Dilova Nargiza Gaybullaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash strategiyalari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped273. 
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04. 
 Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bazarova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
     Yetakchi  tashkilot:  Farg‘ona davlat universiteti.
     Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning nazariy asoslari hamda strategiyalarini takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning aksiologik, akmeologik yondashuvga asoslangan o‘z-o‘zini namoyon etish, ehtiyojmandlik, hissiy-emotsional aloqalarni o‘rnatish istagi, hamkorlik qilish, o‘zaro tenglik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tarixiy tajribalardan foydalanish pedagogik fenomen ekanligi aniqlashtirilgan;  
Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning mazmuni qadriyatli muloqotga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish o‘quv jarayonining qadriyatli-maqsadli me’yorlarga asoslanish bilan bir qatorda, shaxsiy fikrlash madaniyatini analitik, tanqidiy-ijodiy, hisobga olishning integrativ aloqadorligi hamda axloqiy etiketga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashda Sharq mutafakkirlari merosi vositasida pedagogik shart-sharoitlari ilmiylik, nazariya va amaliyotning uzviyligi, insoniylik, qadriyatli yondashuvni shakllantirishning modeli shaxsga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy-semantik asosida pedagogik jarayonning protsessual (tashqi) va psixologik (ichki) ta’sirini uyg‘unlashtirish muloqotchanlik, o‘zaro hamkorlik, kasbiy deontologiya tamoyillar asosida takomillashtirilgan; 
Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash strategiyalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida qo‘llaniladigan didaktik vosita, usul, metodlar hamda pedagogik jarayon modeli tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni integratsiyalash, ajdodlar merosi konsepsiyalariga tayanish, shaxsning o‘z imkoniyatlari va muloqotchanlik kompetensiyalari asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan motivatsion, evristik, refliksiv bosqichlarida taklif etilgan interfaol ta’lim metodlari o‘z-o‘zini anglash, empatiya, muloqot ko‘nikmalari, madaniy kompetensiya, mentorlik va qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini amalga oshirish muhimligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash strategiyalari asosida ilgari surilgan ilmiy yangiliklardan:
Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning aksiologik, akmeologik yondashuvga asoslangan o‘z-o‘zini namoyon etish, ehtiyojmandlik, hissiy-emotsional aloqalarni o‘rnatish istagi, hamkorlik qilish, o‘zaro tenglik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tarixiy tajribalardan foydalanish pedagogik fenomenga oid tavsiyalar  pedagogik ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Umumiy pedagogika”, darsligining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrugʻi, 429-420-raqamli guvohnomasi). Natijada, Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning nazariy asoslari tarixiy-madaniy modellar, konsepsiyalar, tarixiy-metodologik yondashuvlar vositasida aniqlashtirilgan; 
Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning mazmuni qadriyatli muloqotga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish o‘quv jarayonining qadriyatli-maqsadli me’yorlarga asoslanish bilan bir qatorda, shaxsiy fikrlash madaniyatini analitik, tanqidiy-ijodiy, hisobga olishning integrativ aloqadorligi hamda axloqiy etiketga oid tavsiyalardan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyiha (2012-2016-yy.) doirasida yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining  2023-yil 13-iyundagi 01/15-09/128-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash mazmuni yangi ma’lumotlar bilan takomillashtirilgan;  
bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashda Sharq mutafakkirlari merosi vositasida pedagogik shart-sharoitlari ilmiylik, nazariya va amaliyotning uzviyligi, insoniylik, qadriyatli yondashuvni shakllantirishning modeli shaxsga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy-semantik asosida pedagogik jarayonning protsessual (tashqi) va psixologik (ichki) ta’sirini uyg‘unlashtirish muloqotchanlik, o‘zaro hamkorlik, kasbiy deontologiyaga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 13-iyundagi 01/15-09/128-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash tizimi Sharq mutafakkirlarining merosidan tanlab olingan didaktik materiallar, badiiy matnlar, hikmatlar va rivoyatlar bilan to‘ldirilgan holda ishlab chiqilgan; 
Sharq mutafakkirlari merosi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash strategiyalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida qo‘llaniladigan didaktik vosita, usul, metodlar hamda pedagogik jarayon modeli tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni integratsiyalash, ajdodlar merosi konsepsiyalariga tayanish, shaxsning o‘z imkoniyatlari va muloqotchanlik kompetensiyalariga doir tasiyalar F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi fundamental loyiha (2012-2016-yy.) doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 13-iyundagi 01/15-09/128-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim jarayoni Sharq mutafakkirlarining pedagogik merosini qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan motivatsion, evristik, refliksiv bosqichlarida taklif etilgan interfaol ta’lim metodlari o‘z-o‘zini anglash, empatiya, muloqot ko‘nikmalari, madaniy kompetensiya, mentorlik va qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini amalga oshirishga tavsiyalar  pedagogik ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogik mahorat” darsliklarining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-113-son va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrugʻi, 68-767-raqamli va  guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash tizimi nazariy jihatdan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish