Turdiev Mirzohid Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped2889.
Ilmiy rahbar: Bozorov Erkin Xojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Ramz Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Maxmudov Yusuf G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun lazer fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitishda ta’lim jarayonining tashkiliy va amaliy bosqichlari didaktik ta’minotni (loyihalashtirish, rejalashtiri va tashkil etish, amalga oshirish) vertual laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida rivojlantirish asosida talabalarning bilish, o‘zlashtirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitishda mental xarita vizual namoyishli o‘qitishning metodik ta’minoti (vertual laboratoriya, axborotli dasturlash, videotopshiriqlar) vositasida mazmunli, jarayonli, natijaviy bosqichlari talabalarda individuallik, tashabbuskorlik, kreativlik, jamoaviylik, mustaqil fikrlash sifatlarini rivojlantirish asosida mazmunan takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun lazer fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasi individuallik, tashabbuskorlik, kreativlik va jamoaviylik kabi ijodiy faoliyatini ta’minlovchi tibbiy diagnostik, tibbiy terapevtik va jarrohlik muammolarni echish jarayonini innovatsion tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limiga oid mavzularini o‘qitishda mental xarita o‘qitish metodikasini elektron ta’lim texnologiyalari orqali takomillashtirish, talabalarning bilish ehtiyoji, anglash va tushinish hamda amaliyotga qo‘llash faoliyatlari tayanch kompetensiyalar (interfaollik, texnik tafakkur, hamkorlik ko‘nikmalari, shaxsiy imkoniyatlar)ini qayta modifikatsiya qilish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirishda elektron o‘quv-metodik ta’minotlarning mazmuni va metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitishda ta’lim jarayonining tashkiliy va amaliy bosqichlari didaktik ta’minotini (loyihalashtirish, rejalashtiri va tashkil etish, amalga oshirish) vertual laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning bilish, o‘zlashtirish, tahlil etish imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar va nazariy ma’lumotlar “Primenenie lazernogo izlucheniya v medisine” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-624-son guvohnomasi). Natijada, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitish bo‘yicha metodik taminotni amaliy integratsiyalash orqali o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limini o‘qitishda mental xarita vizual namoyishli o‘qitishning metodik ta’minoti (vertual laboratoriya, axborotli dasturlash, videotopshiriqlar) vositasida mazmunli, jarayonli, natijaviy bosqichlari talabalarda individuallik, tashabbuskorlik, kreativlik,jamoaviylik , mustaqil fikrlash sifatlarini rivojlantirish “Tibbiy lazer fizika asoslari”, “Mental xarita” ta’lim texnologiyalarini qamrab olgan dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalar “Osnovi medisinskoy lazernoy fiziki” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i 356/7-509-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida lazer fizikasi bo‘limiga oid mavzularini o‘qitishda mental xarita elektron ta’lim texnologiyalari orqali o‘qitish metodikasini takomillashtirish asosida talabalarning bilish ehtiyoji, anglash va tushinish hamda amaliyotga qo‘llash faoliyatlari tayanch kompetensiyalar (interfaollik, texnik tafakkur, hamkorlik ko‘nikmalari, shaxsiy imkoniyatlar) ini qayta modifikatsiya qilish asosida rivojlantirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizika institutining AM-PZ-2019062031-son “Yadro energetikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyasi”, “Radiatsion medisina va texnologiya” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediali darsliklarni yaratish“ nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zRFAYaFI ning 2021-yil IB/32-21 - son qarori va O‘zRFAYaFI 2022-yil 19-maydagi 32-2115-352 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha fizikani o‘qitish sifatini va talabalarning motivatsion faoliyatini oshirishga xizmat qilgan.