Fayzieva Umida Asadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped3070.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqov Hamid Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bo‘yisha tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari refleksiv munosabatlar natijadorligini ta’minlashga qaratilgan axborot-konstruktiv texnologiyalarni bosqichma-bosqich qo‘llash hamda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik infratuzilmasini ta’lim maqsadlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish modeli subekt-subekt munosabatlariga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan pedagogik jarayonlarning didaktik imkoniyatlarini induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishga ko‘ra aniqlash hamda integrallashgan harakatlar majmui bilan ijodiy refleksiv ijodiy muhitga intensiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi ijtimoiy-moslashuv samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘z-o‘zini baholash va individual xususiyatlarni tahliliy aniqlash hamda pedagogik jarayonning algoritmik bosqichini samarali muloqot jarayonlari bilan funksional integratsiyalash asosida takomillashtirish;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni o‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash, malaka va mahoratini faol oshirish hamda istiqbolli didaktik vazifalarga mos amaliy harakatlarni tashkil etishga doir aksiologik yondashuvlarga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari refleksiv munosabatlar natijadorligini ta’minlashga qaratilgan axborot-konstruktiv texnologiyalarni bosqichma-bosqich qo‘llash hamda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik infratuzilmasini ta’lim maqsadlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘iga asosan berilgan 106-139 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning individual yondashuv asosida kasbiy sifatlarini rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish modeli subekt-subekt munosabatlariga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan pedagogik jarayonlarning didaktik imkoniyatlarini induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishga ko‘ra aniqlash hamda integrallashgan harakatlar majmui bilan ijodiy refleksiv ijodiy muhitga intensiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan berilgan 538-130 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi ijtimoiy-moslashuv samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘z-o‘zini baholash va individual xususiyatlarni tahliliy aniqlash hamda pedagogik jarayonning algoritmik bosqichini samarali muloqot jarayonlari bilan funksional integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘iga asosan berilgan 106-139 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish jarayonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni o‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash, malaka va mahoratini faol oshirish hamda istiqbolli didaktik vazifalarga mos amaliy harakatlarni tashkil etishga doir aksiologik yondashuvlarga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan berilgan 538-130 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.