Muxtorov Muhiddin Mansur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5104.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzaqovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi lisoniy birlikni tanishtirishning “verification”, “visualization”, “classification”, “uttering”, “eliciting”, “drilling” bosqichlarini ta’limning rivojlantiruvchi va didaktik maqsadli hamda Umumevropa CEFR (Common European Framework of Reference for Language) standarti talablariga tashkiliy-mazmun jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi leksik kompetensiyalarini leksik yondashuv asosida kontekstga yo‘naltirilgan metodika (CBL) tamoyillariga ko‘ra rivojlantirish hamda lug‘at boyligini ta’minlashning metakognitiv xususiyatlariga ko‘ra eng muhim leksik birliklarini tanlab olish hamda lisoniy zanjir hosil qilish ko‘nikmasini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni o‘rganilayotgan chet tili leksik birliklarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan lingvistik (meaning of word, improper vocabulary, connotation, pronunciation) qiyinchiliklarini qiyosiy tahlil asosida aniqlashtirish hamda nostandart qarorlar qabul qilish, didaktik to‘siqlarni ratsional hal qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish dinamikasi Chet tili o‘qitish milliy dasturi va Umumevropa (CEFR) talablarining integrativ imkoniyatlarini ingliz tilini o‘rganuvchi talabalarining ta’lim jarayonida leksik kompetentligini namoyon qiluvchi didaktik (consciousness, visuality and durability) tamoyillar mazmuniga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining leksik kompetensiyasini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi lisoniy birlikni tanishtirishning “verification”, “visualization”, “classification”, “uttering”, “eliciting”, “drilling” bosqichlarini ta’limning rivojlantiruvchi va didaktik maqsadli hamda Umumevropa CEFR (Common European Framework of Reference for Language) standarti talablariga tashkiliy-mazmun jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Practical competence of teaching subskills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/33 son qaroriga asosan berilgan 196U-35 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning so‘z boyligini oshirish va C1 darajadagi so‘zlarni o‘rganish imkoniyatlari oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi leksik kompetensiyalarni leksik yondashuv asosida kontekstga yo‘naltirilgan metodika (CBL) tamoyillariga ko‘ra rivojlantirish hamda lug‘at boyligini ta’minlashning metakognitiv xususiyatlariga ko‘ra eng muhim leksik birliklarni tanlab olish hamda lisoniy zanjir hosil qilish ko‘nikmasini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Practical competence of teaching subskills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/33 son qaroriga asosan berilgan 196U-35 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada oliy talim muassasalari B2 darajada talabalarning chet tili (ingliz tili) bo‘yicha leksik kompetensiyalarini sinxronik kommunikativ mashqlar asosida rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni o‘rganilayotgan chet tili leksik birliklarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan lingvistik (meaning of word, improper vocabulary, connotation, pronunciation) qiyinchiliklarini qiyosiy tahlil asosida aniqlashtirish hamda nostandart qarorlar qabul qilish, didaktik to‘siqlarni ratsional hal qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Practical competence of teaching subskills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/33 son qaroriga asosan berilgan 196U-35 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada lingvistik interferensiya holatlarining oldini olish usullarini o‘rganish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining B2 darajada leksik kompetensiyasini rivojlantirish dinamikasi Chet tili o‘qitish milliy dasturi va Umumevropa (CEFR) talablarining integrativ imkoniyatlarini ingliz tilini o‘rganuvchi talabalarning ta’lim jarayonida leksik kompetentligini namoyon qiluvchi didaktik (consciousness, visuality and durability) tamoyillar mazmuniga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Practical competence of teaching subskills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/33 son qaroriga asosan berilgan 196U-35 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida B2 darajasida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish