Maxmudova Zulfiya Mexmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligi namoyon etilishi va rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P440.
Ilmiy rahbar: Usmanova Manzura Naimovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘riqlash xizmati xodimlari faoliyatida kasbiy kompetentlik omillarining namoyon etilishini aniqlash va rivojlantirishning psixologik mexanizmlari bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligining rivojlanishi nevrotizm, psixotizm, hissiy turg‘unlik, umumiy faollik, estetik ta’sirchanlik, kirishimlilik sifatlarining darajaviy ifodalanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli faoliyat samadorligini ta’minlashning individual va differensial farqlari asoslangan;
qo‘riqlash xizmati xodimining kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashda insonlarni va vaziyatlarni tushunish, emotsional barqarorlik, xulqni intellektual boshqarish, axloqiy ustanovkalarning dinamik jihatini shaxslararo munosabatlardagi ekspressiv harakatlarni anglashni namoyon etilishi bilan determinatsiyalashganligi tufayli, ijtimoiy-psixologik kompetentlikning rivojlanishi ustivor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
qo‘riqlash xizmati xodimlarining muloqotmandligi shaxs konstruktlari negizida namoyon bo‘lishiga ko‘ra barqaror insoniy munosabatlar tizimini mantiqiy tafakkur, hissiy barqarorlik, mustaqillik, o‘zini nazorat qilish xususiyatlarini shakllanganligiga bog‘liq ravishda anglashning muhimligi tufayli kasbiy hamda kommunikativ kompetentlikni uyg‘un holda rivojlantirish mumkinligi isbotlangan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kommunikativ, ijtimoiy-psixologik savodxonlik diapazoni va professional kompetentlikning o‘zgalar hissiyotini autent baholash, sintonik muloqot, ijtimoiy idrok, operatsional va ego kompetentlikni shakllanishi muhimligiga ko‘ra hissiy-irodaviy, kognitiv va kasbiy motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasini qo‘llash zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy komretentligi namoyon etilishi va rivojlanishining ijtimoiy-rsixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligining rivojlanishi nevrotizm, psixotizm, hissiy turg‘unlik, umumiy faollik, estetik ta’sirchanlik, kirishimlilik sifatlarining darajaviy ifodalanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli faoliyat samadorligini ta’minlashning individual va differensial farqlari asoslanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022-yil 06-maydagi PM-33-a-sonli buyrug‘iga asosan «Yuridik psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 06-maydagi PM-33-a-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan;
qo‘riqlash xizmati xodimlarining muloqotmandligi shaxs konstruktlari negizida namoyon bo‘lishiga ko‘ra barqaror insoniy munosabatlar tizimini mantiqiy tafakkur, hissiy barqarorlik, mustaqillik, o‘zini nazorat qilish xususiyatlarini shakllanganligiga bog‘liq ravishda anglashning muhimligi tufayli kasbiy hamda kommunikativ kompetentlikni uyg‘un holda rivojlantirish mumkinligi isbotlangan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Umumiy psixodiagnostika» nomli darsligi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan boyitilishga erishilgan;
qo‘riqlash xizmati xodimining kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashda insonlarni va vaziyatlarni tushunish, emotsional barqarorlik, xulqni intellektual boshqarish, axloqiy ustanovkalarning dinamik jihatini shaxslararo munosabatlardagi ekspressiv harakatlarni anglashni namoyon etilishi bilan determinatsiyalashganligi tufayli, ijtimoiy-psixologik kompetentlikning rivojlanishi ustivor xarakterga ega ekanligi dalillangan ilmiy ma’lumotlar asoslangan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsuSta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan 60310900-Psixologiya (sport psixologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Eksperimental psixologiya va umumiy psixologik praktikum» nomli darsligi mavzulari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kommunikativ, ijtimoiy-psixologik savodxonlik diapazoni va professional kompetentlikning o‘zgalar hissiyotini autent baholash, sintonik muloqot, ijtimoiy idrok, operatsional va ego kompetentlikni shakllanishi muhimligiga ko‘ra hissiy-irodaviy, kognitiv va kasbiy motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasini qo‘llash zarurati dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022-yil 06-maydagi PM-33-a-sonli buyrug‘iga asosan «Individual va guruhiy konsultatsiya» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 06-maydagi PM-33-a-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan.