Azizova Noila Mirali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli qon guruhidagi odamlar eritrotsitlarining metabolik va funksional holati», 03.00.01 – Biokimyo, 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD /Tib2037.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot pediatriya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatalogiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli qon guruhlari eritrotsitlari metabolizmi va ularning membranalarini zararlovchi omillarga chidamlilik darajasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba o‘zbek millatiga oid donorlardan olingan qonning AV0 tizimi bo‘yicha eritrotsitlarning gemoglobin bilan to‘yinganlik darajasi, leykotsitlar va limfotsitlar miqdori A (II) guruhda eng yuqoriligi, leykotsitlarning minimal miqdori V (III) guruhda ekanligi isbotlangan;
ilk marotaba 0 (I) qon guruhi eritrotsitlarining osmotik rezistentligi boshqa guruhlarnikiga nisbatan pastroqligi, A(II) va AB(IV) qon guruhlari eritrotsitlarining nistatinli kolloid-osmotik gemolizga chidamliligi isbotlangan;
ilk marotaba AV0 tizimi bo‘yicha eritrotsitlarning biokimyoviy profili baholanganda malon dial`degidning eng past miqdori 0 (I) guruhda, yuqorisi esa – A (II) va B (III) guruhlarda, dien kon’yugatlarining eng yuqori miqdori – AB (IV) guruhda kuzatilishi, antioksidant fermentlarining eng past faolligi esa AB (IV) guruhda kuzatilishi, qon plazmasida albuminning eng past miqdori 0 (I) guruhda, eng yuqorisi esa B (III) guruhda kuzatilishi, glyukoza va mochevinaning eng yuqori miqdori A (II), eng past miqdori esa AB (IV) guruhda kuzatilishi, xolesterinning eng past miqdori A (II) guruhda, trigliseridlarniki esa AB (IV) guruhda kuzatilishi  isbotlangan;
ilk marotaba turli qon guruhlari eritrotsitlari membranalarini turli xil organik moddalarning sorbsiyalash/yutish qobiliyatida ham ma’lum farqlar, 0 (I) guruhda kreatininni sorbsiyalash xususiyati yuqoriligi, oqsillarniki pastligi, A(II) guruhda oqsillar, glyukoza, xolesterin, mochevina va kreatininni sorbsiyalash xususiyatining yuqorligi, B (III) guruhda oqsil, glyukoza, mochevina va kreatininni sorbsiyalash xususiyatining hamda AV (IV) guruhda glyukoza, trigliseridlar, mochevina va kreatininni sorbsiyalash xususiyatining pastligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 9 iyundagi 03/045-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 9 dekabrdagi 03/2568-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: donorlardan olingan qonning AV0 tizimi bo‘yicha eritrotsitlarning gemoglobin bilan to‘yinganlik darajasi, leykotsitlar va limfotsitlar miqdori A (II) guruhda eng yuqoriligi, leykotsitlarning minimal miqdori V (III) guruhda ekanligi isbotlanganni Respublika qon quyish markazining klinik-biokimyo laboratoriyasi bo‘yicha (01.12.2022 y.; № 92/1-i/ch) hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy laboratoriyasi bo‘yicha (27.02.2023 y.; № 32-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon guruhlari bo‘yicha farqlar asosida qon parametrlarining referent qiymatlarini guruhlarga mos ravishda belgilashda individual tibbiyot uchun ma’lum asos vazifasini bajaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon hujayralari va ularning indekslari tarkibida guruhga hos farqlarni hisobga olish, kasallik turiga qarab, leykotsitlar va limfotsitlar miqdori A (II) guruhda eng yuqori ekanligi xisobiga O‘RKning kechishini 7 kundan 6 kunga kamayishi natijasida o‘rtacha kunlik xarajatni A (II) guruxda 230000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (TTBKMPskb prayskurantiga ko‘ra 1 ta bemor uchun O‘RKlarda 1610000 so‘m sarflansa, A(II) guruxga mansub bemor uchun 1380000 so‘m sarflanadi).  Xulosa: qon hujayralari va ularning indekslari tarkibida guruhga hos farqlarni hisobga olish bemorlarning sarf – xarajatlarini A(II) guruhda leykotsitlar va limfotsitlar miqdori eng yuqoriligi sababli 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 230000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: 0(I) qon guruhi eritrotsitlarining osmotik rezistentligi boshqa guruhlarnikiga nisbatan pastroqligi, A(II) va AB(IV) qon guruhlari eritrotsitlari nistatinli kolloid-osmotik gemolizga chidamliligi isbotlanganni Respublika qon quyish markazining klinik-biokimyo laboratoriyasi bo‘yicha (01.12.2022 y.; № 92/1-i/ch) hamda  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy laboratoriyasi bo‘yicha (27.02.2023 y.; № 32-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar asosan nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning osmotik va kolloid-osmotik lizisga rezistentligi orasidagi farqlar individual tibbiyot uchun ma’lum asos vazifasini bajaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning osmotik va kolloid-osmotik lizisga rezistentligi orasidagi farqlar eritrotsitar massalarni saqlashda aniqlangan farqlarni hisobga olgan holda saqlash muhitlarini ishlab chiqish masalasini qo‘yadi va shu asosda eritrotsitlarni nativ holatda saqlab qolish imkoniyatini oshirishi bilan izohlanadi.  Xulosa: AV0 sistema buyicha eritrotsitlarni nativ holatda saqlab qolish profilaktikasiga amal qilish orqali byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba AV0 tizimi bo‘yicha eritrotsitlarning biokimyoviy profili baholanganda malon dial`degidning eng past miqdori 0 (I) guruhda, yuqorisi esa – A (II) va B (III) guruhlarda, dien kon’yugatlarining eng yuqori miqdori – AB (IV) guruhda kuzatilishi, antioksidant fermentlarining eng past faolligi esa AB (IV) guruhda kuzatilishi, qon plazmasida albuminning eng past miqdori 0 (I) guruhda, eng yuqorisi esa B (III) guruhda kuzatilishi, glyukoza va mochevinaning eng yuqori miqdori A (II), eng past miqdori esa AB (IV) guruhda kuzatilishi, xolesterinning eng past miqdori A (II) guruhda, trigliseridlarniki esa AB (IV) guruhda kuzatilishi  isbotlangani  Respublika qon quyish markazining klinik-biokimyo laboratoriyasi bo‘yicha (01.12.2022 y.; № 92/1-i/ch) hamda  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy laboratoriyasi bo‘yicha (27.02.2023 y.; № 32-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar asosan nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning yog‘larni peroksidlanish jarayonlariga rezistentligi orasidagi hamda qon plazmasidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlar orasidagi farqlar individual tibbiyot uchun ma’lum asos vazifasini bajaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning yog‘larni peroksidlanish jarayonlariga rezistentligi orasidagi hamda qon plazmasidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlar orasidagi farqlarni hisobga olish, kasallik turiga qarab, Malon dial’degidining eng past, antioksidant fermentlarining eng yukori faolligi 0(I) guruhda ekanligi xisobiga O‘RKning kechishi 7 kundan 5 kunga kamayishi natijasida o‘rtacha kunlik xarajatni 0(I) guruhda 460000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (TTBKMPskb prayskurantiga ko‘ra 1 ta bemor uchun O‘RKlarda 1610000 so‘m sarflansa, 0(I) guruxga mansub bemor uchun 1150000 so‘m sarflanadi). Xulosa: qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning yog‘larni peroksidlanish jarayonlariga rezistentligi orasidagi hamda qon plazmasidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlar orasidagi farqlarni hisobga olish  bemorlarning sarf – xarajatlarini Malon dial’degidining eng past, antioksidant fermentlarining eng yukori faolligi 0(I) guruhda ekanligi sababli 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 460000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba turli qon guruhlari eritrotsitlari membranalarini turli xil organik moddalarning sorbsiyalash/yutish qobiliyatida ham ma’lum farqlar, 0(I) guruhda kreatininni sorbsiyalash xususiyati yuqoriligi, oqsillarniki pastligi, A(II) guruhda oqsillar, glyukoza, xolesterin, mochevina va kreatininni sorbsiyalash xususiyatining yuqorligi, B (III) guruhda oqsil, glyukoza, mochevina va kreatininni sorbsiyalash xususiyatining hamda AV (IV) guruhda glyukoza, trigliseridlar, mochevina va kreatininni sorbsiyalash xususiyatining pastligi isbotlangani Respublika qon quyish markazining klinik-biokimyo laboratoriyasi  bo‘yicha (01.12.2022 y.; № 92/1-i/ch) hamda  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy laboratoriyasi bo‘yicha (27.02.2023 y.; № 32-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar asosan nazariy axamiyatga ega bo‘lib, qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning sorbsiyalash/yutish qobiliyati orasidagi farqlar individual tibbiyot uchun ma’lum asos vazifasini bajaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon guruhlari bo‘yicha eritirotsitlarning sorbsiyalash/yutish xususiyatlari orasidagi farqlar eritrotsitar massalarni saqlashda aniqlangan farqlarni hisobga olgan holda saqlash muhitlarini ishlab chiqish masalasini qo‘yadi va shu asosda eritrotsitlarni nativ holatda saqlab qolish imkoniyatini oshirishi bilan izohlanadi. Xulosa: AV0 sistema buyicha eritrotsitlarni nativ holatda saqlab qolish profilaktikasiga amal qilish orqali davlat byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish