Salaev Jasurbek Komilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoatda kichik biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” va 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2716.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Duschanov Tangriberdi Duschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra umume’tirof etilgan ta’rifi hamda hisoblashning yagona uslubiy asosi mavjud bo‘lmagan “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari samaradorligi” tushunchasi iqtisodiy mazmunining konseptual asoslarini rivojlantirish va takomillashtirib borish, kichik va yirik biznesning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilgan holda asosiy farqli xususiyatlarini aniqlash, kichik biznes rivoji uchun qulay muhitni shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini xatarlardan holi etishning omili sifatidagi metodologiyani o‘rganish zarurligi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari samarali faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obektlari qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mahalliy hokimlik huzurida Infratuzilma jamg‘armasini tashkil etish taklifi asoslangan;
viloyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari sanoat ishlab chiqarishini rag‘batlantirishda Xorazm viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida eksport qiluvchilarga temir yo‘l yuk qatnovi tariflariga 50 foizga qadar chegirma belgilash taklifi asoslangan;
Xorazm viloyati sanoat tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subektlari soni hamda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosidagi 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari samaradorligini oshirishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra umume’tirof etilgan ta’rifi hamda hisoblashning yagona uslubiy asosi mavjud bo‘lmagan “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari samaradorligi” tushunchasi iqtisodiy mazmunining konseptual asoslarini rivojlantirish va takomillashtirib borish, kichik va yirik biznesning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilgan holda asosiy farqli xususiyatlarini aniqlash, kichik biznes rivoji uchun qulay muhitni shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini xatarlardan holi etishning omili sifatidagi metodologiyani o‘rganishga oid ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat universiteti 2023-yil 26-iyundagi 91-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kichik va yirik biznesning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilgan holda asosiy farqli xususiyatlarini aniqlash, kichik biznes rivoji uchun qulay muhitni shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini xatarlardan holi etishning omili sifatidagi metodologiya to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari samarali faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obektlari qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mahalliy hokimlik huzurida Infratuzilma jamg‘armasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 avgustdagi PQ-4810-son “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 9 avgustdagi 11/02-20-9630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida infratuzilma obektlari qurilishini moliyalashtirish orqali viloyat sanoat tarmoqlaridagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining samarali faoliyatini ta’minlash imkoni yaratilgan;
viloyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari sanoat ishlab chiqarishini rag‘batlantirishda Xorazm viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida eksport qiluvchilarga temir yo‘l yuk qatnovi tariflariga 50 foizga qadar chegirma belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 avgustdagi PQ-4810-son “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 9 avgustdagi 11/02-20-9630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga mahsulotlarni eksport qilishda imtiyozlar berish orqali sanoat ishlab chiqarishini rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyati sanoat tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subektlari soni hamda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosidagi 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirishning istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 9 avgustdagi 11/02-20-9630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari subektlari sonining 2,3 marta, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari sonining 2,2 marta oshishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish