Mahkamov Anvarjon Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quloq chanog‘i tasvirlari tahlili asosida shaxsni tanib olish algoritmlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T45.
Ilmiy rahbar: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Nasim Tulegenovich, texnika fanlari doktori, professor; Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quloq chanog‘i tasvirlari tahlili asosida shaxsni tanib olish algoritmlari va dasturlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasvirda quloq chanog‘i sohasini topish algoritmi ishlab chiqilgan;
quloq chanog‘i tasvirlariga dastlabki ishlov berish algoritmlari ishlab chiqilgan;
quloq chanog‘i tasviri belgilarini ajratish algoritmlari takomillashtirilgan;
quloq chanog‘i tasvirlarini tahlil qilish asosida shaxsni identifikatsiya qilish algoritmlarini elementar klassifikatorlardan foydalanib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quloq chanog‘i tasvirlari bo‘yicha shaxsni tanib olish usullari, algoritmlari va dasturiy modullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tasvirda quloq chanog‘i joylashgan sohasini topish, quloq chanog‘i tasviridagi belgilarini ajratish va tanib olish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8474-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida shaxsni quloq chanog‘i tasviri bo‘yicha kriminalistik ekspertiza qilishda testdan o‘tkazish jarayonlari vaqtini 1,2 barobarga qicqartirish hamda tanib olish aniqligini esa 4% ga oshirish imkonini bergan;
quloq chanog‘i tasviridagi identifikatsion belgilarini ajratish va tanib olish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua “O‘zI-Jizzax” O‘zbekiston-Indoneziya qo‘shma korxonasining kirish tizimlarini boshqarishga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8474-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kirish tizimini testdan o‘tkazish jarayonlarida tanib olish aniqligini 8%ga oshirish imkonini bergan;
tasvirda quloq chanog‘i joylashgan sohani topish va quloq chanog‘i tasviridagi belgilarini ajratish algoritmlari va dasturlar majmui “Amirhon Textile Trade” MChJning amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 33-8/8474-son ma’lumotnomasi). Natijada kirish tizimini testdan o‘tkazish jarayonida tanib olish aniqligini 10%ga oshirish imkonini bergan.