Xidirova Dildora Zayniddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1503.
Ilmiy rahbar: Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘afforov Feruz Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash bo‘yicha tashkiliy metodik tizim (muammoli vaziyatlarni echishga qaratilgan protsessual-texnologik) komponentlari talabalarning motivatsiyalarini kuchaytirish orqali loyihalash kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
“indupend” innovatsion ta’lim texnologiyasini samarali (mantiqiylik, ijodiy va amaliy yo‘nalganlik) imkoniyatlaridan foydalanish asosida mustaqil talimni ijodiy faollashtiruvchi omil sifatida o‘zini-o‘zi (kuchli, kuchsiz va muvozantlovchi tomonlarini) rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalash kompetentligini rivojlanganlik darajalarini belgilovchi adekvat mezonlarning diagnostik, prognostik natijaviy parametr va indikatorlarini aniqlashtirish orqali obektiv baholash mazmuni takomillashtirilgan;
oliy ta’lim jarayonida talabalarning pedagogik loyihalash kompetentligini rivojlantirishning didaktik-pedagogik shart-sharoitlari hamda maqsad, metodologik, pedagogik jarayon va natija bloklarining mujassamlashtirilgan tuzilmaviy modeli funksional talablari mazmuni modernizatsiyalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalash kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash bo‘yicha tashkiliy metodik tizim (muammoli vaziyatlarni echishga qaratilgan protsessual-texnologik) komponentlari talabalarning motivatsiyalarini kuchaytirish orqali loyihalash kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari, “indupend” innovatsion ta’lim texnologiyasini samarali (mantiqiylik, ijodiy va amaliy yo‘nalganlik) imkoniyatlaridan foydalanish asosida mustaqil talimni ijodiy faollashtiruvchi omil sifatida o‘zini-o‘zi (kuchli, kuchsiz va muvozantlovchi tomonlarini) rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika takomillashtirilganligi yuzasidan takliflar Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlarida 5310600 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 89-02-989-son ma’lumotnomasi). Mazkur innovatsion ta’lim texnologiya va metodlari talabalarning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsini o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari va texnologiyalarini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlarini tayyorlashga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalash kompetentligini rivojlanganlik darajalarini belgilovchi adekvat mezonlarning diagnostik, prognostik natijaviy parametr va indikatorlarini aniqlashtirish orqali obektiv baholash mazmuni, oliy ta’lim jarayonida talabalarning pedagogik loyihalash kompetentligini rivojlantirishning didaktik-pedagogik shart-sharoitlari hamda maqsad, metodologik, pedagogik jarayon va natija bloklarining mujassamlashtirilgan tuzilmaviy modeli funksional talablari mazmuni modernizatsiyalashtirilganligi xususidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 89-02-989-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika globallashuv sharoitida talabalarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish jarayonini samarali amalga oshirish va mustaqil ta’lim natijalarini obektiv baholashga xizmat qilgan.