Kamburova Venera Seytumerovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Genetik o‘zgartirilgan organizmlar: ularning xavfsizligini va qonunchilik bazasini baholash», 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/B61.
Ilmiy maslahatchi: Turdiqulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori; Elinskaya Ol`ga Leont`evna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Alisher Abdumavlonovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Porloq gen-nokaut g‘o‘za navlarining xavfsizligini kompleks baholash, shuningdek, gen muhandisligi faoliyatini qonunchilik bilan tartibga solish bo‘yicha mavjud xalqaro tajribasi asosida genetik o‘zgartirilgan organizmlar xavfsizligini va qonunchilik bazasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, g‘o‘za fitoxrom A1 geni uchun yaratilgan RNAi-konstruksiyasi o‘rta tolali g‘o‘zaning boshqa genlariga nishondan tashqari ta’sir etmasligi va nazorat Koker-312 liniyasiga nisbatan differensial ekspressiyalanuvchi genlarning ekspressiya darajasini o‘zgartirmasligi aniqlangan;
g‘o‘za genomiga pHellsgate-8::PHYA1 genetik konstruksiyasining kiritilishi g‘o‘za RNAi navlarining muhim ekvivalentligiga, xususan, asosiy makro-, mikro- va antinutrientlarning tarkibiga ta’sir ko‘rsatmasligi va shu sababli g‘o‘za chigitining ozuqaviy qiymati hamda toksik potensialining o‘zgarishiga olib kelmasligi isbotlangan;
Porloq navlaridan olingan tozalangan paxta yog‘ini AN-Bayovut-2 navi yog‘iga nisbatan umumiy toksikligini baholash g‘o‘za genomiga pHellsgate-8::PHYA1 genetik konstruksiyasi kiritilganda umumiy toksik potensialning oshmasligi aniqlangan;
spesifik toksiklikni tadqiq qilishda g‘o‘za genomiga pHellsgate-8::PHYA1 genetik konstruksiyasini kiritilishi Porloq g‘o‘za navlari chigitlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarda mutagenlik effekti, gonadotoksiklik, embriotoksiklik va teratogenlikning AN-Bayovut-2 naviga nisbatan kuchaymasligi aniqlangan;
g‘o‘zada RNK interferensiya usuli yordamida genetik modifikatsiyalangan g‘o‘za navlari chigitlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning AN-Bayovut-2 g‘o‘za navining analogik mahsulotlariga nisbatan allergenlik darajasi oshmasligi aniqlangan;
Porloq g‘o‘za navlaridan yovvoyi o‘suvchi qarindosh turlariga genlarning vertikal ko‘chib o‘tish ehtimoli past bo‘lib, lekin Porloq g‘o‘za navlaridan transgenlarning O‘zbekistonda etishtiriladigan boshqa ma’daniy g‘o‘za navlariga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori ekanligi asoslangan;
Porloq g‘o‘za navlaridan transgenlarni bakteriya genomiga gorizontal ko‘chib o‘tish imkoniyati mavjudligiga qaramay, salbiy ta’sir ehtimoli past ekanligi aniqlangan;
pHellsgate-8::PHYA1 genetik konstruksiyasi G. hirsutum fitoxrom A1 geni uchun yuqori spesifiklikka ega ekanligi, bu esa chidamli organizmlarning paydo bo‘lishi va begona o‘tlar potensialining ortishi xavfining baholanayotgan gen-nokaut Porloq navlari uchun ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan;
pHellsgate-8::PHYA1 genetik konstruksiyasidan hosil bo‘lgan siRNA ning yo‘naltiruvchi va yo‘lovchi zanjirlari ham nishonda bo‘lmagan organizmlar – odamlar (Homo sapiens), asalarilar (Apis mellifera), xonqizi (C. septempunctata), ko‘sak qurti (Helicoverpa armigera) va g‘o‘za shirasi (Aphis gossypii) genomlariga nomaqbul ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Genetik o‘zgartirilgan organizmlar: ularning xavfsizligini va qonunchilik bazasini, hamda Porloq gen-nokaut g‘o‘za navlarining xavfsizligini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi xududida genetik modifikatsiyalangan organizmlar aylanishi va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi va nazorat qilish soxasidagi qonunchilik bazasini taxlil qilish natijalari “Biologik xilma-xillik haqidagi konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoli (Monreal`, 2000 yil 29 yanvar`) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqishda foydalanilgan ((Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 01/04-1438-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston respublikasi xududida GMO aylanishi va foydalanishnitartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat organlarini aniqlash imkonini bergan;
gen muxandisligi usulida yaratilgan Porloq g‘o‘za navlarining bioxavfsizligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari “Genetik modifikatsiyalangan organizmlar va ularning maxsulotlari xavfsizligini ilmiy ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish” to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 01/04-1439-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining mazkur qarori bilan genetik modifikatsiyalangan organizmlar va ulardan tayyorlangan maxsulotlar xavfsizligini baholash imkoni yaratilgan;
gen-muhandislik usuli bilan olingan va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bioxavfsizligini aniqlash metodologiyasi “Gen injeneriyasi orqali olingan oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini baholash” 2018-yil 06-noyabrdagi 0362-18-sonli O‘zbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiena qoidalari (SanQvaM) loyihasi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 2023 yil 21 iyuldagi 12/24-10187-son ma’lumotnomasi). Natijada, genetik modifikatsiyalangan organizmlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni inson organizmiga ehtimoliy salbiy ta’sirining xavfi va xavfsizligini baholash imkonini bergan.