Ismoilov Bobur Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2021.1.PhD/Ped 2252.
Ilmiy rahbar: Djumaev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Berdieva Oygul Bekmuratovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirish jarayonining tayyorlov, metodik, kognitiv va amaliy-faoliyatli bosqichlariga ustivorlik berish asosida matematik kompetentlikning umumiy (bilishga doir) va tayanch (faoliyatga doir) kompetensiyalari hamda uning qadriyatli-maqsadli, loyihalashtirish, konstruksiyalash, refleksiv-baholash kabi tarkibiy komponentlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirish darajalari (boshlang‘ich (motivatsion), quyi (kognitiv), o‘rta (loyihalovchi, baholovchi-refleksiv), yuqori (konstruksiyalovchi, integrativ, ijodiy-tadqiqotchilik)) ta’lim mazmunini belgilovchi birliklar (bilim-amaliy faoliyat tajribasi-ko‘nikma-malaka-kompetensiya-kompetentlik)ni talabalarning intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli kreativlik, konstruktivlik, integrativlik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish, shuningdek refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillari hamda boshlang‘ich ta’lim matematika fanlarini o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimi “juft qadam”, “3 qadam”, “5 qadam”, “Tenglash o‘yini”, irratsional (√a, ∛a, aϵN) sonlarni uch o‘lchovli fazoda tasavvur etishga xizmat qiluvchi “matematik hisoblashlarni suv vositasida aniqlash” metodikalarining aniq tartiblangan algoritmi empirik jihatlariga ustivorlik berish hamda produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirish jarayonining tayyorlov, metodik, kognitiv va amaliy-faoliyatli bosqichlariga ustivorlik berish asosida matematik kompetentlikning umumiy (bilishga doir) va tayanch (faoliyatga doir) kompetensiyalari hamda uning loyihalashtirish, konstruksiyalash, ijodiy-tadqiqotchilik kabi tarkibiy komponentlarini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Nostandart masalalarni echish metodikasi” (Amaliy mashg‘ulotlar) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son qaroriga asosan moliyaviy mustaqillik berilgan Termiz davlat universitetining 2022-yil 30-dekabrdagi 402-son buyrug‘i, 402-PO‘-011 raqamli guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirish darajalarini (boshlang‘ich (motivatsion), quyi (kognitiv), o‘rta (loyihalovchi, baholovchi-refleksiv), yuqori (konstruksiyalovchi, integrativ, improvizatsiyali)) ta’lim mazmunini belgilovchi birliklar (bilim-amaliy faoliyat tajribasi-ko‘nikma-malaka-kompetensiya-kompetentlik)ni talabalarning intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy takliflardan “Nostandart masalalarni echish metodikasi” (Amaliy mashg‘ulotlar) nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son qaroriga asosan moliyaviy mustaqillik berilgan Termiz davlat universitetining 2022-yil 30-dekabrdagi 402-son buyrug‘i, 402-PO‘-011 raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining talabalarda matematik kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
kreativlik, konstruktivlik, integrativlik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish, shuningdek refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillari hamda boshlang‘ich ta’lim matematika fanlarini o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli ishlab chiqish, shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimi “juft qadam”, “3 qadam”, “5 qadam”, “Tenglash o‘yini”, irratsional (√a, ∛a, aϵN) sonlarni uch o‘lchovli fazoda tasavvur etishga xizmat qiluvchi “matematik hisoblashlarni suv vositasida aniqlash” metodikalarining aniq tartiblangan algoritmi empirik jihatlariga ustivorlik berish hamda produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Nostandart masalalarni echish metodikasi” (Amaliy mashg‘ulotlar) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son qaroriga asosan moliyaviy mustaqillik berilgan Termiz davlat universitetining 2022-yil 30-dekabrdagi 402-son buyrug‘i, 402-PO‘-011 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik savodxonlik va ijodiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan.