Nishanov Sanjar Yuldibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sud’yalar kasbiy faoliyatini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P509.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Azamat Sottarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud’yalar kasbiy faoliyatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan o‘rganish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sudya faoliyatiga sud jarayoni bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida ijtimoiy identifikatsiya va qadriyatlarga bog‘liq «mentor», «konveyr» shaxs tipologiyasida emotsiyalar (qo‘rquv, befarqlik)ning psixofiziologik (charchoq, jismoniy zo‘riqish) holatlarga disfunksional ta’siri kuchliligi tufayli kasbiy psixologik ustanovka va tayyorgarlikning ustuvor tarzda ifodalanishi dalillangan;
kasbiy professionallikni sudyalar faoliyatida darajaviy ifodalanishi «faoliyatga qiziquvchanlik», «faoliyat strategiyasini aniqlashga intilish», «muvaffaqiyatga intilish», «hayotiy bo‘shliqlarini kompensatsiyalash», «emotsionallik»ning dixotomik ta’siri sababli ularning hayot mazmuni (ekzistensiya) bilan bog‘liq farqlarni differensiallash asosida dalillangan;
sudyalar ijtimoiy-psixologik portreti namoyon bo‘lishiga iroda kuchining sub’ektiv lokalizatsiyasini ta’siri «hayotiy donolik» va «ustuvor qadriyatlar», «o‘z-o‘zini baholash», «yaxshi va sodiq do‘stlarning mavjudligi» va «boshqaruv uslubi», «sub’ektiv nazorat», «psixik holat» va «rivojlanish», «erkinlik»ning shakllanishini ta’minlaganligi tufayli qadriyatlar yo‘nalganligi differensiatsiyasiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
sudya kasbi strukturaviy yo‘nalganligi modeli relaksatsiya, vizualizatsiya, verbal o‘z-o‘ziga ta’sir etish, autogen meditatsiya, identifikatsiya, refleksiya, empatiya, antisipatsiyani faoliyatli determinantlarga bog‘liq ravishda faollashtirish muhimligiga ko‘ra kognitiv, kommunikativ, emotsional, interaktiv, regulyativ sohalarga integrativ ta’sir etish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sud’yalar kasbiy faoliyatini takomillashtirishning psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
sudya faoliyatiga sud jarayoni bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida ijtimoiy identifikatsiya va qadriyatlarga bog‘liq «mentor», «konveyr» shaxs tipologiyasida emotsiyalar (qo‘rquv, befarqlik)ning psixofiziologik (charchoq, jismoniy zo‘riqish) holatlarga disfunksional ta’siri kuchliligi tufayli kasbiy psixologik ustanovka va tayyorgarlikning ustuvor tarzda ifodalanishi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 53-son buyrug‘iga asosan «Yuridik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25 avgustdagi 53a-son ma’lumotnomasi). Natijada sudlanuvchining amalga oshirgan jinoyati uchun hukm chiqarish ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liqligi hamda sudyaning sud jarayonidagi hissiy holatini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
kasbiy professionallikni sudyalar faoliyatida darajaviy ifodalanishi «faoliyatga qiziquvchanlik», «faoliyat strategiyasini aniqlashga intilish», «muvaffaqiyatga intilish», «hayotiy bo‘shliqlarini kompensatsiyalash», «emotsionallik»ning dixotomik ta’siri sababli ularning hayot mazmuni (ekzistensiya) bilan bog‘liq farqlarni differensiallash asosida dalillanganligiga oid ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 53-son buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25 avgustdagi 53a-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida ilk bor lavozimga tayinlangan va navbatdagi muddatga tayinlangan sudyalarning hayoti mazmunidagi farqlarni ularning natijalarini differensiallash mezonlari asoslangan;
sudyalar ijtimoiy-psixologik portreti namoyon bo‘lishiga iroda kuchining sub’ektiv lokalizatsiyasini ta’siri «hayotiy donolik» va «ustuvor «qadriyatlar», «o‘z-o‘zini baholash», «yaxshi va sodiq do‘stlarning mavjudligi» va «boshqaruv uslubi», «sub’ektiv nazorat», «psixik holat» va «rivojlanish», «erkinlik»ning shakllanishini ta’minlaganligi tufayli qadriyatlar yo‘nalganligi differensiatsiyasiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 53-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25 avgustdagi 53a-son ma’lumotnomasi). Natijada terminal va instrumental qadriyatlarga sudyalar munosabatidagi farqlarni hamda sudyaning psixologik portretining integral mezonlari asoslangan;
sudya kasbi strukturaviy yo‘nalganligi modeli relaksatsiya, vizualizatsiya, verbal o‘z-o‘ziga ta’sir etish, autogen meditatsiya, identifikatsiya, refleksiya, empatiya, antisipatsiyani faoliyatli determinantlarga bog‘liq ravishda faollashtirish muhimligiga ko‘ra kognitiv, kommunikativ, emotsional, interaktiv, regulyativ sohalarga integrativ ta’sir etish mexanizmlari asosida takomillashtirilganiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 53-son buyrug‘iga asosan «Yuridik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25 avgustdagi 53a-son ma’lumotnomasi). Natijada sudya kasbiy faoliyatini takomillashtirish modeli yaratilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.