G‘oyipnazarov Sanjar Baxodirovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat munosabatlarini takomillashtirishda sun’iy intellektni joriy etish va inson kapitalini rivojlantirishning metodologik asoslari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt506.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat munosabatlariga sun’iy intellektni joriy etish va inson kapitalini rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellkt sharoitida “inson kapitalini raqamli rivojlantirish” kategoriyasi ta’rifi inson kapitalini raqamli rivojlantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlari va raqamli muhitda inson kapitalini baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’sirini uslubiy jihatdan baholashning konseptual modeli sun’iy intellektni joriy etish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning mehnatni almashtirish effekti, mehnat unumdorligi effekti va qayta tiklash effektiga ko‘ra takomillashtirilgan;
inson kapitalining milliy raqamli rivojlanish holatini baholash metodologiyasi milliy xususiyatlarga ko‘ra, raqamli faolligini baholash imkonini beruvchi DigTech (Digital technology) indeksi, ijtimoiy sohaning raqamlashish darajasini baholovchi DigSoc (Digitalization of the social sphere) indeksi va aholining raqamli bilim va ko‘nikmalarini baholovchi DigKnow (Digital knowledge) indekslarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitalini raqamli rivojlantirishning institutsional modeli asosiy raqamli kompetensiya-larni rivojlantirish kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan “IT” vositalaridan foydalanish, raqamli muhitda yo‘naltirish, oddiy “IT” mahsulotlarini yaratish va boshqa sohalar xodimlarini “IT” kompetensiyasi bilan uyg‘unlashtirib o‘qitish kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
inson kapitalini raqamli rivojlantirishga aloqador institutlar, raqamli rivojlantirishni amalga oshish unsurlari va inson kapitalini raqamli rivojlanishi natijasida erishiladigan ijtiomiy-iqtisodiy imkoniyatlarga ko‘ra, institutsional, konstruktiv va tashkiliy bloklardan iborat milliy darajada inson kapitalini raqamli rivojlantirishning uch bosqichli  mexanizmi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitalini raqamli rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sun’iy intellkt sharoitida “inson kapitalini raqamli rivojlantirish” kategoriyasi ta’rifi inson kapitalini raqamli rivojlantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlari va raqamli muhitda inson kapitalini baholashga ko‘ra takomillashtirish taklifidan “Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 01/00-04/7229-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida inson kapitali va inson kapitalini raqamli rivojlantirish kategoriyalariga konseptual jihatdan aniqlik kiritilgan hamda sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitalini raqamli rivojlantirishning milliy xususiyatlarini aniqlash va shu orqali inson kapitali qiymatini shakllantirish hamda uni sifat jihatidan yuqori darajaga olib chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’sirini uslubiy jihatdan baholashning konseptual modeli sun’iy intellektni joriy etish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning mehnatni almashtirish effekti, mehnat unumdorligi effekti va qayta tiklash effektiga ko‘ra takomillashtirilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan istiqboldagi kasb va malakalrni aniqlash va ularni ishlab chiqarish ehtiyoji nuqtai nazardan mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo‘lgan talab-taklifni muvozanatlashtirish bo‘yicha prognozlarni ishlab chiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 01/00-04/7229-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sun’iy intellektni joriy etish sharoitlarida mehnat bozoridagi har bir soha va tarmoq uchun yo‘qolib borayotgan, o‘zgarayotgan va yangi paydo bo‘layotgan kasblar bo‘yicha istiqboldagi kasb va malakalar xaritasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan hamda istiqboldagi kasb va malakalr xaritasi joriy va istiqbolda mehnat bozorida qaysi kasblar va xodimlar talab qilinishi hamda mehnat bozori uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalarni tanlash va tushunish yo‘nalishini aniqlash imkonini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
milliy darajada inson kapitalining raqamli rivojlanish holatini baholash metodologiyasi mamlakatning raqamli faolligini baholash imkonini beruvchi DigTech (Digital technology) indeksi, ijtimoiy sohaning raqamlashish darajasini baholovchi DigSoc (Digitalization of the social sphere) indeksi hamda mamlakat aholisining raqamli bilim va ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan DigKnow (Digital knowledge) indekslarini hisobga olgan holda takomillashtirish taklifidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,  Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki ishtirokidagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 01/00-04/7229-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish tiziminig raqamlashganlik darajasini uslubiy jihatdan baholash imkoniyati yaratilib, bu orqali ijtimoiy himoya yagona reestri (IHYaR) hamda yagona milliy mehnat tizimini (YaMMT) yanada takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitalini raqamli rivojlantirishning institutsional modeli asosiy raqamli kompetensiya-larni rivojlantirish kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan “IT” vositalaridan foydalanish, raqamli muhitda yo‘naltirish, oddiy “IT” mahsulotlarini yaratish va boshqa sohalar xodimlarini “IT” kompetensiyasi bilan uyg‘unlashtirib o‘qitish kabilarga ko‘ra takomillashtirish taklifidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 01/00-04/7229-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy va istiqboldagi mehnat bozori talablariga javob beradigan raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan aholi ulushini oshirishga, mehnat bozori, ta’lim tizimi, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizim instiutlarining sinergetik ta’sirini oshirish imkoniyatlarini kengayti-rishga xizmat qilgan;
inson kapitalini raqamli rivojlantirishga aloqador institutlar, raqamli rivojlantirishni amalga oshish unsurlari va inson kapitalini raqamli rivojlanishi natijasida erishiladigan ijtiomiy-iqtisodiy imkoniyatlarga ko‘ra institutsional, konstruktiv va tashkiliy bloklardan iborat milliy darajada inson kapitalini raqamli rivojlantirishning uch bosqichli  mexanizmidan “Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 01/00-04/7229-son ma’lumotnomasi). Taklifning qo‘llanilishi natijasida raqamli va bilimlar iqtisodiyoti transformatsiyalanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihat-larini kompleks takomillashtirishga hamda aholining inson kapitalini raqamli rivojlantirish va ishchi kuchi raqobatbardoshligining oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish