Amonov Xudoyberdi Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoq ichak jarohatlari diagnostikasi va xirurgik davolash taktikasini optimizatsiyalash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1574.
Ilmiy rahbar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Balalikin Aleksey Stepanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘n ikki barmoq ichak shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik davolash natijalarini tahlil qilish, diagnostika va jarrohlik yordamining optimal hajmini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamiz hududlari kesimida o‘n ikki barmoq ichak jarohatlanishi bo‘yicha jarrohlik yordami ko‘rsatilishi natijalari o‘rganildi va salbiy oqibatlarning kelib chiqish sabablari aniqlangan;
o‘n ikki barmoq ichakning retroperitoneal qismi jarohatlanishini aniqlash uchun oshqozon-ichak traktining proksimal qismini endoskopiyasini, bir vaqtning o‘zida diagnostik laparoskopiyasi bilan birga qo‘llash yuqori samaradorlika egaligi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishini oldini olish usulida o‘n ikki barmoq ichakni oshqozon ichak tizimidan ajratib qo‘yish operatsiyasi uchun ko‘rsatmalar asoslangan;
tadqiqot ishida o‘n ikki barmoq ichakning barcha turdagi jarohatlarini davolashda, ularning darajasini, shuningdek choklar etishmovchiligiga olib keluvchi xavf omillari mavjudligini hisobga olgan holda davolashning turli jarrohlik usullarini baholash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 01 iyundagi 15-sonli xulosasiga ko‘ra:
o‘n ikki barmoq ichak shikastlanishi bilan bemorlarni diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolash xususiyatlarini o‘rganishga katta hissa qo‘shadi. Respublikamiz hududlari kesimida o‘n ikki barmoq ichak shikastlanishlariga jarrohlik yordami ko‘rsatish natijalari o‘rganilib, salbiy oqibatlarning uchrash chastotasi va asosiy sabablari aniqlangan, natijada kelgusida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni chastotasini kamaytirgan va davolash jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax filiallarida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi №8 n-z/604-sonli guvohnomasi) amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xulosalar va takliflar o‘zining nazariy va amaliy ahamiyatiga ega bo‘lib, diagnostik va davolash algoritmlardan kompleks foydalanish o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarni diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolash xususiyatlarini o‘rganishga katta hissa qo‘shadi. Tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Respublikamiz viloyatlari kesimida o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlar diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar oldi olinib, asoratlarni davolashdagi ortiqcha sarf xarajatlarning oldini olish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarni diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar va asoratlar oldi olinishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 119538 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «O‘n ikki barmoq ichak jarohatlarining diagnostikasi va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 noyabrdagi 4212-sonli xat yuborilgan.
laparoskopik, endoskopik va interoperatsion tekshirish usullarining kombinatsiyasi yopiq shikastlanishda o‘n ikki barmoq ichakning retroperitoneal qismining jarohatlarini 100% hollarda tashxislashga va o‘ta xavfli asoratlarning oldini olib, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax filiallarida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi №8 n-z/604-sonli guvohnomasi) amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoq ichakning jarohatlarini tashxislash kompleks bo‘lishi va rentgen, MSKT, ul`tratovush, shuningdek, obzor laparoskopik tekshiruvini endoskopik tekshirish bilan birgalikda qo‘llash kerakligi isbotlangan; laparoskopik, endoskopik va interoperatsion tekshirish usullarining kombinatsiyasi yopiq shikastlanishda o‘n ikki barmoq ichakning retroperitoneal qismining shikastlanishini 100% hollarda tashxislashga va o‘ta xavfli asoratlarning oldini olish va davolash sifatini yaxshilashga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik tekshiruv vaqtida gematoma aniqlanganda, shoshilinch ravishda diagnostik laparoskopiya qilishga ko‘rsatma bo‘lishi, bu o‘z navbatida o‘n ikki barmoq ichak jarohatlanganligini va qo‘shma jarohatlanish bor yoki yo‘qligini aniqlash imkon beradi. O‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami ko‘rsatishda gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishda: O‘n ikki barmoq ichakning jarohatlarida endoskopik tekshiruv va diagnostik laparoskopiya usulini birga qo‘llash orqali duodenumning retroperitoneal jarohati o‘z vaqtida aniqlanib, 21 (87,5%) holatda FEGDS yordamida O‘IBI devorining yorilishi tashxisi qo‘yilgan va asoratlarni kamayishiga erishilgan; bemorning shifoxonada qolish muddatini 22,2 kundan 17,5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 597690 ming so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 119538 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 62 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); diagnostikada taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish o‘n ikki barmoq ichakning jarohatlari bilan bemorlarda tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Xulosa: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami ko‘rsatishda boshqarish taktikasida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarni gospitalizatsiya paytida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar natijasida retroperitoneal flegmona 11 (13,4%), duodenal oqma 13 (15,9%), kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 600000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 54000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «O‘n ikki barmoq ichak jarohatlarining diagnostikasi va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 noyabrdagi 4212-sonli xat yuborilgan.
o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga operatsiyadan keyingi rivojlanadigan asoratlar va ularning oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilgan, ushbu turdagi travmalarda o‘n ikki barmoq ichakni ovqat hazm qilish traktidan ajratish (divertikulizatsiya) orqali operatsiyadan keyingi davrlarda kuzatiladigan va o‘limga sabab bo‘ladigan omillarni erta bartaraf etish, operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi, davo jarayonini tezlashtiradi va statsionarda yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax filiallarida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi №8 n-z/604-sonli guvohnomasi) amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini bashorat qilish mezonlari ishlab chiqilishi natijasida asoratlar chastotasi kamayib, davolash samaradorligini oshirgan; o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga aksariyat qismida ichak aylanasining 1/2 qismidan ko‘p va III-IV darajali shikastlanganda divertikulizatsiya qilish orqali ya’ni o‘n ikki barmoq ichakni ovqat hazm qilish tizimidan ajratish, me’dani va o‘t yo‘llarini drenajlovchi operatsiyalari bilan birgalikda o‘tkazilishi natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim foizini kamaytirib asoratlar kuzatilishini oldini olgan, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami ko‘rsatishda gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishda bemorning shifoxonada qolish muddatini 22,2 kundan 17,5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 597690 ming so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 119538 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 62 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 55.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 3) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan tuman jarrohlik bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami ko‘rsatishda operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda o‘limga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 597690 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 54000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «O‘n ikki barmoq ichak jarohatlarining diagnostikasi va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 noyabrdagi 4212-sonli xat yuborilgan.
II guruhdagi bemorlarda ishlab chiqilgan algoritmga ko‘ra xirurgik davolash, asoratlar chastotasining o‘rtacha 5-7 martaga kamayishiga va operatsiyadan keyingi davrning I guruhga qaraganda qulayroq kechishi bilan tavsiflanadi, ishlab chiqilgan diagnostika va davolash usuli o‘n ikki barmoq ichakning yopiq jarohatlarida operatsiyadan keyingi o‘lim ko‘rsatgichini 2 barobarga kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘n ikki barmoq ichak jarohatlari bilan bemorlarga jarrohlik yordami sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax filiallarida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi №8 n-z/604-sonli guvohnomasi) amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: a) qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlanishlarida, o‘n ikki barmoq ichakning shikastlanish chastotasi yopiq shikastlanishda 1,7% gachani tashkil etadi. b) jabrlanganlarning 67,1% boshqa a’zolar bilan o‘n ikki barmoq ichakning qo‘shma shikastlanishiga to‘g‘ri keladi. v) o‘n ikki barmoq ichakning yopiq shikastlanishi 14,7 % hollarda retroperitoneal flegmona bilan asoratlanadi. g) o‘n ikki barmoq ichak jarohatlarini davolash natijalariga ta’sir qiluvchi noqulay omillar: ichakdagi jarohat o‘lchami ichak aylanasining 50% dan ko‘prog‘ini tashkil etsa, shikastlanishning pastki gorizontal qismda joylashishi, kombinatsiyalangan pankreatoduodenal shikastlanishlar bo‘lishi, retroperitoneal flegmonaning rivojlanishi, jarrohlar tomonidan operatsiya jarayonida aniq va to‘g‘ri taktikani tanlay bilmasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) o‘n ikki barmoq ichak jarohatlarini xirurgik davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish chora tadbirlar ishlab chiqilishi natijasida ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi hisobiga sarf xarajatlarni 35,5% kamatirish imkonini bergan; 2) o‘n ikki barmoq ichak jarohatlarini xirurgik davolashda davolashning turli jarrohlik usullarini qo‘llashda operatsiyadan keyingi davrning silliq kechishi, relaparotomiyalar sonining kamashishi hisobga shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishiga olib kelgan; 3) turli jarrohlik usullarini qo‘llashda operatsiyadan keyingi davrning silliq kechishi, relaparotomiyalar sonining kamashishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan, operatsiyadan keyingi davrda ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi va samaradorlikni 82% ga oshirgan. Xulosa: o‘n ikki barmoq ichakning barcha turdagi jarohatlarini davolashda, ularning og‘irlik darajasini anqlash, shuningdek choklar etishmovchiligiga olib keluvchi xavf omillari mavjudligini hisobga olgan holda davolashning turli jarrohlik usullarini baholash amalga oshirilish natijasida yuqorida keltirilgan tekshiruv va davolash usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 19 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «O‘n ikki barmoq ichak jarohatlarining diagnostikasi va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 noyabrdagi 4212-sonli xat yuborilgan.