Ganieva Shaxzoda Shavkat qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immunovospalitel`nie markeri remodelirovaniya levogo jeludochka serdsa pri kardiovaskulyarnoy sintropii», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib746.
Ilmiy maslaxatchilar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jarilkasinova Gavxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tataurshhikova Natal`ya Stanislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Parpibaeva Dinora Ayupovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Rossiya Fanlar Akademiyasi Ural bo‘limi Immunologiya va fiziologiya instituti» 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kardiovaskulyar sintropiyada gemodinamik va immun yallig‘lanish markerlarini kompleks baholash asosida yurak remodelyasiyasini tashxislash usullarini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba yurak-qon tomir sintropiyasida (yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi va ularning birgalikdagi kechishida) yurak remodelyasiyasining immun-yallig‘lanish markerlari aniqlangan;
 yurak ishemik kasalligida yurakni konsentrik remodelyasiyasi xavfining oshishi stabil zo‘riqish stenokardiyasi (SZS), II – funksional sinf (FC), gipertoniya kasalligi (GK) 2-bosqich, arterial gipertenziya (AG) 2-daraja, III-xavf bo‘lganda 2,0 marta, SZS, III - FC, GK 3-bosqich, AG 3-daraja, IV - xavf bo‘lgan bemorlarda 3,3 marta oshishi aniqlangan;
yurak qon tomir sintropiyasida qonda kreatinin, fibrinogen, tomir endoteliy o‘sishi omili (VEGF) A va interleykin (IL)-6 konsentratsiyasining oshishi chap qorincha gipertrofiyasi, transformatsiyalovchi o‘sish omili (TGF)-β1 oshishi yurak o‘ng bo‘limlari zo‘riqishi prognostik mezonlari sifatida aniqlangan;
aholi skriningidan boshlab komplaens-nazorat qilishgacha, to‘rt bosqichdan iborat, shu jumladan ambulator va gospital monitoringini qamrab oladigan “Yurak-qon tomir kontinuumining turli bosqichlarida bemorlarni tashxislash va olib borish taktikasi algoritmi” ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 07 iyul №23-z/044 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: mazkur usul yurak-qon tomir kasalliklarida yurak remodelyasiyasi rivojlanishini erta tashxislash va asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (18.03.2023y.; № 21), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali va Kashkadaryo viloyati Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.03.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (29.03.2023y.; № 122)ga asosan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligi va gipertoniya kasalligida yurak remodelyasiyasining immunologik, metabolik va gemodinamik ko‘rsatkichlarini kompleks aniqlash natijasida yurak-qon tomir asoratlarini erta aniqlashda kasallik avj olishi va asoratlanishini oldini olish imkonini beradi va erta tashxisot natijasida stentlash va aorto-koronar shuntlash reperfuzion operativ muolajalar ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini, o‘lim va nogironlik holatlarini kamaytirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir remodelyasiyasinining immun-yallig‘lanish markerlarini aniqlash va kardiovaskulyar kontinuumning turli bosqichlarida bemorlarni olib borish algoritmini amaliyotga joriy etish natijasida bemorlarning stasionar davolanish kunlari qisqarishi hisobidan har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 1 100 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: Yurak-qon tomir sintropiyasida yurak remodelyasiyasini erta tashxislash va immun yallig‘lanish markerlarini aniqlash natijasida har bir bemor uchun sarflanadigan statsionar xarajatlardan byudjet hisobidan 1 100 000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: exokardiografiyada aniqlangan gemodinamik belgilar yurak konsentrik remodelyasiyasi rivojlanishining erta alomatlarini ajratib olishga yordam beradi, o‘tkir koronar sindrom va yurak etishmovchiligini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (18.03.2023 y.; № 21), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali va Kashkadaryo viloyati Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.03.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (29.03.2023 y.; № 122)ga asosan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligi va gipertoniya kasalligi bo‘lgan bemorlarlar miokardidagi strukturaviy o‘zgarishlar sabali yurak remodelyasiyasi turini noinvaziv usulda aniqlash kasallik asoratlarini erta tashxislash natijasida davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Yurak remodelyasiyasining turlarini va og‘irlik darajasini shifokorlarga exokardiografiya usulida miokardning strukturaviy o‘zgarishlarini erta tashxislash va yurak etishmovchiligi asoratini oldini olish imkonini beradi va har bir bemor uchun 1 650 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: Kardiovaskulyar sintropiyada yurak remodelyasiyasining gemodinamik markerlarini aniqlash, kasallik asoratlarini erta tashxislash hisobidan har bir bemordan 1 650 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: sitokin holati, qonning kardiospesifik biokimyoviy ko‘rsatkichlari, yurak-qon tomir tizimining instrumental va funksional tekshirishlar natijasida olingan ko‘rsatkichlar korrelyasion tahlili o‘tkazilganligi va yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya progressiyalanishining immun yallig‘lanish markerlarini aniqlash natijasida davolash samaradorligini oshirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (18.03.2023 y.; № 21), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali va Kashkadaryo viloyati Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.03.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (29.03.2023 y.; № 122)ga asosan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati yurak remodelyasiyasining immun-yallig‘lanish markerlari, shuningdek, yurak-qon tomir kontinuumining turli bosqichlarida bemorlarni tashxislash va olib borish algoritmi amaliy sog‘liqni saqlashda joriy etilishi shifokorlarga bemorlarni olib borish taktikasini tanlashda ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yurak-qon tomir sintropiyasida yurak remodelyasiyasining immun-yallig‘lanish markerlarini o‘rganish va prognostik mezonlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida invaziv diagnostik muolajalarni kamaytirish natijasida har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlarni 1 450 000 so‘mga kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: Prognostik immunologik mezonlarni o‘z vaqtida aniqlash natijasida bemorlarni xavf guruhlariga ajratish, optimal olib borish taktikasini tanlash va davolanishning muvofiqligini komplaens-nazorat qilishga va 1 450 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi va gipertoniya kasalligida gemodinamik va immunologik ko‘rsatkichlarni kompleks o‘rganish natijalari korrelyasion taxlil qilinib, yurak remodelyasiyasining informativ indikatorlari tanlab olingan. Aholi skriningidan boshlab komplaens-nazorat qilishgacha, to‘rt bosqichdan iborat, shu jumladan ambulator va gospital monitoringini qamrab oladigan “Yurak-qon tomir kontinuumining turli bosqichlarida bemorlarni tashxislash va olib borish taktikasi algoritmi” ishlab chiqilgan. Yurak-qon tomir sintropiyasida o‘tkir koronar sindrom, koronar anevrizmalarning oldini olish uchun immun tizimini baholash orqali informativ sitokinlarni aniqlash, biokimyoviy markerlarni aniqlash va braxiotsefalik arteriyalarni dupleks angioskanlash, exokardiogramma natijalarini baholash bemorlarda og‘ir asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (18.03.2023 y.; № 21), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali va Kashkadaryo viloyati Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.03.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasi (29.03.2023 y.; № 122)ga asosan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yurak ishemik kasalligi va gipertoniya kasalligi bo‘lgan bemorlarda immunologik va gemodinamik parametrlarni o‘rganish miokard strukturasi va yurak geometriyasidagi o‘zgarishlarning o‘z vaqtida oldini olish, davolanishni optimallashtirish, mehnatga layoqatsizlik va nogironlik sonini kamaytirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kardiovaskulyar kontinuumning turli bosqichlarida bemorlarni olib borish algoritmini birlamchi va ikkilamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari amaliyotiga joriy etish natijasida bemorlarning statsionar davolanish kunlari qisqarishi hisobidan har bir bemor uchun 1 700 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: Gipertoniya kasalligi va yurak ishemik kasalligining turli bosqichlarida bemorlarni tashxislash va olib borish taktikasi algoritmini amaliyotga joriy etish natijasida bemor uchun sarflanadigan statsionar xarajatlar va diagnostik muolajalari uchun sarflanadigan mablag‘lardan har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1 700 000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Ganieva Shaxzoda Shavkat qizining «Immunovospalitel`nie markeri remodelirovaniya levogo jeludochka serdsa pri kardiovaskulyarnoy sintropii» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutuning 2023 yil 26 iyundagi 04№ 3448 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 5 mln. 495 ming so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1,7 mln. so‘m iqtisod qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish