Saidmurodova Jamila Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ortodontik davolanayotgan bemorlarda parodont to‘qimasi kasalliklarini oldini olish va davolashni takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib.2849.
Ilmiy rahbar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori. dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Ermuxanova Gul`jan Tleumuxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi olinmaydigan ortodontik apparatlardan foydalanadigan bemorlarda parodont kasalliklarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olinmaydigan ortodontik apparatlardan foydalanadigan bemorlarda sitomorfometriya usuli yordamida parodont to‘qimalarida yallig‘lanishning klinik belgilari namoyon bo‘lmasdanoq ulardagi gidratatsiya va regeneratsiya parametri qiymatlarining pasayishi aniqlangan;
og‘iz gigienasi darajasini va shunga mos ravishda parodont to‘qimalarida yallig‘lanish asoratlari xavfini aniqlash davolash-profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun ko‘rsatma bo‘lishi, mexanik yuklamaning pasayishi sababli sitomorfologik ko‘rsatkichlar qiymatlarining me’yorlashishi esa, ular samaradorligini baholash mezoni hisoblanishi aniqlangan;
parodont to‘qimalariga mexanik bosim mavjudligini ko‘rsatadigan to‘qimalar gidratsiyasi ko‘rsatkichining pasaygan qiymatlarini tavsiflovchi yangi ilmiy ma’lumotlar olindi, to‘qimalarning regenerativ qobiliyati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi sababli rezorbsiya va osteogenez jarayonlarining ustunligi aniqlangan;
taklif etilgan davolash-profilaktik usullar parodont to‘qima kasalliklari xavfini kamaytirishga imkon berdi, klinik va mikrobiologik o‘zgarishlarning aniqlangan dinamikasi stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni, shuningdek, olinmaydigan apparatlar bilan ortodontik davolashning turli davrlarida disbiotik o‘zgarishlarni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 06 iyundagi 24-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tish jag‘ anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni tekshirishda sitomorfometrik usuldan foydalanish ortodontik davolash jarayonida davolash profilaktika choralarining taklif etilgan usullaridan oqilona foydalanishga imkon beradi, bu sezilarli klinik samara olishga,parodont to‘qimalarda yallig‘lanish asoratlari sonini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi va viloyat stomatologiya poliklinikasi hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (09.01.2023y №8-20) bilan amaliyotiga joriy etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ortodontik apparatlardan foydalangan bemorlarda parodont to‘qimasida bo‘ladigan o‘zgarishlarni ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali bolalarda parodont to‘qimasidagi yiringli-yallig‘lanish asoratlarni oldini olish va davolashga qaratilgan, xayot sifati yaxshilangan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sitomorfometriya usulining joriy qilinishi xisobiga 1 nafar bemor uchun 540 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 48,6 foiz bemorlarda qayta tekshirish o‘tkaziladi). Qayta tekshirish 48,6 foizdan 6,0 foizga kamaytirgan (1 nafar bemor uchun 540000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 120 nafar bemordan kayta tekshirish o‘tkazilsa 5 bemordan 2 bemorgacha tekshirish kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 540000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatgich 1 620 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi tekshiruv usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 620 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 540 000 so‘mga , iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Ortodontik davolanayotgan bemorlarda parodont to‘qimasi kasalliklarini oldini olish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2022 yil 28 dekabrdagi №5277-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz gigienasi darajasini turli indekslar ya’ni Silness Loe va Myulleman indekslardan foydalanib tishdagi karashlar aniqlandi; davolash profilaktika amaliyotidan oldin va keyingi davrlarda natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi va viloyat stomatologiya poliklinikasi hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha (09.01.2023y №8-20) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ortodontik apparatlardan foydalangan bemorlarda parodont to‘qimasida bo‘ladigan o‘zgarishlarni ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali bolalarda parodont to‘qimasidagi yiringli-yallig‘lanish asoratlarni oldini olish va davolash, xayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 210000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil gigienik indekslar amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishi oldini oladi,bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (120 dan 10 bemorlar) tish jag‘ tizimi anomaliyalari bor bemorlar davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 2 100 000 (10 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa gigienik tekshiruv amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 210000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 168 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Ortodontik davolanayotgan bemorlarda parodont to‘qimasi kasalliklarini oldini olish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2022 yil 28 dekabrdagi №5277-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: parodont to‘qimalariga mexanik bosim mavjudligini ko‘rsatadigan to‘qimalar gidratsiyasi ko‘rsatkichining pasaygan qiymatlarini tavsiflovchi yangi ilmiy ma’lumotlar olindi, to‘qimalarning regenerativ qobiliyati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi sababli rezorbsiya va osteogenez jarayonlarining ustunligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Olinmaydigan ortodontik apparatlardan foydalanganda parodont to‘qimasiga tushadigan bosimni teng taqsimlashni takomillashtirish natijasida davolash samaradorligini oshirish va asoratlarini oldini olish bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi va viloyat stomatologiya poliklinikasi hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha (09.01.2023y №8-20) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Parodont to‘qimalarning gidratsiya darajasi Mn20= Z20 Z5/0,86355 ko‘rsatkichi bo‘yicha baholandi, bu erda Z20 - 20 kilogers sinusoidal tok chastotasida parodont to‘qimalarning impedansi (umumiy elektr qarshiligi); Z5 - 5 kilogers sinusoidal tok chastotasida parodont to‘qimalarning impedansi (umumiy elektr qarshiligi); 0,86355 - me’yorlashtirish koeffisienti. Me’yorda Mn20=1±0,09. Me’yorning minimal past qiymati 0,91 ni, maksimal qiymat - 1,09 ni tashkil qiladi. Parodont to‘qimalar gidratsiyasining me’yoriy chegara ko‘rsatkichlari avvalgi ishlar ma’lumotlariga ko‘ra aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun bioimpedans tekshirish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: dastlabki ko‘rik - 50000 so‘m, qayta ko‘rik - 30000 so‘m. Xulosa: Ortodontik davolanayotgan bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlaring oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga 150 000 so‘mdan 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Ortodontik davolanayotgan bemorlarda parodont to‘qimasi kasalliklarini oldini olish va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2022 yil 28 dekabrdagi №5277-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan davolash-profilaktik usullar parodont to‘qima kasalliklari xavfini kamaytirishga imkon berdi, klinik va mikrobiologik o‘zgarishlarning aniqlangan dinamikasi stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni, shuningdek, olinmaydigan apparatlar bilan ortodontik davolashning turli davrlarida disbiotik o‘zgarishlarni aniqlashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini baholash professional og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi o‘tkazilishidan oldin ortodontik davolanish boshlanishidan oldin, uch va olti oy o‘tgach amalga oshirildi. Davolash-profilaktika chora-tadbirlari kursi o‘tkazilgandan so‘ng gigiena indeksining tekis pasayishi kuzatildi, yakuniy tekshiruvda me’yoriy qiymatga etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi va viloyat stomatologiya poliklinikasi hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha (09.01.2023y №8-20) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatining yomonlashishi, shuningdek, mikrobli ifloslanish - ortodontik apparatlar bilan davolanayotganda parodont to‘qimalarning yallig‘lanish tabiatli asoratlari paydo bo‘lishining asosiy tamoyillarini tashkil etuvchi asosiy sababchi omil hisoblanadi. Olib borilgan dastlabki tekshiruvlarda RMA indeksining kursatkichi 6,69±0,15ni tashkil qildi, davolash va profilaktika kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng, shuningdek, olinmaydigan ortodontik apparatlarni o‘rnatishdan oldin og‘iz bo‘shlig‘ining professional gigienasi o‘tkazilgandan 1 oydan so‘ng 27% ga, 3 oydan so‘ng 31% ga, 6 oydan so‘ng 34% ga, va 12 oydan so‘ng 42% ga, ortodontik davolanishning yakuniy bosqichida dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan 48% ga olingan natijalar RMA indeksining qiymatlarida ijobiy natija ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning qabul qilgan preparati (1 kunga o‘rtacha 85 000 so‘mlik dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Ortodontik davolanayotgan bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlaring oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga 145 000 so‘mdan 50 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ortodontik davolanayotgan bemorlarda parodont to‘qimasi kasalliklarini oldini olish va davolashni takomillashtirish » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2022 yil 28 dekabrdagi №5277-sonli xati yuborilgan.