Mamatov Muxammadjon Axmadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i ismi): “O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish”, 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib722.
Ilmiy maslaxatchi: Abralov Xakimjon Qobiljonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Barbuxatti Kirill Olegovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxritdinov Fazlitdin Shamsutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Janubiy Qozogiston tibbiyot akademiyasi AJ”
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘pka venalarining anomal quyilishi tashxisotini optimallashtirish hamda nuqsonni korreksiyalashning mavjud usullarini takomillashtirish orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fiziologik oqim hosil qiluvchi va boshqa usullarda bajarilgan tashrixlardan so‘ng ko‘p uchraydigan yurak aritmiyalarini bo‘lish extimolligini kamaytiruvchi, o‘pka venalarini yuqori kovak venaga anomal quyilganda qo‘llaniladigan tashrix usuli takomillashtirilgan;
anomal quyilayotgan o‘pka venalarida dimlanish extimolini oldini oluvchi, shu bilan birga o‘pka gipertenziyasini kamaytiruvchi, o‘pka venalarini qisman anomal quyilishini suprakardial turida qo‘llaniladigan operatsiya usuli takomillashtirilgan;
o‘pka gipertenziyasini darajasini, bo‘lmachalararo to‘siq nuqsonining o‘lchamini, shunt orqali o‘tayotgan kislorodli qon miqdorini va yurakning hamrox tug‘ma nuqsonlari mavjudligini inobatga olgan xolda o‘pka venalarini anomal quyilishini turli xil yosh guruhlarida patognomonik klinik kechishining belgilari aniqlashtirilgan;
o‘pka venalarining anomal quyilishini verifikatsiya qilish uchun nuqsonni batafsil morfologik tavsiflashni, quyilish yo‘li va sathini ko‘rsatib beradigan tomografik mezonlar aniqlangan;
tashrix natijalari o‘pka venalari anomal quyilishining anatomik shakliga, korreksiya qilish usuliga va o‘pka gipertenziyasining dastlabki og‘irlik darajasiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
o‘pka venalarining anomal quyilishini xirurgik davolashdan keyingi uzoq davrda patologik o‘zgarishlarning darajasi, tiklanish izchilligi hamda klinik va fiziologik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ekspert kengashining 2023 yil 26 iyundagi 2x/11 son xulosasiga ko‘ra (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 14.06.2023y., №531 sonli xat yuborilgan):
o‘pka venalarining anomal quyilishida qo‘llaniladigan tashrix usuli takomillashtirilib, ushbu uslub yuqori kovak venada fiziologik oqim xosil qiladi, operatsiyadan so‘ngi asoratlarni kamaytirdi, shu sabab tashrixdan so‘ngi yurak etishmovchiligini bartaraf qildi; operatsiyadan so‘ngi qoniqarsiz natijalarni an’anaviy usulda qilingan operatsiya natijalariga qaraganda 26% dan 8,3%gacha kamaytirdi va davolash sifatini yaxshiladi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi ixtiro patenti «Yuqori kovak venaga qisman anomal quyilgan o‘pka venalarini operatsiya qilish uslubi» IAP 07252, 30 dekabr 2022 yil). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: takomillashtirilgan tashrix usuli akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni 14.06.23y.dagi №530 buyrug‘i bilan markazda va RIIAKMni Namangan filialida (17.06.23y. № 30 i/t buyruq bilan), hamda “Orolbo‘yi Mintaqasi IKKIATMda (20.06.23y. № 1/128 buyruq bilan) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadbiq qilingan operatsiya usuli yuqori kovak venada fiziologik oqim xosil qildi, tashrixdan so‘ngi asoratlarni kamaytirdi, shu sabab jarroxlik amaliyotidan so‘ngi yurak etishmovchiligini bartaraf qildi; operatsiyadan so‘ngi qoniqarsiz natijalarni an’anaviy usulda qilingan operatsiya natijalariga qaraganda 26% dan 8,3%gacha kamaytirdi va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka venalarini yuqori kovak venaga anomal quyilganda qo‘llanilgan takomillashtirilgan tashrix usuli bemorni asoratsiz operatsiyadan chikishini ta’minlashi, bemorning reanimatsiya bo‘limida qolish muddatini 2,5 kundan 1,5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 141 600 so‘mga kamaytirdi (Akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ning preyskurantiga ko‘ra reanimatsiya bo‘limida 1 kun yotish 1 141 600 so‘mni tashkil qiladi); shifoxona reanimatsiyasida bo‘lish davrining bir kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon xam kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 dan 450 000 so‘mgacha dori vositalari iqtisod bo‘ladi). Xulosa: yangi takomillashtirilgan operatsiya uslubini amaliyotga joriy qilinishi byudjet mablag‘larini bir nafar bemor hisobida 1141600 + 450 000 = 1 591 600 so‘mga, bir yilda o‘rtacha 14ta bemor operatsiya qilinsa bu 1 591 600 x 14 = 22 282 400 so‘mga (15 982 400 byudjet va 6 300 000 byudjetdan tashqari mablag‘larni) iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshka sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM direktori tamonidan 14.06.2023y.dagi 531-sonli xat yuborilgan;
tadbiq qilingan operatsiya uslubi qo‘yiladigan yamoqni mahkam va to‘g‘ri tikishga imkon beradi, hamda anomal quyilayotgan venada dimlanishni bartaraf qiladi, buni oqibatida kichik qon aylanish doirasida dimlanish bo‘lmaydi; statsionarda yotish davrini 3.1±0,7sutkaga qisqartiradi («O‘pka venalarini qisman anomal quyilishini suprakardial tipida jarroxlik davolash uslubi» O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi ixtiro patenti: № IAP 07246. 30 dekabr 2022 yil). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu takomillashtirilgan operatsiya usuli akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni 14.06.23y.dagi №530 buyrug‘i bilan markazda va RIIAKMni Namangan filialida (17.06.23y. № 30 i/t buyruq bilan), hamda “Orolbo‘yi Mintaqasi IKKIATMda (20.06.23y. № 1/128 buyruq bilan) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadbiq qilingan operatsiya uslubi anomal quyilayotgan venada qon oqimini yaxshilab kichik qon aylanish doirasida dimlanishni bartaraf qiladi; bemorlarni statsionarda yotish davri 3.1±0,7 sutkaga qisqartiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: takomillashtirilgan jarroxlik usulining joriy qilinishi bemorning shifoxonadagi qolish muddatini 17,5 kundan 14,4 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada yotish uchun to‘lov miqdori 3 kunga 3 x 310 800 = 932 400 so‘mga kamaytirildi (Akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 310 800 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining qisqartirilishi hisobiga dori-darmon ham kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 125 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Ushbu takomillashgan uslub bilan operatsiya qilishni amaliyotda bajarilishi byudjet mablag‘larini bir bemor uchun 932 400 + 375 000 = 1 307 400 so‘m, bir yilda o‘rtacha 14 ta bemor tashrix qilinsa 1 307 400 x 14 = 18 303 600 so‘m (13 053 600 byudjet va 5 250 000 byudjetdan tashqari mablag‘larni) iqtisod qilinishini takshkil qiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshka sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM direktori tomonidan 14.06.2023y.dagi 531-sonli xat yuborilgan;
taklif etilgan algoritmlar va kompleks diagnostika usullaridan foydalanish, har xil yoshdagi bemorlarda patogenetik klinik kechishini belgilari aniqlanishi xastalikni og‘irlik darajasini, hamda ularni nobud bo‘lib qolish extimolligini aniqlashtirib, bir yoshgacha bo‘lgan bemorlarni o‘lim xolatini kamaytirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘VAQni xar xil yoshdagi bemorlarda patogenetik klinik kechishini belgilari aniqlanishi akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni 14.06.23y.dagi №530 buyrug‘i bilan markazda va RIIAKMni Namangan filialida (17.06.23y. № 30 i/t buyruq bilan), hamda “Orolbo‘yi Mintaqasi IKKIATMda (20.06.23y. № 1/128 buyruq bilan) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks diagnostika usullaridan foydalanish ushbu yurak nuqsonini erta davrda aniqlashga katta imkon berdi; o‘pka gipertenziyasini darajalariga, defekt orqali o‘tayotgan kislorodli qon miqdoriga va bo‘lmachalararo devor defekti xajmini xisobga olgan xolda O‘VAQni har xil yoshdagi bemorlarda patogenetik klinik kechishini belgilari aniqlanishi xastalikni og‘irlik darajasini, hamda nobud bo‘lib qolish extimolligini aniqlashtirib, bir yoshgacha bo‘lgan bemorlarni o‘lim xolatini kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadbiq qilingan ilmiy ishlar og‘ir bemorlarni o‘z vaqtida operatsiya qilib davolash, uni og‘irlashganda statsionarda va reanimatsiyada davolash xarajatlarini iqtisod qiladi, xar bitta bemorni reanimatsiyada davolash 1 141 600 so‘m bo‘lsa (Akademik V.Voxidov nomli RIXATM DM ni preyskurantiga ko‘ra), bu bitta bemordan (10 kun hisobida) 11 416 000 ming so‘m iqtisoddir. Xulosa: O‘VAQ bilan bemorlarni og‘irlik darajasini, hamda nobud bo‘lib qolish extimolligini aniqlash, operatsiya qilishni davrini, uni tezkor yoki rejali ravishda bajarishni aniqlab 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 11 416 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saklash vazirligiga V.Voxidov nomli RIXIATM DM direktori tamonidan 14.06.2023y.dagi 531-sonli xat yuborilgan;
tadqiqot davomida olingan natijalar va qilingan xulosalar o‘pka venalarini anomal quyilishi nuqsonini diagnostik tomografik qirralarini, patogenetik simptomlarini, klinik – gemodinamik xususiyatlarini aniqlashdagi fikrlarni kengaytirishga katta xissa qo‘shdi. Bundan tashqari, bu izlanishlar operatsiya o‘tkazish davrini aniqlashga, tashrix qilish ko‘rsatmalarini oydinlashtirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘pka venalarini anomal quyilishini MSKT mezonlarini aniqlanishi akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni 14.06.23y.dagi №530 buyrug‘i bo‘yicha markazda va RIIAKMni Namangan filialida (17.06.23y. № 30 i/t buyruq bilan), hamda “Orolbo‘yi Mintaqasi IKKIATMda (20.06.23y. № 1/128 buyruq bilan) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan MSKT algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, o‘pka venalarini anomal quyilish diagnostikasini yaxshiladi va operatsiya kesmalarini, hamda rejasini tuzishga katta imkon yaratib, aksariyat holatlarda “zondlab” tekshirishni bartaraf qildi. MSKTni diagnostika uchun qo‘llash nafaqat kardioxirurgiya markazlarida, balki neontologiya va pediatriyalarda qo‘llanilishi, bemorga erta davrda bu murakkab yurak nuqsonini aniqlashga yordam beradi, bemorni og‘irlashib qolishini oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasida MSKTni qo‘llash “zondlab” tekshiruvga chek qo‘yib, davlatimizga bir nafar bemorga ushbu tekshirishni bajarmaslik hisobiga byudjet mablag‘larini 676 300 so‘mga (Akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni preyskurantiga ko‘ra “zondlab tekshiruv” 1 725 600 –1 049 300 so‘m MSKT tekshiruvi = 676 300 so‘m farqi), bir yilda o‘rtacha 14ta bemor hisobida olsak 9 468 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: O‘pka venalarini anomal quyilishini bilan bemorlarni diagnostikasida multispiralli kompyuter tomografiya tekshiruvini qo‘llashni amaliyotga tadbiq qilish, zondlab tekshirishga extiyoj qoldirmaydi va byudjet mablag‘larini bir yilda 9 468 200 so‘mga iqtisod qilishga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM direktori tomonidan 14.06.2023y.dagi 531-sonli xat yuborilgan.
operatsiya natijalari o‘pka gipertenziyasini dastlabki darajasiga, nuqsonni anatomik variantiga va operatsiya qilish uslublariga bog‘liqligi isbotlanib, tashrix o‘tkazish uchun takomillashgan ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy ishimiz davrida tashrix o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan takomillashgan ko‘rsatmalar akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni 14.06.23y.dagi №530 buyrug‘i bilan markazda va RIIAKMni Namangan filialida (17.06.23y. № 30 i/t buyruq bilan), hamda “Orolbo‘yi Mintaqasi IKKIATMda (20.06.23y. № 1/128 buyruq bilan) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiya natijalari o‘pka gipertenziyasini dastlabki darajasiga bog‘liqligi ilmiy jihatdan aniqlandi; tashrixdan so‘ngi reablitatsiya jaryonlari nuqsonni anatomik variantiga va operatsiya qilish uslublariga bog‘liqligi isbotlandi, ularni yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadbiq qilingan ilmiy yangiliklar va takomillashtirilgan tibbiy tadbirlar hisobiga operatsiyadan so‘ng bemorlarni tezrok hayot faoliyati tiklanishiga sabab bo‘ladi. Bemorlarni tibbiy nogironlikdan kiskaroq vaqtda chiqarilishi, xar bir operatsiya bo‘lganlarni xisobiga olti oyda 3 480 000 so‘m (davlat standartiga ko‘ra bir nogironga to‘lanadigan bir oylik nafaqa pulini 580 000 so‘m deb xisoblasak) miqdorda iqtisod qiladi va ota onalarni bolalarga parvarish qilib ishdan qolish muddati qisqaradi. Xulosa: joriy qilingan ilmiy yangiliklarimiz operatsiya bo‘lganlarni hayot faoliyati tez tiklanishiga sabab bo‘lib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3 480 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM direktori tomonidan 14.06.2023y.dagi 531-sonli xat yuborilgan;
o‘pka venalarini anomal quyilishini jarroxlik davolashdan so‘ngi uzoq davrdagi bemorlardagi patologik o‘zgarishlarni darajasi va qaytarilish davri aniqlandi, hamda bemorlarni reablitatsiya davrini aniqlab berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘pka venalarini anomal quyilishini jarroxlik davolashdan so‘ngi o‘zgarishlarni qaytarilish davrini aniqlanishi akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM ni 14.06.23y.dagi №530 buyrug‘i bilan markazda va RIIAKMni Namangan filialida (17.06.23y. № 30 i/t buyruq bilan), hamda “Orolbo‘yi Mintaqasi IKKIATMda (20.06.23y. № 1/128 buyruq bilan) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka venalarini anomal quyilishini jarroxlik davolashdan so‘ngi uzoq davrda bemorlarda kuzatiladigan patologik o‘zgarishlarni darajasi va qaytarilish davri aniqlandi, bundan tashqari klinik, hamda fiziologik xususiyatlarini qaysi davrga kelib meyoriy xolatga qaytishi taxlil qilindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni operatsiyadan so‘ngi yaqin va yiroq davrdagi patologik o‘zgarishlarni meyoriga qaytarilish vaqtini o‘rganib chiqish reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi, ya’ni xar bir operatsiya qilingan bemor bir yil davomida 4 marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim, ularni tezroq hayot faoliyati tiklanishi oxirgi 2 marta tekshirishni iqtisod qiladi. Bir bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni (vrach ko‘rigi 71 000 so‘m + EKG 70 500 so‘m + dopplerli ExoKG 141 900 so‘m = 283 400 so‘m) 283 400 so‘m xisoblasak, bir yilda o‘rtacha 14ta bemorni hisobida 14 x 283 400 = 3 967 600 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: tadbiq qilingan ilmiy yangiliklar operatsiyadan so‘ngi natijalarni yaxshilab bir yilda o‘rtacha 14ta bemorni hisobida byudjet mablag‘larini 14 x 283 400 = 3 967 600 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «O‘pka venalarini anomal quyilishini diagnostikasi va jarroxlik davosini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga akademik V.Voxidov nomli RIXIATM DM direktori tomonidan 14.06.2023y.dagi 531-sonli xat yuborilgan.