (retrospektiv ma’lumotlar asosida)dan 43% gacha kamaytirish imkonini berishi, kasallikni erta tashxislash 98% ni tashkil qilib, bu retrospektiv tahlil ma’lumotlaridan (81,8%) sezilarli darajada ortishi hamda asoratlarning kamayishi bemorning shifoxonada yotishi kunlarini 4-5 kundan (467200 so‘m)dan 2-3 kungacha (233 600) so‘mga kamaytiradi, ya’ni byudjet mablag‘larini 233600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 3D rejimda endometriy hajmini o‘lchash, energetik PDI va impul`s to‘lqinli PWD dopplerda endometriy vaskulyarizatsiyasini baholash orqali EPI(%), ektopik homiladorlikni kechishini bashoratlashda endometriy perfuzion indeksi axamiyati Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; №31) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining ginekologiya bo‘limi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №56) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endometriy arteriyalarining perfuzion indeksi bo‘yicha bachadondan tashqari homiladorlikni individual bashoratlash natijalarini amalga oshirish, tashxisotining spesifikligi, kasallik va uning asoratlarini davolashni monitoring qilish samaradorligini oshiradi, BTH bilan xastalangan reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi reabilitatsion choralarni o‘z vaqtida qo‘llash va ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; №31) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining ginekologiya bo‘limi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №56) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yuqori texnologiyali tashxislash va operativ uslublarni amaliyotda qo‘llash 2020-2021 yillarda 1 nafar bemorga sarflanadigan xarajatlarni 3468695 so‘mdan, 3021964 so‘mga kamaytirish, 1 nafar bemorga sarflanadigan byudjet xarajatini 446731 so‘mga kamaytirish, 2020 yilda 84,84%, 2021 yilda esa 88,96% ni tashkil qilib, ya’ni 2020 yilda xarajatlarni minimallashtirish 124114027 so‘mni, 2021 yilda esa 192504514 so‘mni tashkil qilish imkonini bergan. Xulosa: 3D rejimda endometriy hajmini o‘lchash, energetik PDI va impul`s to‘lqinli PWD dopplerda endometriy vaskulyarizatsiyasini baholash, homiladorlikni kechishini bashoratlashda endometriy perfuzion indeksi tavsiya etilgan usullar asosida yuqori texnologiyali tashxislash va operativ uslublarni amaliyotda qo‘llash 2020-2021 yillarda 1 nafar bemorga sarflanadigan xarajatlarni 3468695 so‘mdan, 3021964 so‘mga kamaytirish, 1 nafar bemorga sarflanadigan byudjet xarajatini 446731 so‘mga kamaytirish, 2020 yilda 84,84%, 2021yilda esa 88,96%ni tashkil qilib, ya’ni 2020 yilda xarajatlarni minimallashtirish 124114027 so‘mni, 2021 yilda esa 192504514 so‘mni tashkil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish