Yo‘ldoshev Qudratillo Xabibullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «FON-Kitob raqamli katalogini tuzish va O‘zR FA Astronomiya instituti fotografik arxivi asosida tanlangan obektlarni tadqiq qilish», 01.03.01 – Astronomiya (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM886.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, O‘zR FA Astronomiya instituti.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, PhD.02/20.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponentlar: Andrievskiy Sergey Mixaylovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Odessa Astronomik observatoriyasi, Ukraina); Gaynullina Evelina Rabinovna, PhD.
Yetakchi tashkilot: V. N. Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti Ilmiy tadqiqot instituti (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tgan asrning 80-90-yillarida Kitobdagi Zeiss Qo‘shaloq astrografida olingan fotografik plastinkalarni raqamlashtirish, FON loyihasi asosida osmonning janubiy qismidagi yulduzlarning fotografik katalogini tuzish, Shanhay astronomik observatoriyasining yuqori aniqlikdagi skaneridan foydalangan holda O‘zR FA AIning butun fotografik arxivini raqamlashtirish va tanlangan obektlarni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zR FA Astronomiya instituti fotografik arxivi astronegativlarini ShAOning zamonaviy skanerlari yordamida to‘liq raqamlashtirish amalga oshirilgan;
FON loyihasining janubiy qismi kuzatuvlari asosida 13,4 million yulduz va galaktikalarning astrografik katalogi yaratilgan;
yulduzlarni ekspozisilarga ajratish usuli ishlab chiqildi, bu MIDAS dasturiy paketi yordamida astronegativlarni qayta ishlashning aniqligini oshirish imkonini bergan;
skanerning tizimli xatolarini o‘rganish amalga oshirildi va ularni tuzatish usullari ishlab chiqilgan;
hisoblangan ekvatorial koordinatalarning Tycho-2 katalogiga va yulduzlar kattaliklarining standart fotoelektrik yulduzlar katalogiga reduksiyasi amalga oshirilgan.
ShAO skanerida fotoplastinkalarni raqamlashtirildi va qayta ishlash tahlillari so‘nggi-yillarda olingan natijalarga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishlari natijalari asosida O‘zR FA AI fotografik arxivi asosida tuzilgan 13,4 mln. yulduz va galaktikalarning astrometrik hamda fotometrik katalogi Strasburgdagi Astronomik ma’lumotlar markazining elektron bazasida e’lon qilindi.
Shuningdek, tadqiqot natijalari bir qator xorijiy mualliflarning qator ishlarida, xususan, Baldon observatoriyasi raqamlashtirilgan astronegativlarining astrometrik va fotometrik xususiyatlarini o‘rganishda (Eglitis, I., Eglite, M. Science and Innovation, 2017), Ukraina Virtual observatoriyasi arxivining osmon jismlari katalogini tuzishda (Protsyuk Y.I. et al. Communications of the Byurakan Astrophysical Observatory, 2020), Anglo-Avstraliya observatoriyasining Shmidt teleskopida olingan ba’zi fotografik plastinkalarning Gaia DR2 tayanch katalogi tizimida astrometrik reduksiyasini o‘rganishda (Andruk V.N. et al. Odessa Astronomical Publications, 2021), Tojikiston Respublikasi FA Astrofizika instituti fotografik arxividagi FON loyihasining 1529 ta fotoplastinkalarini qayta ishlash orqali Tycho2 tizimida FON Dushanbe katalogni tuzishda (Kokhirova G. et al. Odessa Astronomical Publications, 2021); 2728 asteroid va kometalarni katalogini tuzishda foydalanilgan.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tahlil usullari o‘xshash obektlarni o‘rganishda boshqa mualliflar tomonidan foydalanilgan. Buni Scopus ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va Google scholar da berilgan quyidagi xalqaro jurnallarda nashrlarimizga havolalar isbotlaydi:
On the concept of the enhanced FON catalog compilation // Odessa Astronomical Publications. 2017. 30. 159-162. – 17 iqtibos;
Star photometry on digitized astronegatives // Science and Innovation. 2017, 13(1): 15-23. – 16 iqtibos;
Catalog of Equatorial Coordinates and B- Magnitudes of Stars of the Kitab Part of the FON Project // Kinematics Phys. Celest. Bodies. - New York: Allerton Press, Inc. V33, N5, c.250-253. – 15 iqtibos;
The equatorial coordinates and B- magnitudes of the stars in the Southern hemisphere zones based on the digitized astronegatives of FON project at the Ulugh Beg Astronomical Institute // Odessa Astronomical Publications. 2016. Vol.29, p.160-162. – 13 iqtibos;
Comparison of zero zone catalogues of the FON program based on the Kyiv and Kitab observations // Odessa Astronomical Publications. 2015. V.28, Is 2, p.188-191. – 13 iqtibos;
Method for evaluating the astrometric and photometric characteristics of commercial scanners in their application for the scientific purpose // Odessa Astronomical Publications. 2014. V.27, Is.1, p.61-62. – 13 iqtibos;
Catalogue of coordinates and B- magnitudes in -20º - +2º zone based on the Ulugh Beg Astronomical Institute part of the FON project // Odessa Astronomical Publications. 2017. Vol.30, p.205-208. – 10 iqtibos;
Astrometry of χ and h Persei based on processing of digitized plates of archive of the Astronomical Institute of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan // Odessa Astronomical Publications. 2014. V.27, Is.1, p.57-58. – 10 iqtibos;