Badelbaeva Yulduzbonu Orifjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4316.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari milliy va xorijiy tajribalarning integrativ xususiyatlarini analitik o‘rganish, integrativ xususiyatlarini e’tiborga olish hamda tili o‘rganilayotgan xalqlar urf odatlari, psixologiyasi, madaniyati va umume’tirof etilgan didaktik prinsiplarning rivojlantiruvchi-innovatsion tendensiyalarini qiyosiy taqqoslash asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli amaliy mashg‘ulotlar ta’sirchanligini maqsadli oshirib borishga qaratilgan dars sillabusi, loyiha ishlari va o‘rganilayotgan tilga oid xorijiy matnlardan praktik foydalanishga ustuvorlik berish hamda xorijiy tilda fikrlay olish, o‘zga madaniyat va urf odatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan tahliliy qiyoslashga intensiv yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’lim sub’ektlari o‘rtasida ijodiy-faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tilni amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish hamda madaniyatlararo muloqotga oid ijodiy didaktik topshiriqlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan jarayonlarga ta’sir imkoniyatlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari lingvistik-mantiqiy va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini muloqot sub’ektiga moslashib olish ko‘nikmasiga tizimli uyg‘unlashtirish hamda tilini o‘zlashtirishning emotsional-motivatsion komponentli jarayonini baholashga doir vaziyatlarga muntazam ustuvorlik berish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari:
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari milliy va xorijiy tajribalarning integrativ xususiyatlarini analitik o‘rganish, integrativ xususiyatlarini e’tiborga olish hamda tili o‘rganilayotgan xalqlar urf odatlari, psixologiyasi, madaniyati va umume’tirof etilgan didaktik prinsiplarning rivojlantiruvchi-innovatsion tendensiyalarini qiyosiy taqqoslash o‘rganish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning madaniy kompetensiyasini integrallashtirishi orqali universitetlarning reytingini o‘sishiga sharoit yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli amaliy mashg‘ulotlar ta’sirchanligini maqsadli oshirib borishga qaratilgan dars sillabusi, loyiha ishlari va o‘rganilayotgan tilga oid xorijiy matnlardan praktik foydalanishga ustuvorlik berish hamda xorijiy tilda fikrlay olish, o‘zga madaniyat va urf odatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan tahliliy qiyoslashga intensiv yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning til o‘rgatishga bo‘lgan motivatsiyasini o‘sish imkoni kengaytirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’lim sub’ektlari o‘rtasida ijodiy-faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tilni amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish hamda madaniyatlararo muloqotga oid ijodiy didaktik topshiriqlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan jarayonlarga ta’sir imkoniyatlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning nutq madaniyatini o‘sishiga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari lingvistik-mantiqiy va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini muloqot sub’ektiga moslashib olish ko‘nikmasiga tizimli uyg‘unlashtirish hamda tilini o‘zlashtirishning emotsional-motivatsion komponentli jarayonini baholashga doir vaziyatlarga muntazam ustuvorlik berish takomillashtirishga oid tavsiyalar “English” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32-son nashr ruxsatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida madaniy kompetensiyalarni takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish