Shakirov Sardor Abdusaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 infeksiyasida buyrakning patologik anatomiyasi”  14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Tib 3179.
Ilmiy rahbar: Mamataliev Avazbek Ruzivaevich tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.                                                                    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Bahrom Soberjonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi.  SARS-CoV-2 virusi ta’sirida buyrak po‘stloq qavat koptokchalar, oraliq to‘qima va mag‘iz qavati peritubulyar qon tomirlari, kanalchalar epiteliysida rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarning morfogenezi va xarakterli struktur belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infektsiyasi glomerulonefrit  kasalligi bilan birgalikda kuzatilsa, kattalashgan ola-bula buyrakning rivojlanishi, surunkali pielonefrit bilan birgalikda kuzatilsa o‘choqli kortikal nekrozlarning  rivojlanishi isbotlangan; 
COVID-19da buyraklar yoysimon arteriyasining shikastlanishi, afferent arteriya devorida limfoid infiltrattsiya, efferent arteriyasi  endoteliysi proliferatsiyasi, mikrotomirlarda limfotsitar tromb paydo bo‘lishi, koptokcha kapillyarlar to‘rida podotsit va mezangiumning proliferatsiyasi yuz berishi isbotlangan; 
COVID-19da ShIFF-musbat tuzilmalar bazal membranada va buyrak kanalchalarining oraliq moddasida ko‘p miqdorda to‘planib, kanalchalar epiteliysida nekrotik o‘zgarishlarni keskin oshirib borishi aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasida 40-59 yoshdagilar buyrak to‘qimasi po‘stloq  va mag‘iz qavatidagi funksional faol soxalarning shikastlanishi ko‘rsatkichlari  ko‘payganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 27 iyundagi 06/17 -son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasida buyrak to‘qimasida yuzaga keladigan morfologik va morfogenetik o‘zgarishlar xarakterini o‘rganish va kelajakda COVID-19 infeksiyasida asoratlanishi mumkin bo‘lgan buyrak kasalliklarini prospektiv prognozini yoritilgan. Namangan viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 35-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 14-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati Patologik anatomiya byurosi 14.06.2023 y; 40-sonli buyrug‘lari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan xastalangan bemorlarni differensial diagnostika qilishda tavsiya qilinayotgan usullar patologik anatomiyaning ijro muddatini va difernsial diagnostika muddatini qisqarishiga olib kelganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Andijon viloyati axolisining 27,8% ni COVID-19 infeksiyasidan davolash maqsadida  differensial tashxislash va patologoanatomik ijro muddatini  qisqartirish  o‘rtacha 20-25% ga qisqarib, xar bir bemordan  187500 so‘m miqdorida iqtisod qilinadi (O‘zSSV tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha davolash 2020 yil 23 martdan 30 sentyabrgacha xar bir bemor statsioanr palatadagi davolanish uchun  kuniga 750 000 so‘mni tashkil etgan. Og‘ir axvoldagi bemorlarni davolash uchun sutkalik sarf xarajatlar 1,2 mln so‘mni tashkil etgan). Xulosa: Andijon violyati shahar aholisida COVID-19 infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni  maqsadli tekshirish  va davolash paytida o‘rtacha xar bir bemor xisobiga 187500 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ta’sirida buyrakning yoysimon arteriyasi shikastlanishi, afferent arteriya devorida limfoid infiltratsiya, efferent arteriyada endoteliysining proliferatsiyasi, mushak qavati qalinlashishi, mikrotomirlarda limfotsitar tromb paydo bo‘lishi, kaptokcha kapillyarlar to‘rida podotsit va mezangiumning proliferatsiyasi aniqlandi. Namangan viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 35-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 14-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati Patologik anatomiya byurosi 14.06.2023 y; 40-sonli buyrug‘lari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda odindan buyrak kasalligi mavjud lekin klinik jihatdan biror bir beliglar bilan namoyon bo‘lmasdan, COVID-19 infeksiyasida ushbu kasalliklarni qo‘zishi davolash taktikasini keskin noto‘g‘ri amalga oshirilganligi va vafot etgan bemorlarni  patologoanatomik tekshirish paytida aniqlangan COVID-19 infeksiyasi tomonidan  yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlardan, buyrak etishmovchiligini oldindan ehtiyot  chorasi sifatida  davolash profilaktika qilish, o‘tkir buyrak etishmov-chiligini  kamaytirishga  imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasida buyrakda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni retrospektiv taxlil ma’lumotlariga asoslanib, laborator tekshirish uchun   tayinlangan taxlixlar bitta bemorning 1 kunlik shifoxonadagi tekshiruvchi o‘rtacha amalga oshishi uchun o‘rtacha 121 ming so‘m, agar o‘rtacha 14 kundan 20 kungacha shifoxonada bo‘lsa, 1million 694 ming so‘mdan  2million 420 ming so‘mgacha byudjetdan iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa  bitta bemorning 1 kunlik shifoxonada siydikni laborotor taxili  uchun  o‘rtacha 121 ming so‘m sarf xarajat talab etsa, 14 kundan 20 kungacha shifoxonada davolansa o‘rtacha 1694000 so‘mdan 2420000 so‘mgacha byudjetdan iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2ning S-oqsili replikatsiyalanuvchi APF2-fermenti aksariyat buyrak kanalchalar bazal membranasi va oraliq moddasida joylashganligi sababli, COVID-19 infektsiyasi bilan xastalangan bemorlarda  o‘tkir buyrak etishmovchiligiga olib kelishi isbotlangan. Namangan viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 35-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 14-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati Patologik anatomiya byurosi 14.06.2023 y; 40-sonli buyrug‘lari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Andijon  shahar aholisida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan yoki klinik belgilar orqali shubxa qilinganda APF2-fermenti etishmovchiligini  aniqlashda ommaviy PSR qilish orqali o‘tkir buyrak etishmovchiligini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasida kompleks tekshirishlar majmuasi tarkibida bo‘lmagan lekin o‘tkir buyrak etishmovchiligini asosiy markerlaridan bo‘lgan APF2-fermentining PSR qilish (20000 so‘mni tashkil etib) o‘rtacha bemor boshiga 101000 so‘mlik xarajatlarini qisqartirish va iqtisod qilish imkonini bergan. (O‘zSSV 2021 yil iyun oyi ma’lumotiga ko‘ra 1 ta bemorni siydik taxlili uchun o‘rtacha 121000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: o‘rtacha xar bir COVID-19 infektsiyasi bilan xastalangan bemorni PSR qilish xisobiga byudjet mablag‘laridan bemor boshiga 110 000 so‘mdan byudjetdan tashqari mablarg‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infekwiyasida buyrak to‘qimasi  po‘stloq qavati va mag‘iz qavatidagi funksional faol tuzilmalarning yoshga doir shikastlanish o‘lim ko‘rsatkichlari eng ko‘p 40-59 yoshda bo‘lishi va sabab qilib, buyrak koptokchalari va proksimal kanalchalarining hajmiy kattlashganligi, qon tomirlar devoridagi xujayralarning son jihatdan oshganligi va morfofunksional majrux xolatni yuzaga kelishi  morfometrik tahlil natijalari bilan tasdiqlanib     tashxislash  algoritm ishlab chiqilgan. Namangan viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 35-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati Patologik anatomiya byurosi 12.06.2023 y; 14-sonli buyrug‘i, Andijon viloyati Patologik anatomiya byurosi 14.06.2023 y; 40-sonli buyrug‘lari bilan  amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: Andijon shahar aholisida COVID-19 infeksiyasidan xastalangan bemorlarda o‘tkir buyrak etishmovchiligini yuzaga kelishini oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichi darajasini kamaytirish maqsadida,  ommaviy PSR qilish va algoritmda keltirilgan ma’lumotlar ketma ketligiga asoslangan tashxislash bosqichlarini tadbiq etish, buyragida oldindan fon kasalligi bor bo‘lgan va aloxida e’tiborli bo‘lgan xomilador ayollardagi buyrak kasalligi bor bo‘lgan bemorlarga tadbiq etishlik COVID-19 infektsiyasida o‘lim ko‘rsatkichini keskin darajada 2021 yil avgust oyi misolida kamayganligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Andijon shahar aholisida COVID-19 infeksiyasi bilan statsionar davolash muddati  o‘rtacha 14-21 kun bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil 20 avgustdan keyin ushbu ko‘rsatkichlar 2 barobarga qisqarganligi kuzatildi. 2021 yil  avgust oyi bo‘yicha COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarga sutkalik mablag‘ o‘rtacha 1150000 so‘mni tashkil etib, 16 mln 100000 so‘mdan 24 mln 150000 ming so‘mgacha  davlat byudjetidan sarflangan. Tadbiq etilgan  tashxislash algoritm va usullardan keyin (2021 yil 10 iyuldagi O‘zRPAM direktori ishtirokidagi COVID-19 bosh shtabi navbatdagi  yig‘ilishidagi tavsiyasi va OAV orqali bergan ma’lumotlarga asoslangan chiqishlarida) statsionarda COVID-19 infeksiyasi bilan davolanish muddati o‘rtacha 7-10 kungacha qisqarganligi va bu xolat davlat byudjetidan o‘rtacha 8 mln 50000 so‘mdan 12 mln 75000 so‘mni davlat byudjetidan iqtisod qilinishiga olib kelgan. Xulosa: Andijon violyatida COVID-19 bilan xastalanib davolanayotgan bemorlarda davolanish muddati o‘rtacha 7-10 kungacha qisqarganligi va bu xolat davlat byudjetidan o‘rtacha 8 mln 50000 so‘mdan 12 mln 75000 so‘mni davlat byudjetidan iqtisod qilish imkonini berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish