Djuraeva Maxasti Zokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini badiiy gimnastika sport musobaqalariga hissiy-irodaviy tayyorlash tizimi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5347.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiboeva Hilola Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Navoi davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarni badiiy gimnastika sport musobaqalariga hissiy-irodaviy tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy imkoniyatlari innovatsion, integratsion, individuallashgan ta’lim yondashuvlarini muvofiqlashtirish jarayonida ularda nafosat va estetik did uygʻunligini tarbiyalashda chidamlilik, kuchlilik, irodalilik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari pedagogik, psixologik, ijtimoiy omillarini o‘zaro umumlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini sport musobaqalariga tayyorlashda badiiy gimnastikaning musiqa va raqs san’at turi bolalarning uyg‘un rivojlanishi, harakat qobiliyatlari, sog‘ligʻini mustahkamlashga oid tamoyillari tayanch kompetensiyalar iroda va qat’iyatni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarni badiiy gimnastika sport faoliyatiga hissiy-irodaviy tayyorlashda ularni ekstremal sharoitda hissiy tayyorgarlik, SMART maqsad, aqliy chidamlilikka yo‘naltirilgan kompleks treningga ong va tana faoliyati uyg‘unligini tizimli, motivatsion boshqarishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarni badiiy gimnastika sport musobaqalariga hissiy-irodaviy tayyorlashning samaradorligi ta’limiy, ijodiy, rivojlantiruvchi o‘yin va mashqlarga integrativ yondashuv asosida bosqichma - bosqich natijadorlikka erishishni ta’minlovchi uzviylik va izchillikka yo‘naltirilgan ijobiy muhitni yaratish jarayonlari takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini gimnastika sport faoliyatiga hissiy-irodaviy tayyorlash tizimi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy imkoniyatlari innovatsion, integratsion, individuallashgan ta’lim yondashuvlarini muvofiqlashtirish jarayonida ularda nafosat va estetik did uygʻunligini tarbiyalashda chidamlilik, kuchlilik, irodalilik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari pedagogik, psixologik, ijtimoiy omillarini o‘zaro umumlashtirishga oid tavsiyalar “Gimnastika i metodika prepodavaniya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsion vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-603 raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini gimnastika sport faoliyatiga hissiy-irodaviy tayyorlash imkoniyatlarini muvofiqlashtirish va sportga qiziqishlarini oshirishga erishilgan;
tarbiyalanuvchilarni badiiy gimnastika sport faoliyatiga hissiy-irodaviy tayyorlashda ularni ekstremal sharoitda hissiy tayyorgarlik, SMART maqsad, aqliy chidamlilikka yo‘naltirilgan kompleks treningga ong va tana faoliyati uyg‘unligini tizimli, motivatsion boshqarishga oid takliflar va mualliflik g‘oyalaridan 2017-2020 yillarida bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifat va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi” nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 2023 yil 01/15-09/146-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyalanuvchilarni gimnastika sport musobaqalariga hissiy-irodaviy tayyorlashning samaradorligini bashorat qilish, yosh gimnastikachilarning malakali tayyorgarligi va psixofiziologik xususiyatlarining uyg‘unligini ta’minlash yuzasidan takliflar berilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini sport musobaqalariga tayyorlashda badiiy gimnastikaning musiqa va raqs san’at turi bolalarning uyg‘un rivojlanishi, harakat qobiliyatlari, sog‘ligʻini mustahkamlashga oid tamoyillari tayanch kompetensiyalar iroda va qat’iyatni rivojlantirishga oid tamoyillari tayanch kompetensiyalar iroda va qat’iyatni rivojlantirishga ustuvorlik berishga oid tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Sport mening taqdirimda”, “Kelajak egalari” teleko‘rsatuvlarining mazmunini boyitishda unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 23-iyundagi 02-09-159-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini gimnastika sport musobaqalariga hissiy-irodaviy tayyorlashga oid tavsiyalar ommalashtirilgan.