Eshmetova Dilafruz Zuxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kaliyli minerallar asosida kaliy sulfat olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1721.
Ilmiy rahbar: Djandullaeva Munavvara Saparbaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnolgiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tyubegatan sil`vinit konidan olingan kaliy xloridni sul`fat kislota bilan dietilamin (DEA) ishtirokida konversiya qilish orqali kaliy sul`fat olishning nazariy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor texnologik kattaliklarni keng diapazonlarda o‘zgartirish orqali DEA-N2SO4-H2O sistemaning olingan eksperimental qiymatlarini tahlil qilish asosida (Et2NH2)2SO4 ni hosil bo‘lishining maqbul sharoitlari va ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
birinchi marta kaliy sul`fatni konversiyalash, fil`trlash, bug‘lantirish, DEAni qayta tiklash va tayyor mahsulotni quritish jarayonlarida texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
kaliy xloridni DEA ishtirokida sul`fat kislotali konversiyasida hosil bo‘lgan aylanma eritmalarni bo‘g‘latish jarayonlari va aylanma eritmalardan DEA ni ohak suti ishtirokida haydashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
qattiq fazaning mineralogik tarkibi o‘rganildi va oraliq bo‘tqalar, hamda eritmalarning reologik xossalarini texnologik ko‘rsatkichlarga bog‘liqligi asoslangan;
kaliy sul`fatning fizik-kimyoviy va tovar xossalari aniqlandi va kaliy xloridni DEA ishtirokida sul`fat kislotali konversiyadn kaliy sul`fat olishning takomillashtirilgan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
konversiya kinetikasi va jarayonga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
sistemaga sul`fat kislota yoki DEAning kiritilishi tufayli reaksiyaning tezlashishini tushuntiruvchi kimyoviy jarayonlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kaliyli minerallar asosida kaliy sul`fat olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tyubegatan sil`vinit konidan olingan KCl asosida amin usulida kaliy sul`fat olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ QKning 2022-2024 yillar istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ QKning 2022 yil 14 apreldagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy sul`fatni past haroratlarda, arzonlashtirilgan narxda olish imkonini beradi;
kaliy sul`fat olish texnologiyasi Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» AJ QKning 2022 yil 14 apreldagi 18-son ma’lumotnomasi). Natajada, xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan birikmalar tarkibini kengaytirish va shu orqali mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolardan birini olish imkonini bergan.