Mirzaev Olimjon Nomazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Belgilar fazosi o‘lchamining kattaligini hisobga olgan holda potensial funksiyalar sinfi doirasida tanib olish operatorlarini sintez qilish», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T46.
Ilmiy rahbar: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Parsaev G‘anijon Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: belgilar fazosi o‘lchami katta bo‘lgan hol uchun potensial funksiyalar sinfida tanib olish operatorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timsollarni tasiniflovchi belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni inobatga oluvchi potensial funksiyalar asosida takomillashtirilgan tanib olish operatorlari ishlab chiqilgan;
tadqiq qilinayotgan ob’ektlarni ifodalovchi belgilar fazosida potensiallar manbalari modelini qurishga asoslangan tanib olish operatorlarining yangi sinfi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tanib olish operatorlari doirasida ekstremal tanib olish algoritmini qurish masalasi va parametrik ifodasi shakllantirilgan;
ekstremal tanib olish algoritmini qurishda tanib olish operatorlarining noma’lum parametrlari qiymatlarini aniqlash ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Belgilar fazosi o‘lchamining kattaligini hisobga olgan holda, potensial funksiyalar sinfi doirasida tanib olish operatorlari va dasturiy majmualar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
potensiallar tamoyili asosida takomillashtirilgan tanib olish operatorlari va yaratilgan dasturiy majmuasi UNICON.UZ ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlar markazi davlat unitar korxonasiga klaviatura orqali matn kiritayotgan foydalanuvchini autentifikatsiya qilish masalasini echish maqsadida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 14 martdagi 33-8/1743-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida klaviatura orqali matn kiritayotgan foydalanuvchini identifikatsiya qilish aniqligini o‘rtacha 9 foizga oshirish imkonini bergan;
potensiallar manbalari modelini qurishga asoslangan tanib olish operatorlari va ishlab chiqilgan dasturiy vosita Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markaziga klaviatura orqali matn kiritayotgan foydalanuvchini autentifikatsiya qilish masalasini echish maqsadida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 14 martdagi 33-8/1743-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida axborot tizimiga ruxsatsiz kirishni cheklashda yo‘l qo‘yiladigan xatolikni 50 foizga kamayish imkonini bergan;
potensiallar tamoyili asosida takomillashtirilgan tanib olish operatorlari va yaratilgan dasturiy majmuasi “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi “O‘zMobayl” filialiga ishlab chiqarish binolariga kirib-chiqishni boshqarish tizimini takomillashtirish masalasini echish maqsadida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 14 martdagi 33-8/1743-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ovoz bo‘yicha shaxsni identifikatsiya qilish aniqligini 15 foizga oshirish imkonini bergan;
potensiallar manbalari modelini qurishga asoslangan tanib olish operatorlari va ishlab chiqilgan dasturiy vosita O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert kriminalistika markaziga shaxsni ovoz bo‘yicha identifikatsiya qilish masalasini echish maqsadida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 14 martdagi 33-8/1743-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ovoz bo‘yicha shaxsni identifikatsiya qilish aniqligini 10 foizga oshirish imkonini bergan.