RustambekovIslambek Rustambekovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Internet tarmog‘ida fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu11.

Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: internet tarmog‘idagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solinishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

elektron shartnomaviy-huquqiy munosabatlar doirasida shartnoma taraflarining huquqlarini ta’minlovchi qoidalar hamda majburiyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan, shuningdek elektron shartnoma ko‘rinishida tuzilishi mumkin bo‘lmagan shartnomalar asoslab berilgan;

elektron tijorat doirasida elektron raqamli imzodan foydalanish, uni milliy va xalqaro miqyosda unifikatsiyalash, shuningdek qo‘llaniladigan huquqni aniqlashga doir takliflar asoslab berilgan;

domen nomi va veb-saytlarning fuqarolik-huquqiy muomalasini yanada rivojlantirish, tegishli sub’ektlar huquq va manfaatlarining samarali huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan domen nomlari va veb-saytlar oldi-sotdisi hamda huquqlar ijarasi ko‘rinishidagi yangi fuqarolik-huquqiy konstruksiyalar ishlab chiqilgan;

chet el elementi bilan murakkablashgan virtual fuqarolik-huquqiy munosabatlarning tartibga solish mexanizmlari aniqlashtirilgan;

virtual makonda yuzaga keluvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qonun hujjatlarini qo‘llashga hamda kompleks huquqiy tartibga solish mexanizmini shakllantirishga doir takliflar asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Internet tarmog‘ida fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

elektron shartnomalar ko‘chmas mulkni sotishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘ladigan hamda birjada tuziladigan bitimlarga tatbiq etilmasligi, elektron tijoratda sotuvchi elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlashni ta’minlashi kerakligi, shuningdek elektron tijoratda sotuvchi elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shartnoma — eksport kontrakti tuzishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi «Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 185-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2016 yil 4 oktyabrdagi il fil-4-7/20-1376-son ma’lumotnomasi). Bu elektron tijoratda elektron bitimlarni tuzish, ular bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni bajarilishini hamda taraflarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlanishiga xizmat qiladi;

domen nomlari va veb-saytlarni fuqarolik-huquqiy muomalasini ta’minlashga, xususan ularni oldi-sotdisi, ijaraga berilishini hamda taraflar o‘rtasida huquq va majburiyatlarning to‘g‘ri belgilanishiga qaratilgan huquqiy mexanizm hamda namunaviy shartnomalar ishlab chiqilgan hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM – Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining 2017 yil 24 yanvardagi 23-5/90-son dalolatnomasi). Bu domen nomlari va veb-saytlarning egalari huquqlarini muhofaza qilish va kengaytirish, mazkur ob’ektlarni erkin fuqarolik muomalasini ta’minlashga imkon beradi;

elektron tijorat sohasidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilish doirasi va asosiy tushunchalar mazmunini kengaytirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash hamda qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi qoidalarni kiritishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunining takomillashtirilishi jarayonida qo‘llanilishi, shuningdek mazkur sohani kompleks huquqiy tartibga solishga, maxsus tamoyillarni mustahkamlashga hamda chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan «Milliy Internet segmenti to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ma’lumot uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2016 yil 7 oktyabrdagi 04/642-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar respublikamizda elektron tijorat munosabatlarini kengroq huquqiy tartibga solishga, ushbu munosabat sub’ektlari huquqlarini har taraflama himoya qilinishiga, shuningdek yangi qonun qabul qilinishi internet tarmog‘i foydalanuvchilari huquq va qonuniy manfaatlarini har taraflama ta’minlanishiga xizmat qiladi;

tadqiqot natijalari va ma’lumotlari o‘quv jarayoniga joriy etilgan, xususan «Xalqaro savdo huquqi» fani o‘quv dasturiga elektron tijoratning xalqaro-huquqiy tartibga solinishi masalalari, «Xalqaro mualliflik va patent huquqi» fani o‘quv dasturiga Internet tarmog‘ida mualliflik, turdosh va patent huquqi hamda shaxsiylashtirish vositalarini muhofaza qilish masalalari (Toshkent davlat yuridik universitetining 2016 yil 26 dekabrdagi 02-20/349-son dalolatnomasi) hamda «Xalqaro mualliflik va patent huquqi» darsligiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 26-son buyrug‘i bilan darslik sifatida nashr qilishga ruxsat berilgan. Ro‘yxat raqami 26-062) tegishli mavzular kiritilib, bularning barchasi talabalarni o‘qitishda, ularga yangi bilimlar berish va ko‘nikmalar shakllantirishda manba bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish