Xayrullaev Rahmatillo Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori qavatli uy–joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor suv ko‘tarish texnologiyasining gidrodinamik modeli”, 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” va 05.09.07- “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” tutash ixtisosliglari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3781.
Ilmiy rahbar: Xudaykulov Savet Ishankulovich, texnika fanlari doktori, professor. Raximov Akmalxon Mamatxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent Gapparov Furqat Axmedovich, hamda texnika fanlari nomzodi, professor Sattorov Zafar Muradovich. Yetakchi tashkilot: “Jizzah palitexnika instituti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv olish va yuqori qavatga etkazib berishning energiya tejamkor, suvning tekis taqsimlanishini ta’minlovchi texnologiyasini yaratish, suv ko'taruvchi qurilmani barpo etish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori qavatli binolarga er osti suvlarini uzatib beruvchi qurilmani montaj qilishning tipik texnologiyasi ishlab chiqilgan va suv ko‘tarish qurilmasini barpo etish muddatlarini aniqlashda tasodifiy omillar ta’sirini hisobga olish uslubi yaratilgan;
er osti suvlarini yuqori qavatlarga uzatib beruvchi qurulmaning gidravlik parametrlarini zarba oqimning gidravlik parametrlariga bog‘lab oqim energiyasidan kinetik energiya hosil kilish samarali usul ekanligi isbotlangan;
yuqori qavatli binolarga er osti suvlarini uzatib beruvchi energiya tejamkor texnologiyani qo‘llashda gidravlik zarbaning kinetik nazariyasidan foydalanish usuli ishlab chiqilgan;
yuqori qavatli uy-joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor suv ko‘tarish texnologiyasining gidrodinamik modeli dasturi va vertical drenaj tipidagi suv ko‘taruvchi kurilmani barpo etish texnologiyasi boyicha elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori qavatli uy-joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor suv ko‘tarish texnologiyasining gidrodinamik modeli bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori qavatli uy-joylarni suv bilan ta’minlashda gidravlik zarba ishi modellashtirilib, “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA” AJ hamda “Euroasian Investment Group Plus” MChJda uy-joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor suv ko‘tarish texnologiyasini takomillashtirishda joriy qilingan (“Euroasian Investment Group Plus” MChJ № 03/11 dalolatnomasi). Natijada, yuqori qavatli uy-joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor, bosimli suv chiqarish texnologiyasini joriy qilinishi orqali elektr energiyasiga sarflanayotgan xarajatlarning 10-12% iqtisod qilish imkonini beradi. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 09 dekabr’dagi 05/15-2995-sonli ma’lumotnomasi).
Norin-Sirdaryo ITXB huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi (Norin-Sirdaryo ITXB huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 2022 yil 21 dekabrda tuzilgan dalolatnomasi) hamda “Rezaksoy” suv ombori suv chiqarish quvurida vujudga kelgan bosimli oqim energiyasidan foydalanish orqali, suvni yanada balandga ko‘taruvchi energiya tejamkor gidrotaranlarning ish unumdorligini oshirishda joriy qilingan. Natijada, elektr energiyasi harajatlari 10-12% ga iqtisod qilinib, ishlab chiqarish hajmi va gidrotexnik inshootlar suv ko‘tarish agregatlarining foydali ish koeffisientining oshirishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 25 fevral’dagi 03/26-630-sonli ma’lumotnomasi).
Shuningdek, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “Yuqori qavatli uy-joylarni suv bilan ta’minlashda energiya tejamkor suv ko‘tarish texnologiyasining gidrodinamik modeli” va “Vertikal drenaj tipidagi suv ko‘taruvchi qurilmani barpo etish va ishlash texnologiyasi” dasturiga Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnomalar olingan.