Ismailova Ra’no Olimdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kiari 1 anomaliyasi asoratlarini tashxislash, davolash va bashoratlashga zamonaviy yondashuv», 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib442.
Ilmiy raxbar: Xalimova Xanifa Muxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalaik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzabaev Marat Jumabekovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Omanova Umida Tulkunovna,  tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarda miya chaqirilgan potensiallari tashxislash ahamiyatini aniqlash va ularning davolash taktikasi tanloviga va jarrohlik aralashuvi hajmiga ta’sirini baholash buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Kiari 1 anomaliyasida miyacha, bulbar, piramidal, siringomielitik sindromlar miyacha bodomsimon qismi ektopiya darajasiga, siringomielitik o‘smalar (kistalar) joylashishiga va uzunligiga xamda gipertenzion-gidrotsefal holatlarning darajasiga bevosita bog‘liqligi aniklandi;   
Kiari 1 anomaliyasining asoratsiz shakllarida o‘zagli tuzilmalar funksional holati va xirurgik davolash ehtimoli prognozi prediktori sifatida akustik o‘zaligi chaqirilgan potensiallar RⅢ va RⅤ komponent markerlari aniklangan;
Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning konservativ yoki xirurgik taktikasini tanlash uchun operatsiyagacha bo‘lgan bosqichda mul`timodal (neyrofiziologik va neyrovizual) yondashuv asoslangan;
Kiari 1 anomaliyasida funksional etishmovchilikning og‘irlik darajasini aniqlash va davolash yondashuvini tanlash uchun balli miqdoriy baxolash afzalligi isbotlangan;
ilk bor dinamik intraoperatsion neyromonitoringi qo‘llash asosida jarrohlik aralashuvi (suyak dekompressiyasi, suyak-miya qattiq pardasi dekompressiyasi yoki miyachaning bodomsimon qismi rezeksiyasi) hajmini aniqlash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust 4-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Kiari 1 anomaliyasi tufayli qayta operatsiyalar soni kamayganli tashxislashning operatsiyadan oldingi bosqichida mul`timodal neyrofiziologik bayonnomadan foydalanib, so‘ngra intraoperatsion neyromonitoring fonida jarrohlik aralashuvi optimal hajmini aniqlanganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.06.2021y. №20a) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.06.2021y. №18a)  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishi Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarda konservativ yoki jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga yordam berdi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorligi oshirish imkonini berdi.Taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislashda tekshiruv usuli bo‘lgan MRT orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha yuqori texnologik tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislashda MRT belgisini tashxislash uchun nafaqat neyroxirurglar, balki nevrologlar, xirurglar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf harajatlar bilan yangi kadr tayorlashni shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: Kiari 1 anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash yoki istisno qilish uchun shu bemorlarda erta tashxis quyish talab qilinishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 249000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Kiari 1 anomaliyasi asoratlarini tashxislash, davolash va bashoratlashga zamonaviy yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 18 iyun 02-6/407-sonli va 2021 yil 18 iyun 02-6/408 xati yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: Kiari 1 anomaliyasida aniqlangan yetakchi klinik sindromlar nerv tizimi shikastlanish darajasini ob’ektiv baholash uchun tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.06.2021y. №20a) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.06.2021y. №18a)  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  Kiari 1 anomaliyasida nevrologik buzilishlar variabel sub’ektiv va ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, har doim ham katta ensa tirqishi darajasidan quyi miyacha bodomsimon kismi  ektopiyasi darajasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmaydi. Kiari 1 anomaliyasi klinik tuzilishida 4 ta yetakchi sindromni ajratib ko‘rsatish mumkin: siringomielitik (32,8%), miyacha (30,4%), bul`bar (18,8%) va piramidasimon (13,0%), ular o‘zagli tuzilmalar kompressiya buzilishlari va kraniovertebral o‘tish darajasida likvorodinamik buzilishlar bilan bog‘liq. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kiari 1 anomaliyasida  bo‘lgan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 11 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 747 ming so‘mga kamaytirdi (Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 249000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Kiari 1anomaliyasida bo‘lgan bemorlarning tashxislashda va davolashda   1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 249000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Kiari 1 anomaliyasi asotlarini tashxislash, davolash va bashoratlashga zamonaviy yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 18 iyun 02-6/407-sonli va 2021 yil 18 iyun 02-6/408 -sonli  xati yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: Kiari 1 anomaliyasi klinik sindromlarining ajratib ko‘rsatilgan neyrofiziologik mezonlari davolash taktikasini tanlashga differensiatsiyalangan (darajalangan) yondashuv kerakligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.06.2021y. №20a) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.06.2021y. №18a)  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kiari 1 anomaliyasining subkompensatsiyalangan shakli bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring  qo‘llanilishidan qat’i nazar, aniq yaxshilanadi. Kiari 1 anomaliyasining dekompensatsiyalangan shakli bo‘lgan bemorlar guruhida dinamik neyrofiziologik kuzatuv yo‘qligi “dinamikasiz” natijalar sonini oshiradi, bu 27,4% holatlarda takroriy operatsiya zaruratiga olib keladi. Kiari 1 anomaliyasining dekompensatsiyalangan shaklida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring qo‘llanilishi kraniovertebral o‘tish darajasida takroriy aralashuvlar xavfini istisno qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi taklif qilingan CNPHS klinik-neyrofiziologik shkalasi bemorlarni konservativ yoki xirurgik davolash tanlovini osonlashtiradi, kraniovertebral o‘tish dekompressiya turiga differensiatsiyalangan yondashuvni tavsiya etadi. Xulosa:  bemorlarni qisman rezeksiyaga asoslangan differensial  xirurgik davolash taktikasini qo‘llashning uzoq davrdagi ko‘rsatkichlari asosiy guruxning 72,4% nafar bemorlarida yaxshi natijalariga erishilgani isbotlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish:  “Kiari 1 anomaliyasi asoratlarini tashxislash, davolash va bashoratlashga zamonaviy yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 18 iyun 02-6/407-sonli va 2021 yil 18 iyun 02-6/408  xati yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Kiari 1 anomaliyasi asoratsiz shakllari davolashning konservativ yoki xirurgik taktikasi tanlovini belgilashda eng katta murakkablikni paydo qiladi. Miyacha bodomsimon qismi ektopiyasi darajasini va RⅢ-RⅤ cho‘qqilar o‘rtasidagi interval ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bashoratlash modelini tuzish operativ aralashuv o‘tkazish xavfining yuqori yoki quyi ehtimolini aniq belgilashi mumkin. Jumladan, 0,719 dan yuqori funksiya ko‘rsatkichlarida operativ aralashuvning yuqori ehtimoli mavjud, 0,719 dan quyiroq funksiya ko‘rsatkichlarida esa operatsiya xavfi ancha kam bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.06.2021y. №20a) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.06.2021y. №18a)  amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi : Kiari 1 anomaliyasining subkompensatsiyalangan shakli bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring  qo‘llanilishidan qat’i nazar, aniq yaxshilanadi. Kiari 1 anomaliyasining dekompensatsiyalangan shakli bo‘lgan bemorlar guruhida dinamik neyrofiziologik kuzatuv yo‘qligi “dinamikasiz” natijalar sonini oshiradi, bu 27,4% holatlarda takroriy operatsiya zaruratiga olib keladi. Kiari 1anomaliyasining dekompensatsiyalangan shaklida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring  qo‘llanilishi kraniovertebral o‘tish darajasida takroriy aralashuvlar xavfini istisno qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan intraoperatsion neyromonitoring mezonlari jarroh manipulyasiyasini osonlashtiradi va dekompressiyaning mos hajmini belgilaydi. Xulosa: miyaning chaqirilgan potensiallari Kiari 1 anomaliyasida o‘zagli va spinal tuzilmalar funksional buzilishlarini aniqlashda yuqori axborotlilikka ega. Klassik “irritatsiya” simptomlari akustik o‘zagli chaqirilgan potensiallar ma’lumotlari bo‘yicha RⅢ va RⅤ tarkibiy qismlar amplitudalarining 0,30-0,35mkV gacha oshishi bilan birga kechadi, “ishemiya” simptomlari esa ushbu tarkibiy qismlarning 0,18-0,20mkV gacha depressiyasi bilan xususiyatlanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Kiari 1 anomaliyasi asoratlarini tashxislash, davolash va bashoratlashga zamonaviy yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 18 iyun 02-6/407-sonli va 2021 yil 18 iyun 02-6/408 -sonli  xati yuborilgan;
beshinchi ilmiy yangilik: miyaning chaqirilgan potensiallari Kiari 1 anomaliyasida o‘zagli va spinal tuzilmalar funksional buzilishlarini aniqlashda yuqori axborotlilikka ega. Klassik “irritatsiya” simptomlari akustik o‘zagli chaqirilgan potensiallar  ma’lumotlari bo‘yicha RⅢ va RⅤ tarkibiy qismlar amplitudalarining 0,30-0,35mkV gacha oshishi bilan birga kechadi, “ishemiya” simptomlari esa ushbu tarkibiy qismlarning 0,18-0,20mkV gacha depressiyasi bilan xususiyatlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.06.2021y. №20a) va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.06.2021y. №18a)  amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi ENMG – Kiari 1anomaliyasida til-yutkin nervi tadqiqoti kaudal buzilishlar rivojlanish xavfini bashoratlash imkonini beradi. Impul`s o‘tish tezligi (IO‘T) miqdorlari cut-off nuqtasida 21,5 m/s va M-javob amplitudalari chegara miqdorlari 1,01mkV va undan kamroq bo‘lgan bemorlarda bul`bar buzilishlar rivojlanish yuqori xavfi qayd etilgan. Amplituda ko‘rsatkichlari depressiyasi va impul`s o‘tish tezligi pasayishi Kiari 1anomaliyasi bo‘lgan bemorlarda, klinik simptomlardan qat’iy nazar, bul`bar buzilishlar rivojlanishi bilan aniq bog‘liqlikdan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 747 ming so‘mga kamaytirdi (Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 249000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: Kiari 1 anomaliyasining subkompensatsiyalangan shakli bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring qo‘llanilishidan qat’iy nazar, aniq yaxshilanadi. Kiari 1 anomaliyasining dekompensatsiyalangan shakli bo‘lgan bemorlar guruhida dinamik neyrofiziologik kuzatuv yo‘qligi “dinamikasiz” natijalar sonini oshiradi, bu 27,4% holatlarda takroriy operatsiya zaruratiga olib keladi. Kiari 1 anomaliyasining dekompensatsiyalangan shaklida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring qo‘llanilishi kraniovertebral o‘tish darajasida takroriy aralashuvlar xavfini istisno qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Kiari 1 anomaliyasi asoratlarini tashxislash, davolash va bashoratlashga zamonaviy yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 18 iyun 02-6/407-sonli va 2021 yil 18 iyun 02-6/408 -sonli  xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish