Mamarasulov Dilmurod Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand davlat universitetining tarixiy ildizlari va taraqqiyot bosqichlari”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar802.
Ilmiy rahbar: G‘oyibov Bobir Sobirovich tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Ilxom Muxiddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand davlat universitetining tarixiy ildizlari va taraqqiyot bosqichlarini aniqlash va uning xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand hududida ilk o‘rta asrlardanoq bir necha yozuv turlarining (sug‘diy, turkiy, forsiy, eroniy, arabiy) mavjud bo‘lganligi, ular muayyan maktablarda o‘rgatilganligi, unda diniy va dunyoviy fanlarning birgalikda rivojlangani hamda buning zamirida Markaziy Osiyoda XV-XVI asrlarda “Uyg‘onish davri”-“Renessans”ning ikkinchi davri yuz berganligi dalillangan;
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi va o‘nlab madrasalarning o‘z faoliyatini davom ettirganligi, shahardagi ilmiy-ma’anaviy muhitning tarixiy asoslarga ega ekanligi Sovet davlati ma’muriyati tomonidan hisobga olingan holda Oliy pedagogika instituti (1927 yil) tashkil etilganligi va ushbu institut taraqqiy etib, universitet darajasiga qadar rivojlanganligi asoslab berilgan;
Oliy pedagogika instituti zamirida shakllantirilgan Samarqand davlat universitetining tarixiy ildizlari Mirzo Ulug‘bek davrida vujudga kelganligi, 1927 yildan qayta tashkil etilganligi, sovet totalitar tuzumi sharoitida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun kadrlar tayyorlab berganligi hamda bu davrni universitetning muhim taraqqiyot bosqichi sifatida talqin qilish tarixiy haqiqatga mos kelishi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi Samarqand davlat universitetining yangi taraqqiyot davri uchun muhim imkoniyatlarga yo‘l ochgandi, bu esa universitetda 1991-2016 yilgacha bo‘lgan davrda bir qator fanlardan ilmiy maktablar yaratilishiga asos bo‘lganligi, 2017 yildan universitet jamoasidagi ijodiy muhit, o‘quv shakllarining kengayishi, talabalar sonining ko‘payishi, tarkibiy tuzulmalarning kengayishi natijasida ilmiy tadqiqot markazlari, institutlar va filiallarning ochilishi universitetni flagmanlik darajasigacha bo‘lgan yo‘l bilan birga rivojlanganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand davlat universiteti tarixiy ildizlari va taraqqiyot bosqichlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand hududida ilk o‘rta asrlardanoq bir necha yozuv turlarining (sug‘diy, turkiy, forsiy, eroniy, arabiy) mavjud bo‘lganligi, ular muayyan maktablarda o‘rgatilganligi, unda diniy va dunyoviy fanlarning birgalikda rivojlangani hamda buning zamirida Markaziy Osiyoda XV-XVI asrlarda “Uyg‘onish davri”-“Renessans”ning ikkinchi davri yuz berganligi, XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi va o‘nlab madrasalarning o‘z faoliyatini davom ettirganligi, shahardagi ilmiy-ma’anaviy muhitning tarixiy asoslarga ega ekanligi Sovet davlati ma’muriyati tomonidan hisobga olingan holda Oliy pedagogika instituti (1927 yil) tashkil etilganligi va ushbu institut taraqqiy etib, universitet darajasiga qadar rivojlanganligiga doir ilmiy natijalardan “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 15 iyunda “Taqdimot” va 2021 yil 21 iyulda efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi DUKning 2021 yil 15 iyundagi 02-40-1008-son va 2021 yil 6 iyuldagi 02-40-1133-son ma’lumotnomalari). Mazkur natijalar Samarqandda oliy ta’limning tarixiy ildizlariga doir bilimlarni boyitishga xizmat qilgan;
Oliy pedagogika instituti zamirida shakllantirilgan Samarqand davlat universitetining tarixiy ildizlari Mirzo Ulug‘bek davrida vujudga kelganligi, 1927 yildan qayta tashkil etilganligi, sovet totalitar tuzumi sharoitida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun kadrlar tayyorlab berganligi hamda bu davrni universitetning muhim taraqqiyot bosqichi sifatida talqin qilish tarixiy haqiqatga mos kelishi, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi Samarqand davlat universitetining yangi taraqqiyot davri uchun muhim imkoniyatlarga yo‘l ochgandi, bu esa universitetda 1991-2016 yilgacha bo‘lgan davrda bir qator fanlardan ilmiy maktablar yaratilishiga asos bo‘lganligi, 2017 yildan universitet jamoasidagi ijodiy muhit, o‘quv shakllarining kengayishi, talabalar sonining ko‘payishi, tarkibiy tuzulmalarning kengayishi natijasida ilmiy tadqiqot markazlari, institutlar va filiallarning ochilishi universitetni flagmanlik darajasigacha bo‘lgan yo‘l bilan birga rivojlanganligiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixi” nomli darslikni yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 571-sonli Qarori asosida Samarqand davlat universitetining 2022 yil 27 sentyabr 10-4151-son ma’lumotnomasi). Bu esa talabalarning Samarqandda zamonaviy oliy ta’limning vujudga kelishi borasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.