Xamidov Voxid Sobirovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kuchli gravitatsiya maydonida zarralar dinamikasi», 01.03.01 –Astronomiya va 01.04.02 – Nazariy fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM762.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdujabbarov Ahmadjon Adiljanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Ahmedov Bobomurat Jo‘raevich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Rasmiy opponetlar: Shaymatov Sanjar Ruzimurotovich, fizika-matematika fanlari doktori; Mamadjanov Axrorjon Ibragimovich fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qora o‘ralar yaqinidagi fotonlar va zarrachalar dinamikasini tavsiflash uchun modellar va hisoblash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Shvarsshildsimon qora o‘ra atrofida yorug‘lik nurlarining og‘ish burchagi fazo-vaqt deformatsiya parametri majud bo‘lganda kamayishi ko‘rsatilgan; kuchsiz gravitatsiya o‘zaro ta’siri yaqinlashuvida fazo-vaqt deformatsiyasi parametrining qat’iy qiymatlari uchun bir jinsli plazmaning burilish burchagiga ta’siri o‘rganildi; plazma muhitining nobirjinsliligi uchun masʼul bo‘lgan parametrning ortishi kompakt obekt atrofida yorug‘lik nurlarining og‘ish burchagining ortishiga olib kelishi ko‘rsatilgan; tasvir yorqinligining umumiy kattalashishi ham bir jinsli bo‘lgan, ham bir jinsli bo‘lmagan plazma parametrlarining ortishi bilan ortishi ko‘rsatilgan; modifikatsiyalangan gravitatsion model parametri skalyar maydon parametriga qarab yuqori chegara qiymatiga ega ekanligi ko‘rsatilgan; aylana orbitalaridagi tekshirilayotgan zarrachalarning xususiy burchak momenti va energiyasining analitik ifodalari topilgan va skalyar maydon parametrlari va modifikatsiyalangan gravitatsiya kuchining ularga ta’siri tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ushbu dissertatsiya ishi doirasida chop etilgan ilmiy ishlardan turli xalqaro Web of Science va Scopus bazalariga kiruvchi ilmiy maqolalarda (masalan, (Symmetry, 2023; V.15: id 293, Web-Sc, IF-2.94; European Physical Journal C, 2023; V.83: id 506, Web-Sc, IF-4.994; Chinese Journal of Physics, 2023; V.83: pp. 664-679, Web-Sc, IF-3.957 va boshqalar) foydalanilgan. Bundan tashqari dissertatsiya natijalari Xitoy xalq respublikasining Shanxay shahridagi Fudan universitetidagi (FU) olimlar tomonidan qo‘llanilgan massasiz zarrachalar harakati va gravitatsion linzalashtirishning ta’siri tadqiqotlarida foydalanilgan (FU ma’lumotnomasi, Xitoy, 2023-yil 24-iyul).