Ismatov Jamshed Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning bullyoz kasalligida videotorakoskopik operatsiyalarda kombinirlangan plevrodez usulini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2158.
Ilmiy rahbar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti. IK raqami: DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Krasnodar viloyati Ilmiy-tadqiqot instituti -  Professor S.V.Ochapovskiy nomidagi 1-sonli viloyat klinik kasalxonasi» (Rossiya federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kombinatsiyalangan plevrodezning optimallashtirilgan usullari samaradorligini klinik va eksperimental baholash asosida bullyoz o‘pka kasalliklarida videotorakoskopik xirurgik aralashuvlar natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentda plevra bo‘shlig‘iga kislotali muhitga ega mahalliy antiseptik vositaning mahalliy shaklini kiritish vvisseral plevra yuzasida zich biriktiruvchi to‘qima plyonkasi shakllanishi bilan diffuz xarakterdagi yuqori sifatli yopishqoq jarayonning rivojlanishini ta’minlashi aniqlangan;
plevra bo‘shlig‘ida adgeziogenezning morfologik xususiyatlari kimyoviy plevrodez paytida chandiqlanish jarayonining tabiatini, o‘pka, parietal va visseral plevraning qo‘shni to‘qimalarida strukturaviy o‘zgarishlarni baholash bilan aniqlangan;
mikroorganizmlar monokul`tkrasi, uning assotsisiyasini, shuningdek antibakterial sezuvchanligini tekshirish bilan birgalikda plevra bo‘shlig‘idan biomaterial tarkibining mikrobiologik xususiyatlarini, bo‘lishi mumkin bo‘lgan eradikatsiyalanish vakti aniqlangan;
emfizematoz bullalarning yorilishi fonida bir portli videotorakoskopik aralashuv bajarilishida kimyoviy plevrodezning tavsiya etilgan usulini qo‘llash plevra bo‘shlig‘ida adgeziya jarayonining shakllanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil  13 martdagi №23-z/003 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimentda plevra bo‘shlig‘iga kislotali muhitga ega turli mahalliy antiseptik vositalarni kiritish orqali visseral plevra yuzasida zich biriktiruvchi to‘qima plyonkasi shakllanishi bilan diffuz xarakterdagi yuqori sifatli yopishqoqlik jarayoni hosil qiluvchi optimal adgeziyalovchi vositani tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.02.2022 y.; №7/1) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (24.02.2022 y.; №12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentda visseral plevra yuzasida zich biriktiruvchi to‘qima plyonkasi shakllanishi bilan diffuz xarakterdagi yuqori sifatli yopishqoqlik jarayoni hosil qiluvchi optimal adgeziyalovchi vositani aniqlash, o‘pka bullyoz kasalligida plevra bo‘shlig‘ini kimyoviy plevrodezlashning takomillashtirilgan usulini ishlab chiqishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentda visseral plevra yuzasida zich biriktiruvchi to‘qima plyonkasi shakllanishi bilan diffuz xarakterdagi yuqori sifatli yopishqoqlik jarayoni hosil qiluvchi optimal adgeziyalovchi vositani aniqlash orqali o‘pka bullyoz kasalligida plevra bo‘shlig‘ini kimyoviy plevrodezlashning yangi takomillashtirilgan usulini ishlab chiqish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 545 300 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: Plevrodez hosil bo‘lishining samaradorligini eksperimental qiyosiy tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, Miramistinni plevra bo‘shlig‘iga kiritish bitishma shakllanishiga olib kelmagan, Betadinni qo‘llash 7-kunga kelib hayvonlarning 71,4 foizida yagona yupqa devorli bitishmaning rivojlanishiga olib kelgan, ammo keyinchalik ularning to‘liq lizisi qayd etilgan, o‘z navbatida, FarGALSdan foydalanish mahalliy bitishma jarayonining bosqichma-bosqich rivojlanishidan (1-3 kunlarda) bitishmani diffuz tabiatda saqlaib qolishi tasdiqlangan va 14 kunga qadar plevra visseral yuzasida zich biriktiruvchi to‘qima pardasining rivojlanishi tajriba hayvonlarining 85,7% da kuzatilgan. Eskperimentga asoslangan o‘pka bullyoz kasalligida plevra bo‘shlig‘ini kimyoviy plevrodezlashning yangi takomillashtirilgan usulidan amaliyotda foydalanish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 545 300 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘pkaning bullyoz kasalligida videotorakoskopik operatsiyalarda kombinirlangan plevrodez usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 22 apreldagi 04/1664-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: plevra bo‘shlig‘ida adgeziogenezning morfologik xususiyatlari kimyoviy plevrodez paytida chandiqlanish jarayonining tabiatini, o‘pka, parietal va visseral plevraning qo‘shni to‘qimalarida strukturaviy o‘zgarishlari eksperimentda o‘rganish optimal adgeziyalovchi vositani tanlashga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.02.2022 y.; №7/1) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (24.02.2022 y.; №12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: plevra bo‘shlig‘ida adgeziogenezning morfologik xususiyatlari kimyoviy plevrodez paytida chandiqlanish jarayonining tabiatini, o‘pka, parietal va visseral plevraning qo‘shni to‘qimalarida strukturaviy o‘zgarishlarni baholash orqali optimal adgeziyalovchi vositani tanlash amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi torakal xirurglarga o‘pka bullyoz kasalligi bilan kasallangan bemorlarda plevra bo‘shlig‘ini kimyoviy plevrodezlash usulini takomillashtirish natijasida xirurgik davolash samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka bullyoz kasalligi bilan kasallangan bemorlarda plevra bo‘shlig‘ini kimyoviy plevrodezlash usulini takomillashtirilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 340 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 190 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: plevrodezni bajarish jarayonida eksperimental materialning morfologik tadqiqotlari asosida takomillashtirilgan usul, bemorlarning nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini kamaytirish va kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘pkaning bullyoz kasalligida videotorakoskopik operatsiyalarda kombinirlangan plevrodez usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 22 apreldagi 04/1664-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: tadqiqotda adgeziyalovchi xususiyatga ega FarGALS vositadan foydalanish plevra bo‘shlig‘ida adgeziyalash bilan birga mahalliy antiseptik vosita sifatida qo‘zg‘atuvchi bakterialarni eradiatsiyasini nazorat guruhiga nisbatan 1,5-2 baravar kamayishi imkonini bergan. Bu o‘z navbatida, kompleks davolash natijalarining yaxshilab, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.02.2022 y.; №7/1) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (24.02.2022 y.; №12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: plevra bo‘shlig‘ida plevrodez paytida adgeziyalovchi xususiyatga ega FarGALS vositasidan foydalanish qo‘zg‘atuvchi bakterialarni eradiatsiyasini kamayishiga erishish imkonini berganligi sababli o‘pka bullyoz kasalligini xirurgik davolashdan keyingi asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 340 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 190 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: o‘pka bullyoz kasalligini xirurgik davolashda plevra bo‘shlig‘ini plevrodez paytida adgeziyalovchi xususiyatga ega FarGALS vositasini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 545 300 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘pkaning bullyoz kasalligida videotorakoskopik operatsiyalarda kombinirlangan plevrodez usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 22 apreldagi 04/1664-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:emfizematoz bullalarning yorilishi fonida bir portli videotorakoskopik aralashuv bajarilishida kimyoviy plevrodezning tavsiya etilgan usulini qo‘llash operatsiyaning o‘rtacha davomiyligini 96,3±4,7 daqiqadan 76,4±4,2 daqiqagacha qisqartirish imkonini bergan, shu bilan birga, travmatik omilni kamaytirish orqali (mexanik plevrodezsiz) mahalliy yallig‘lanish jarayonining namoyon bo‘lishining jiddiylashishi, asoratlarning umumiy chastotasini 16,1% dan 7,1% gacha, drenajlash vaqtini 5,8 ± 0,4 dan 4,4 ± 0,2 kungacha va kasalxonada bo‘lish muddatini 8,1±0,3 dan 6,8±0,3 kungacha kamaytirishni ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.02.2022 y.; №7/1) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (24.02.2022 y.; №12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: emfizematoz bullalarning yorilishi fonida bir portli videotorakoskopik aralashuv bajarilishida kimyoviy plevrodezning tavsiya etilgan usulini qo‘llanilishi, mazkur kasallikga chalingan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi natijasida ularning reabilitatsiyasi va mehnat qilish faoliyatining tiklanish muddatlari tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: emfizematoz bullalarning yorilishi fonida bir portli videotorakoskopik aralashuv bajarilishida kimyoviy plevrodezning tavsiya etilgan usulini amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 545 300 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Emfizematoz bullalarning yorilishi fonida bir portli videotorakoskopik aralashuv bajarilishida kimyoviy plevrodezning tavsiya etilgan usulini qo‘llanilishi, kompleks davolanish samaradorligini oshirish olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘pkaning bullyoz kasalligida videotorakoskopik operatsiyalarda kombinirlangan plevrodez usulini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 22 apreldagi 04/1664-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish