Ostonov Oybek Aliqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri XXI asr boshlarida Zarafshon vohasi hunarmandchiligi tarixi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tar107.
Ilmiy maslahatchi: Musaev Nuriddin Umurzoqovich tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich tarix fanlari doktori, professor; Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasi hunarmandchiligining XIX asr oxiri – XXI asr  boshlaridagi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Zarafshon vohasida hunarmandchilik aholining kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy soha sifatida muhim o‘rin tusada, biroq  Rossiyadan sanoat xom ashyosi va mahsulotlarining kirib kelishi temirchilik, misgarlik kabi  an’anaviy hunar turlarining kuchayishiga to‘qimachilikning chitgarlik, bo‘zchilik sohalarining qisqarishiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;  
sovet hokimiyati davrida Zarafshon vohasini sanoatlashtirishning kuchayishi   hududlarda mato ishlab chiqarish, gilamchilik, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va yog‘ochsozlik buyumlarining stanoklar yordamida tayyorlanishi natijasida mahalliy ishlab chiqarishning sanoat bilan almashinuvini an’anaviylikka salbiy ta’siri, kooperatsiyalashuv, artellar tashkil etish jarayoni tarixiy faktlar asosida dalillangan;     
hunarmandchilik mahsulotlari mahalliy ishlab chiqarish usullariga asoslanganligi, uy-hunarmandchiligi xo‘jalik-madaniy an’analar asosida shakllanganligi natijasida  zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, kulolchilik, yog‘ochga ishlov berish, metallga ishlov berish sohalarida yetakchi o‘rin tutgan hunarmandlar sulolalari aniqlanib, asosan kashtachilik hunari bilan shug‘ullanganlar orasida hunarmandlar sulolalari ko‘pchilikni tashkil etganligi isbotlangan;
Zarafshon vohasi an’anaviy hunarmandchiligi turlarining qayta tiklanib hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xususiyatlari ya’ni, xom ashyoni qayta ishlash, matolarga rang berish kabi usullar zamonaviy qiyofada (elektr dastgohlardan va sanoat usulida olingan ranglardan foydalanish) namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
o‘tish davrida vohada hunarmandchilik maktablarining holati, ularning faoliyatidagi o‘zgarishlar, Zarafshon vohasi viloyatlarida hunarmandchilik tarmoqlaridagi hunarmandlarning ko‘payishi, mahsulotlar hajmi oshganligi, biroq hududga xos bo‘lmagan hunarmandchilik mahsulotlarining tayyorlanishi, qo‘lda mahsulot tayyorlashning an’anaviy xususiyatlariga (hunarmandchilik maktablarining yo‘qolishiga) ta’siri ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarafshon vohasi hunarmandchiligini tarixiy jarayonlar kontekstida yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Zarafshon vohasida hunarmandchilik aholining kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy soha sifatida muhim o‘rin tusada, biroq  Rossiyadan sanoat xom ashyosi va mahsulotlarining kirib kelishi temirchilik, misgarlik kabi  an’anaviy hunar turlarining kuchayishiga to‘qimachilikning chitgarlik, bo‘zchilik sohalarining qisqarishiga sabab bo‘lganligi ochib berilganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasida milliy hunarmandchilik an’analarini targ‘ib qilish uchun “Zamonaviy Samarqand hunarmandchiligi” albom-katalogini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2020-yil 18-fevraldagi 03-14/238-son ma’lumotnomasi). Bu o‘zbek xalqining tarixiy merosi, shuningdek hunarmandchilik bilan bog‘liq an’analarni o‘rganishda muhim o‘rin tutgan;
sovet hokimiyati davrida Zarafshon vohasini sanoatlashtirishning kuchayishi   hududlarda mato ishlab chiqarish, gilamchilik, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va yog‘ochsozlik buyumlarining stanoklar yordamida tayyorlanishi natijasida mahalliy ishlab chiqarishning sanoat bilan almashinuvini an’anaviylikka salbiy ta’siri, kooperatsiyalashuv, artellar tashkil etish jarayoni tarixiy faktlar asosida dalillanganligi haqida xulosalar “O‘zbekistonda hunarmandchilik maktablari” faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2020-yil 18-fevraldagi 01-23-18.02.2020-son ma’lumotnomasi). Milliy hunarmandchilik tarixi va an’analarini dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib qilish hamda hunarmandchilikni erkin rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, bugungi kungacha saqlanib qolgan amaliy san’at va milliy hunarmandchilik maktablari an’analarini asrash, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish xususida yangicha tafakkurni shakllantirishga xizmat qilgan;
hunarmandchilik tarixi va an’analarini  targ‘ib qilishda hamda Zarafshon vohasi an’anaviy hunarmandchiligi turlarini qayta tiklash borasidagi tahlillari va zamonaviy qiyofada ishlab chiqarish hamda milliy-an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish,  hunarmand sulolalar haqidagi ma’lumotlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanalida 2019-yil efirga uzatilgan “Javohir” nomli turkum ko‘rsatuvlarni hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Xayrli kun”, “Hunarmandchilik an’analari” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali” davlat unitar korxonasining 2020-yil 20-fevraldagi 08-14-85-son, “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2021-yil 5-oktyabrdagi 01-13-0414-son va 01-12-1464-son ma’lumotnomalari). Ko‘rsatuvlarda hunarmandchilik tarixi va an’analari, ustalarning hayotiy tajribalari, ish uslublari, bugungi islohotlarga munosabati ta’sirli etkazilib, tadbirkorlik, obod va farovon hayotning qadriga etish, yosh avlodni mehnatsevarlikka, qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish arafasida Zarafshon vohasi hunarmandchiligining ahvoli, o‘tish davrida vohada hunarmandchilik maktablari, an’analari holati va o‘zgarishlar, Zarafshon vohasi viloyatlarida hunarmandchilik tarmoqlaridagi yutuqlar va muammolar, hududda hunarmandlar tayyorlash, ustoz-shogird an’analari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida bajarilgan FA-A1-GO16 PZ-2014-0906065019 sonli “O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish: metodlar, yondashuvlar, konsepsiyalar” nomli amaliy loyihasida  foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020-yil 25-iyundagi 3/1255-1314-son dalolatnomasi). Bu sovet davrida va mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni birlamchi manbalar asosida chuqurroq yoritib berishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish