Abdullajonova Dildoraxon Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ilmiy –metodik jihatlari”, 13.00.08Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5343.
Ilmiy rahbar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Quchqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘zbek xalqi ma’naviy qadriyatlari asosida milliy ruhda tarbiyalashning ilmiy-metodik jihatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘zbek xalqi ma’naviy qadriyatlari asosida milliy ruhda tarbiyalashning yosh va gender madaniyat bilan bog‘liq psixologik-pedagogik xususiyatlari, qadriyatlarga tayanish, birgalikdagi faoliyatni tashkil qilish, tolerantlik, javoaviylik kabi tamoyillarning o‘zaro muvofiqligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
qarindoshlar imidjidagi milliy qo‘g‘irchoqlar vositasida milliy ruhda tarbiyalashni yo‘lga qo‘yishning amaliy-metodik jihatlari o‘g‘il va qiz bolalarning gender farqlarini hisobga olish, “Tanishtiruv”, “Bu nima”, “Ayvonchani tuzaymiz”, “Meni ta’riflang” kabi o‘yinli metodikalarning adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
tarbiyada bola tengdoshi bo‘lgan milliy qahramonlarni yaratish orqali milliy ruhda tarbiyalash metodikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligiga asoslangan madaniy identifikatsiya jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha interfaol ish shakllari o‘rtasida qayta aloqaning barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
milliy ruhda tarbiyalashni yo‘lga qo‘yishda maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligini mustahkamlashning pedagogik mexanizmi xalq pedagogikasi an’analariga ustuvorlik berish asosida yaqin kattalar vositasida bolalarning ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilishning diagnostik vositalarni modifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ilmiy-metodik jihatlari yuzasidan yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘zbek xalqi ma’naviy qadriyatlari asosida milliy ruhda tarbiyalashning yosh va gender madaniyat bilan bog‘liq psixologik-pedagogik xususiyatlari,qadriyatlarga tayanish, birgalikdagi faoliyatni tashkil qilish, tolerantlik, javoaviylik kabi tamoyillarning o‘zaro muvofiqligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga oid takliflari «Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 676-098 raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni qarindoshlar imidjidagi milliy qo‘g‘irchoqlar yaratish orqali bolalarga milliy ruhni singdirishning shakllari, mazmuni belgilangan va metodikasi yaratilgan;
qarindoshlar imidjidagi milliy qo‘g‘irchoqlar vositasida milliy ruhda tarbiyalashni yo‘lga qo‘yishning amaliy-metodik jihatlari o‘g‘il va qiz bolalarning gender farqlarini hisobga olish, “Tanishtiruv”, “Bu nima”, “Ayvonchani tuzaymiz”, “Meni ta’riflang” kabi o‘yinli metodikalarning adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalari Andijon davlat universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202001064 – “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 11-martdagi 39-04-676-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim va tarbiyani bolalar ruhiyati, yashash tarzi, tafakkuriga muvofiqlashtirish maqsadida tarbiyalanuvchilarga tengdosh bola (qizaloq)lar obrazlarini yaratish orqali milliy ruhda tarbiyalashni samarali yo‘lga qo‘yish shakl va vositalari taklif etilgan;
tarbiyada bola tengdoshi bo‘lgan milliy qahramonlarni yaratish orqali milliy ruhda tarbiyalash metodikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligiga asoslangan madaniy identifikatsiya jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha interfaol ish shakllari o‘rtasida qayta aloqaning barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan va milliy ruhda tarbiyalashni yo‘lga qo‘yishda maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligini mustahkamlashning pedagogik mexanizmi xalq pedagogikasi an’analariga ustuvorlik berish asosida yaqin kattalar vositasida bolalarning ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilishning diagnostik vositalarni modifikatsiyalash orqali takomillashtirishga oid takliflari «Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 676-098 raqamli guvohnoma). Natijada asriy xalq an’analariga tayanib, yosh avlodni ajdodlarimiz tajribasiga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotilarining oila bilan hamkorligini pedagogik tajriba, shuningdek, yurtimiz olimlari tadqiqotlarini uyg‘unlashtirish holda yo‘lga qo‘yish mexanizmi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish