Shukurov Yorkin Alidjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4287.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyaning asosiy elementlariga adaptiv uyg‘unlashtirish hamda insonparvarlik, moslashtirish, aks ettirish, tajribalarga asoslanish tamoyillar ijtimoiy-pedagogik infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish modeli ijtimoiy-pedagogik, didaktik, psixologik funksiyalarni har bir o‘quvchiga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘quv maqsadlariga erishish va shaxsiy ta’lim traektoriyasini rivojlantirish imkoniyatlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish jarayonlari o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini aksiologik, kognitiv, faoliyatli-ijodiy, shaxsiy komponentlar mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini tahliliy aniqlash hamda ijobiy rivojlanish muhitini prognostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarida foydalanishga doir pedagogik ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash samaradorligini ta’minlash, mavjud bilimlaridan turli murakkab hayotiy vaziyatlarda foydalana olish ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishga doir texnologiyalarning didaktik va metodik imkoniyatlarini maqsadli aniqlashtirish va ta’limiy vazifalarga ko‘ra individuallashtirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyaning asosiy elementlariga adaptiv uyg‘unlashtirish hamda insonparvarlik, moslashtirish, aks ettirish, tajribalarga asoslanish tamoyillar ijtimoiy-pedagogik infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 23-avgustdagi 02-07-3152/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘nalitirilgan ta’lim jarayonlarida foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish modeli ijtimoiy-pedagogik, didaktik, psixologik funksiyalarni har bir o‘quvchiga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘quv maqsadlariga erishish va shaxsiy ta’lim traektoriyasini rivojlantirish imkoniyatlariga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 23-avgustdagi 02-07-3152/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish jarayonlari o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini aksiologik, kognitiv, faoliyatli-ijodiy, shaxsiy komponentlar mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini tahliliy aniqlash hamda ijobiy rivojlanish muhitini prognostik loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 23-avgustdagi 02-07-3152/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarida foydalanish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarida foydalanishga doir pedagogik ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash samaradorligini ta’minlash, mavjud bilimlaridan turli murakkab hayotiy vaziyatlarda foydalana olish ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishga doir texnologiyalarning didaktik va metodik imkoniyatlarini maqsadli aniqlashtirish va ta’limiy vazifalarga ko‘ra individuallashtirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 23-avgustdagi 02-07-3152/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirishga erishilgan.