Suyunov Dilshod Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasi (boshlang‘ich sinflar misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3641.
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishning metodik tuzilmasi  tushunish, analiz, sintez, baholash kabi taksonomik birliklarning O‘rta Osiyo mutafakkirlarining bilish motivatsiyasi va faolligiga doir qarashlari bilan identiklik darajasini empirik baholash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ekologik tafakkurini shakllantirish jarayonlari inson, tabiat va jamiyat evolyusiyasini aks ettiruvchi O‘rta Osiyo mutaffakkirlari asarlari asosida o‘quv materiallarini strukturalashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishning didaktik modelini tashkiliy-jarayonli komponenti dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda muammoli o‘qitish texnologiyalar vositasida divergent (ijodiy) fikrlashning intensivlik darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini shakllantirishning metodik shart-sharoitlari O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini bevosita hisobga olib foydalanish, matn bilan ishlashning interfaol usullarini integratsiyalashgan amaliy mashg‘ulotlarga mosligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishning metodik tuzilmasinini tushunish, analiz, sintez, baholash kabi taksonomik birliklarning O‘rta Osiyo mutafakkirlarining bilish motivatsiyasi va faolligiga doir qarashlari bilan identiklik darajasini empirik baholash orqali aniqlashtirish, tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ekologik tafakkurini shakllantirish jarayonlarini inson, tabiat va jamiyat evolyusiyasini aks ettiruvchi O‘rta Osiyo mutaffakkirlari asarlari orqali o‘quv materiallarini strukturalashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2-4-sinflar uchun yaratilgan “Tabiiy fanlar” darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 13-dekabrdagi 01/11-01/9-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishning didaktik modelini tashkiliy-jarayonli komponentini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda muammoli o‘qitish texnologiyalar vositasida divergent fikrlashning intensivlik darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar 2-4-sinflar uchun yaratilgan “Tabiiy fanlar” darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 13-dekabrdagi 01/11-01/9-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tabiiy fanlar” darsliklarini yaratishda milliy-madaniy merosdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini shakllantirishning metodik shart-sharoitlarini O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini bevosita hisobga olib foydalanish, matn bilan ishlashning interfaol usullarini integratsiyalashgan amaliy mashg‘ulotlarga mosligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan tabiiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchi kitobini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 13-dekabrdagi 01/11-01/9-1843-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik tafakkurini shakllantirishda interfaol o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish