Jumanov Zafar Sattarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ichki ishlar vazirligi tizimida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda patsient huquqlarini ta’minlash”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro hususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu736.
Ilmiy rahbar: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD/37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Ichki ishlar vazirligi tizimida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda patsient huquqlarini ta’minlash masalalarini tahlil qilish asosida milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif
va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
dori vositalarini reklama qilishda olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, huddi, shuningdek, alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanishni taqiqlash zarurligi asoslab berilgan;
kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson organizmiga ta’siri natijasida inson organizmida yuz beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi videolavhadan, tasvirdan yoki vizual namoyishdan dori vositalarini reklama qilishda foydalanishni taqiqlash lozimligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan tarkib manfaatlariga zarar keltirilmaydigan shartlarda pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi mumkinligi asoslantirilgan;
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan soha xodimlari ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va bo‘limlari mutaxassislari nazoratiga olinib, ularni davolash va sog‘lomlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida amalga oshirilishi asoslab berilgan;
yigirma yil va undan ko‘p kalendar yil xizmat qilgan xodimlar yil davomida ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda davolanmagan taqdirda, ularga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanish uchun yilning yakuni bo‘yicha mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4 baravarida bir martalik pul kompensatsiyasi to‘lanishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
dori vositalarini reklama qilishda olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, huddi, shuningdek, alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan hamda kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson organizmiga ta’siri natijasida organizmda yuz beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi videolavhadan, tasvirdan yoki vizual namoyishdan foydalanishni taqiqlash zarurligiga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli qonunining 34-moddasi ikkinchi qismi uchinchi-to‘rtinchi xatboshilarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2023-yil 30-maydagi 6-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilishda dori vositalarining nomaqbul reklamalarini tayyorlash, joylashtirish va tarqatishning oldini olishga xizmat qilgan;
fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar etkazilgan hollarda aybdorlar jabrlanganlar ko‘rgan zarar o‘rnini qonunchilikda belgilangan hajm va tartibda qoplashlari shartligi hamda tibbiyot va farmasevtika xodimlari o‘z vazifalarini malakali bajarmaganliklari oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar etgan hollarda etkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son qonunining 46-moddasi birinchi
va uchinchi qismlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil
24-maydagi 02/4-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fuqarolarning sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplashda uning hajmi va tartibiga oid yangi huquqiy mexanizmlarning qonunchilikda belgilanishini ta’minlagan;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sog‘liqni saqlash
va tibbiy sug‘urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati
va hajmi milliy standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etishiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son qonunining 5-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga o‘zgartishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 24-maydagi 02/4-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tibbiy yordam sifati va hajmiga doir milliy standartlarning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishiga sabab bo‘lgan;
ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan tarkib manfaatlariga zarar keltirilmaydigan shartlarda pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi mumkinligi, ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkib ularda ambulatoriya, statsionar sharoitlarda bepul tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilishi, davolanishi
va sog‘lomlashtirilishi, shuningdek, tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha turar joylariga borib belgilangan tartibda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan soha xodimlari ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va bo‘limlari mutaxassislari nazoratiga olinib, ularni davolash va sog‘lomlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshirilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida” 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli qaroriga 1-ilovaning 2-bobi 6, 10, 15-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil
va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-martdagi 12/13-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda patsient huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yigirma yil va undan ko‘p kalendar yil xizmat qilgan xodimlar yil davomida ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda davolanmagan taqdirda, ularga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanish uchun yilning yakuni bo‘yicha mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining
4 baravarida bir martalik pul kompensatsiya to‘lanishi, shuningdek xodimlarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanish uchun pul kompensatsiyasining to‘lanishi qonuniylik, ijtimoiy adolat, oshkoralik tamoyillariga muvofiq bo‘lishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 1-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi 404-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasi 13-bobi 302-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 11/1-176-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.