Botirova Sevara Mamurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi (8-sinf misolida)”, 13.00.02Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3538.
Ilmiy rahbar: Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Maxbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchilarida O‘zbekiston tarixi o‘quv mashg‘uloti orqali kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning uslubiy modelini ishlab chiqish va eksperimental tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab ta’limida tarix fanini innovatsion o‘qitish asosida uning o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yaxlit texnologik tuzilma sifatida gnoseologik (anglashga doir) mazmunini ta’limning kognitiv (bilishga doir) funksionalligi bilan o‘zaro optimallashtirish asoslari ishlab chiqilgan;
tarix fanini o‘qitishga nisbatan zamonaviy yondashuvlarning pedagogik xususiyatlari (tarixni ob’ektiv yoritish, amaliyot bilan bog‘lash, tizimli tahlil qilish, didaktik hamda tarbiyaviy xarakterini yaratish, ratsional xulosa chiqarishga undash kabilar) orqali o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga aksiologik munosabatni shakllantirishning pedagogik jihatlari ochib berilgan;
o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda tarix faniga germenevtik yondashuvni olib kirish orqali tarixiy jarayonlarni jonlantirish metodikasini takomillashtirish va ta’lim jarayonida “o‘tmish-hozir-kelajak muloqoti” muhitini yaratishga ustuvorlik berish omillari asoslangan;
o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda millatlararo muloqotga doir tarixiy bilimlarning tarixiy va ijtimoiy-madaniy savodxonlikka kompleks ta’sir etuvchi polifaktorli xususiyatlarining psixologik-metodik, texnologik-metodik kabi integrativ ko‘rsatkichlaridan pedagogik jarayonda kreativ, motivatsion, faoliyatli yondashuv asosida foydalanishzarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘tra ta’lim maktabida O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida o‘quvshilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi (8-sinf misolida)” mavzusi bo‘yisha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda tarix faniga germenevtik yondashuvni olib kirish orqali tarixiy jarayonlarni jonlantirish metodikasini takomillashtirish va ta’lim jarayonida “o‘tmish-hozir-kelajak muloqoti” muhitini yaratishga ustuvorlik berish omillari asoslanishga doir ilmiy-metodik tavsiya va dissertatsiya ma’lumotlaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil ushun shora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yisha xorij va hamdo‘stlik tajribasini o‘rganish”da foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”ning 2023-yil 7-iyundagi 218-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida 8-sinf o‘quvshilarida kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali O‘zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasi bilan integratsiyalashuvini qiyosiy tahlil etishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda millatlararo muloqotga doir tarixiy bilimlarning tarixiy va ijtimoiy-madaniy savodxonlikka kompleks ta’sir etuvchi polifaktorli xususiyatlarining psixologik-metodik, texnologik-metodik kabi integrativ ko‘rsatkichlaridan pedagogik jarayonda kreativ, motivatsion, faoliyatli yondashuv asosida foydalanishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga doir amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2023-yil 24 iyuldagi 01/11-01/11-650-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsning eng ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlari: muloqotmandlik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, tolerantlik, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lishi, qaror qabul qilish kabi qobiliyatlarini hamda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘lajak mutaxassislarni ularni kelajakda o‘z faoliyatlarini samarali va sifatli tashkil etishlariga omil bo‘lgan;
maktab ta’limida tarix fanini innovatsion o‘qitish asosida uning o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yaxlit texnologik tuzilma sifatida gnoseologik mazmunini ta’limning kognitiv funksionalligi bilan o‘zaro optimallashtirish asoslari ishlab chiqilgan va tarix fanini o‘qitishga nisbatan zamonaviy yondashuvlarning pedagogik xususiyatlari orqali o‘quvchilarda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga aksiologik munosabatni shakllantirishning pedagogik jihatlari ochib berishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2023-yil yanvar va may oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 7-iyundagi 04-36-905-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quvshi-yoshlarda O‘zbekiston tarixini o‘rganishda kommunikativ va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishilgan.