Abduvalieva Feruzaxon Tulqindjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholini suv bilan ta’minlashni optimallashtirishning ekologo-gigienik jihatlari (Farg‘ona shahri misolida)» 14.00.07– Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2422.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Go‘zal To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori; professsor, Mirzakarimova Maloxat Abduvoxitovna, biologiya fanlar doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona shahar aholisiga markazlashtirilgan holda etkazib beriladigan er osti suv manbalari suvi tarkibining makro va mikroelementlar muvozanatini aholi salomatligiga ta’sir xavfini kamaytirish va ichimlik suvidan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini suv bilan ta’minlash manbasining joylashish joyi, suvining sifat ko‘rsatkichi, loyqaligi va aholining jon boshiga mos keladigan miqdori, yilning mavsumiyligi va yog‘ingarchiliklarga bog‘liqligi isbotlangan;
aholi turar joylarida istiqomat qiluvchilar orasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar, oshqozon-ichak tizimi, buyrak tosh kasalliklarining guruhlar orasida tarqalishining suv omili bilan assotsiatsiyalanuvchi kasallanish tuzilmasi va tarqalish darajasi asoslangan;
aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni nazoratini amalga oshirishda tashkiliy-tuzilmaviy, laborator natijalar asosida suvining mineral tarkibini nazorat qilish va davlat standart talablariga moslashtirishga qaratilgan er osti suvi manbasini chuqurligini ikki martaga oshirish zarurligi isbotlangan;
aholini ichimlik suvi bilan etarli miqdorda ta’minlash orqali buyrak-tosh va oshqozon ichak tizimi kasalliklarni oldini olishning profilaktik tizimini samaradorligi oshirish orqali aholini xayot sifatini oshirishga qartilgan ilmiy-tashkiliy, texnik va informatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 24 iyuldagi 01-02/d-x-01-son xulosasiga ko‘ra::
birinchi ilmiy yangilik: aholini suv bilan ta’minlash manbasining joylashish joyi, suvining sifat ko‘rsatkichi, loyqaligi va aholining jon boshiga mos keladigan miqdori, yilning mavsumiyliligi va yog‘ingarchiliklarga bog‘liqligi Farg‘ona suv ta’minoti ma’suliyati cheklangan jamiyat Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 2 maydagi 34-sonli buyruq, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2023 yilning 11 maydagi 52-sonli buyruq hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yilning 10 iyundagi 145-I-05-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: er osti suv manbalarini hosil bo‘lishida axamiyatga ega bo‘lgan hududni sanitar epidemiologik, gidrogeologik va meliorativ holatini yaxshilash er osti suv manbalari suvini sifatini yaxshilashga olib kelganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona shahar aholisining 6,9% ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan uy xo‘jaliklarini markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minotiga ulanish natijasida har oyda o‘rtacha 4500–5500 so‘m iqtisod qilinadi (O‘zbekiston suv ta’minot tarifiga ko‘ra markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minotiga ulangan 1 ta uy xo‘jaligi uchun bir oyda o‘rtacha 8000 so‘m, ulanmagan 1 ta uy xo‘jaligi uchun 12 500–13 500 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: Farg‘ona shahar aholisini markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti bilan to‘liq ta’minlanishi ichimlik suviga ulangan 1 ta uy xo‘jaligi hisobiga yillik 54 000–66 000 so‘mga byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: aholi turar joyilarida istiqomat qilayotgan aholi orasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar, oshqozon-ichak tizimi, buyrak tosh kasalliklarining yosh, jins va guruhlar orasida tarqalishining suv omili bilan assotsiatsiyalanuvchi kasallanish tuzilmasi va tarqalish darajasini baholash natijalar Farg‘ona suv ta’minoti ma’suliyati cheklangan jamiyat Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 2 maydagi 34-sonli buyruq, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2023 yilning 11 maydagi 52-sonli buyruq hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yilning 10 iyundagi 145-I-05-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichimlik suvi tarkibida umumiy qattiqlik miqdorining oshganligi bir qator kasalliklarni shakllanishi va kechishi, qon hosil qilish, nafas olish tizimi, qon kasalliklari, buyrak-tosh kasalliklari, teri va teri osti kletchatka chora-tadbirlarni qo‘llanilishi va aholi orasida suvga bog‘liq bo‘lgan kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholi turar joylarida istiqomat qiluvchilar orasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar, oshqozon-ichak tizimi, buyrak tosh kasalliklarining yosh, jins va guruhlar orasida tarqalishining suv omili bilan assotsiatsiyalanuvchi kasallanish tuzilmasi va tarqalish darajasini baholashda bitta bemorning 1 kunlik shifoxonada bo‘lishi uchun o‘rtacha 110 ming so‘m, agar etti kundan 10 kungacha shifoxonada bo‘lsa, 770 ming so‘mdan 1million 100 so‘mgacha byudjetdan iqisod qilish imkonini bergan. Xulosa bitta bemorning 1 kunlik shifoxonada bo‘lishi uchun o‘rtacha 110 ming so‘m, agar etti kundan 10 kungacha shifoxonada bo‘lsa, 770 ming so‘mdan bir million 100 so‘mgacha byudjetdan iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni nazoratini amalga oshirishda tashkiliy-tuzilmaviy, laborator natijalar asosida suvining mineral tarkibini nazorat qilish va davlat standart talablariga moslashtirishga qaratilgan er osti suvi manbasini chuqurligini ikki martaga oshirish zarurligi Farg‘ona suv ta’minoti ma’suliyati cheklangan jamiyat Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 2 maydagi 34-sonli buyruq, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2023 yilning 11 maydagi 52-sonli buyruq hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yilning 10 iyundagi 145-I-05-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona shahar aholisini er osti suvlaridan olingan SanQvaM 0200-06 va DavST 950:2011 talablariga mos holga kelgan sifatli vodoprovod suvi bilan ta’minlash tizimini, vodoprovod inshooti qurilmalari samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, suv tortuvchi nasoslar chuqurligini oshirish, Farg‘ona shahriga ichimlik suvi sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: transport va kimyoviy reaktivlar xarajatlarini qisqartirish natijasida 1 ta suv namunasi tahlilining xarajati 18 400 so‘mga kamaytirgan (O‘zR Sanepidqo‘mitaning preyskurantiga ko‘ra 1 ta suv namunasi tahlilining narxi 43 800 so‘m tashkil qiladi). Xulosa: 50 ta suv namunasi hisobiga byudjet mablag‘larini 920 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablarg‘larni 331 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aholini ichimlik suvi bilan etarli miqdorda ta’minlash orqali buyrak-tosh va oshqozon ichak tizimi kasalliklarni oldini olishning profilaktik tizimini samaradorligi oshirish orqali aholini hayot sifatini oshirishga qartilgan ilmiy-tashkiliy, texnik va informatsion chora-tadbirlar Farg‘ona suv ta’minoti ma’suliyati cheklangan jamiyat Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 2 maydagi 34-sonli buyruq, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2023 yilning 11 maydagi 52-sonli buyruq hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2023 yilning 10 iyundagi 145-I-05-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona shahar aholisini markazlashtirilgan holda ichimlik suvi bilan ta’minlash holati shahar suv olish manbalari antropogen ifloslanish, foydalaniladigan er osti suv manbalaridan olingan suvlar maxsus tozalash usullari bilan tozalanmasligi barchasi esa Farg‘ona shahar aholisini markazlashtirilgan ichimlik suv bilan ta’minlanish holatini o‘zgarishi, ichimlik suv bilan bog‘liq bo‘lgan yuqumli va yuqumsiz kasalliklar darajasini keskin ortishiga olib kelganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholini etarli miqdorda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash turli suv bilan bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish, aholini ishga yaroqlilik davrini oshirishga «Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va unga yaqin aholi yashash joylarida ichimlik suvi ta’minotini tubdan yashilash» loyihasini amalga oshirish 48,261 million dollarni ajratilib, bundan 44,973 million dollarni Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbankining 20 yillik kredit mablag‘i (5 yillik imtiyoz bilan), Shuningdek, 3,282 million dollari mamalaktimiz byudjet mablag‘idan va 0,005 million dollari Farg‘ona viloyat Suvoqava ishlab chiqarish boshqarmasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Andijon viloyatida joylashgan Kampirobod suv omboridan foydalanish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyihani amalga oshirish Farg‘ona viloyatini 2 shahri (Farg‘ona, Marg‘ilon) va 5 tumanini (980 ming aholi) markazlashtirilgan ichimlik suv bilan ta’minlash imkonini berganligi bilan izohlangan. Xulosa: Farg‘ona shahri aholisini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlovchi burg‘uli quduqlarning (68 quduqdan hozirgi kunda 4 ish holatida emas) umumiy suv etkazib berishi 8169, 1 m3/sutka ekanligini hisobga olsak, aholi o‘rtasida suv tanqisligi sezilarli darajada ekanligini ko‘rish mumkin. Bu esa turli noxush holatlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Shuning uchun Farg‘ona shahar aholisini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlashda nafaqat er osti suv ta’minoti manbalari, balki ochiq suv manbalaridan foydalanish zaruriyatini ham yuzaga keltirdi. O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2008 yil 2-maydagi PQ-855 sonli qaroriga asosan «Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va unga yaqin aholi yashash joylarida ichimlik suvi ta’minotini tubdan yashilash» loyihasini amalga oshirish 48,261 million dollarni ajratilib, bundan 44,973 million dollarni Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbankining 20 yillik kredit mablag‘i (5 yillik imtiyoz bilan), shuningdek, 3,282 million dollari mamalaktimiz byudjet mablag‘idan va 0,005 million dollari Farg‘ona viloyat Suvoqava ishlab chiqarish boshqarmasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Andijon viloyatida joylashgan Kampirobod suv omboridan foydalanish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyihani amalga oshirish Farg‘ona viloyatini 2 shahri (Farg‘ona, Marg‘ilon) va 5 tumanini (jami 980 ming aholi) markazlashtirilgan ichimlik suv bilan ta’minlash imkonini beradi.