Mambetkadirov G‘ayratbay Amanbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligining shakllanishi va rivoji (XX asr 60-yillari – XXI asr boshlari)”, 17.00.04–Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/San13.

Ilmiy rahbar: Hakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘z BA akademigi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: San’atshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs. 27.06.2017. San.51.01.

Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Po‘latov Dilmurod Saymamutovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligining XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi shakllanish va rivojlanish jarayonlarini o‘rganishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligi  shakllanishining dastlabki siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy tamoyillari va rivojining asosiy bosqichlari aniqlangan;

Qoraqalpog‘iston dastgohli va mahobatli haykaltaroshligining badiiy xususiyatlari asoslangan;

Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligining shakllanishida madaniy meros va xalq ijodiyoti an’analarining o‘rni asoslab berilgan;

dastgohli haykaltaroshlikdagi ijodiy izlanishlar mahobatli haykaltaroshlikning samarali rivojini ta’minlovchi badiiy tamoyil sifatida dalillangan;

Qoraqalpog‘iston haykaltaroshlarining metaforik va realistik ijodiy uslublari aniqlangan.

IV.Tadiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligining shakllanishi va rivojiga oid olingan ilmiy natijalar asosida:

Ko‘rgazmalar saroyi, muzeylarda haykaltaroshlik ekspozisiyalarini yaratishda, haykaltaroshlik namunalarini kataloglashtirishda hamda ekskursiyalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 4 yanvardagi  4-son va I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyining 2018 yil 14 martdagi 01/7-140-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalari ko‘rgazmalar saroyi va muzeyda tashkil etilgan haykaltaroshlik ekspozisiyalarining rukn va mavzularini, davriy chegaralarini ilmiy dalillash, sayyohlarga eksponatlar mazmun-mohiyatini ochib berish va Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligini keng targ‘ib qilish imkonini yaratgan;

Qoraqalpog‘iston haykaltaroshligi  rivojiga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Assalom, Qoraqalpog‘iston!”, “Tasviriy san’at olamida”, “Go‘zallik olamida” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilmoqda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradio-kompaniyasining 2017 yil 28 noyabrdagi 01-02/500-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston haykaltaroshlik asarlarini, etuk ustalar ijodini ilmiy asoslangan tamoyillar, mavzular va muammolar doirasida targ‘ib etish, yoshlarda milliy san’atni yanada qadrlash tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish