Jo‘raev Nabi Narzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Badiiy matnlarni lingvomadaniy tahlil qilishning nazariy asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2374.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpulat, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Ra’no Haydarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fargʻona davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnning lingvomadaniy jihatini muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek badiiy asarlari matnlarida o‘zbek xalqi hayoti, milliy madaniyati va milliy qadriyatlari, tafakkur tarzi hamda lingvomadaniyatini voqelantiruvchi lisoniy birlik va vositalarining lingvomadaniy maqomi dalillangan;
badiiy matnlarni lingvomadaniy tahlil qilishning dominant, komponent, konseptual lisoniy-normativ mezonlari belgilanib, lingvomadaniy birliklarni tilning sathlararo kesimida semiotik, poliappelyativ farqlash tamoyillari belgilangan;
matniy axborotning g‘oyaviy-mavzuviy yo’nalishini undagi etnomadaniy shtamplangan belgilar asosida aniqlashning tipologik, etnospesifik, aksiologik, lingvokognitiv, lisoniy-estetik, madaniy-semantik uslubiy xususiyatlari ochib berilgan;
matnda etnik voqelikni aks ettiruvchi lingvokulturemalarning individ milliy mental tabiati va tafakkur faoliyati, matn emotsional bo’yoqdorligining motivi hamda alohida olingan lingvomadaniyatga tegishli qadriyatiy mezonlarning ramziy-belgili dalili ekani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnlarni lingvomadaniy tahlil qilishning nazariy asoslari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek badiiy asarlari matnlarida o‘zbek xalqi hayoti, milliy madaniyati va milliy qadriyatlari, tafakkur tarzi hamda lingvomadaniyatini voqelantiruvchi lisoniy birlik va vositalarining lingvomadaniy maqomi konseptual, leksik-semantik tahlil asosida dalillanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-apreldagi 01/10-681- son ma’lumotnomasi). Natijada Badiiy matnlar ma’lum bir xalqning madaniyati, urf-odatlari hamda qadriyatlarini o‘zida aks ettirishi, badiiy matn turli muhim tushunchalarni, voqea-hodisalarni tasvirlaydigan hamda sanʻatning eng yuqori darajasidagi namunasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan madaniy hodisa ekanligi to‘gʻrisidagi ilmiy-nazariy qarashlar mukammallashgan;
badiiy matnlarni lingvomadaniy tahlil qilishning dominant, komponent, konseptual lisoniy-normativ mezonlari belgilanib, lingvomadaniy birliklarni tilning sathlararo kesimida semiotik, poliappelyativ farqlash tamoyillari belgilanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-apreldagi 01/10-682-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnga murojjat qilish, uni o‘qib, uqish jarayonining, idrok etishning asosini unda tasvirlangan voqealar tashkil etishi, bunda madaniyat, tafakkur, til kabi murakkab hodisalar ishtirok etishi to‘gʻrisidagi nazariy fikrlarning mukammallashuviga erishilgan;
matniy axborotning g‘oyaviy-mavzuviy yo’nalishini undagi etnomadaniy shtamplangan belgilar asosida aniqlashning tipologik, etnospesifik, aksiologik, lingvokognitiv, lisoniy-estetik, madaniy-semantik uslubiy xususiyatlari yoritilganligiga oid ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til – millat ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Dialog” deb nomlangan ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-apeldagi 01-02/25-son ma’lumotnomasi). Natijada til va madaniyatning o‘zaro ta’siri, badiiy matnlarga lingvomadaniy yondashuv, til umumiy madaniy qadriyatlar zahirasini o‘zida saqlashi va etkazishga hissa qo‘shishi bilan namoyon bo‘lishi to‘gʻrisidagi ilmiy qarashlar mukammallashgan.