Yuldasheva Dilchexra Yusupxonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endometriyda giperplastik jarayonlar mavjud ayollarda bachadon bo‘yni patologiyasini erta tashxislash va oldini olish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib29.
Ilmiy maslahatchi: Najmutdinova Dilbar Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Moskva viloyati akusherlik va ginekologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni patologiyasi va endometriyning giperplastik jarayonlari bo‘lgan ayollarni olib borishning tashxisiy va prognoz omillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
populyasion ajratilgan va endometriy giperplaziyasi hamda bachadon bo‘yni patologiyasi bo‘lgan bemorlar guruhlari orasida TP53, TNF–a genlari va ular assotsiatsiyalarining allel va genotipik turlari uchrashi tezligi isbotlangan;
endometriyda giperplastik jarayonlarning rivojlanishi, kechishi hamda bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyalari yuzaga kelish xavfining 3–4 marotaba ishonarli oshishida rs1042522 TP53 va rs1800629 TNF–a genlarining ikki polimorfizmi qo‘shilishining ahamiyati isbotlangan (χ2=6,6; R=0,01; OR=3,4; 95% CI 1,278, 9,083);
giperplastik va neoplastik jarayonlarning shakllanishi, ularning birga qo‘shilishida apoptoz oldi va apoptozga qarshi r53 va bcl–2 oqsillari ekspressiyasining ko‘proq ortganligi aniqlangan;
bachadon bo‘yni patologiyasi va endometriy giperplaziyasining rivojlanishida azot oksidi va uning radikali, endotelin (ET–1), tomirlar o‘sishi omilining (VEGF) miqdori va metalloproteinazalar faolligi oshishi bilan namoyon bo‘luvchi endoteliy disfunksiyasining oshishi isbotlangan;
endometriy va endotserviksdagi giperplastik va neoplastik jarayonlar bilan bemorlarni differensial tashxislash va yuritish algoritmi, patologiyaga mos ravishda ayollardagi klinik, instrumental, sitologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning gradatsiya shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bachadon bo‘yni patologiyasi va endometriyning giperplastik jarayonlari tashxisiy va prognoz omillarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Endometriydagi giperlastik jarayonlar bilan ayollarda bachadon bo‘yni neoplaziyasini bashoratlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20150492). Ushbu usul bachadon bo‘yni patologiyasi va endometriyning giperplastik jarayonlarini oldindan aniqlashga imkon bergan;
bemorlarda bachadon bo‘ynidagi patologik o‘zgarishlarning oldini olish va samarali davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Bachadon bo‘yni patologiyasini tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvlar» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 27 apreldagi 8H-3/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma bemorlarda bachadon disfunksional qon ketishlarni erta tashxislash chora-tadbirlarini amalga oshirish imkonini bergan;
bachadon bo‘yni patologiyasi va endometriyning giperplastik jarayonlarining tashxisiy va prognoz omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent shahridagi 40-oilaviy poliklinika tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 27 apreldagi 8H-3/58-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi bachadon bo‘yni CINning rivojlanishi prognozini sezilarli yaxshilash, og‘ir neoplaziyalarning uchrash tezligini 12% ga kamaytirish imkonini bergan.